"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


-rasm. Zargarlik buyumlarini baholash tamoyillari


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

6-rasm. Zargarlik buyumlarini baholash tamoyillari
13
1. Muammolarni aniqlash. Baholashning mazkur bosqichi quyidagi kichik
bosqichlardan iborat: qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini
identifikatsiyalash, baholash predmetini aniqlash, baholash sanasini belgilash,
baholash maqsadlari va funksiyalarini ifodalash, qiymat turini aniqlash,
buyurtmachini chegaralovchi shartlar bilan tanishtirish.
2. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini oldindan ko‘zdan
kechirish va baholash uchun shartnoma tuzish. Quyidagi kichik bosqichlarni o‘z
ichiga oladi: qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini oldindan ko‘zdan
kechirish, dastlabki axborot manbalarini aniqlash, baholash uchun topshiriq va
taqvim rejasini tuzish, baholash uchun shartnoma tayyorlash va tuzish.
3. Axborot yig‘ish va tahlil qilish. Baholashning mazkur bosqichini quyidagi
kichik bosqichlarga ajratish mumkin: umumiy ma‘lumotlarni yig‘ish va tartibga
solish, maxsus ma‘lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, eng yaxshi va eng samarali
foydalanishni tahlil qilish.
Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot ishonchlilik, aniqlik va
tizimlilik talalablariga javob berishi lozim.
13
MBMSlari asosida tuzilgan.


32
7-rasm. Baholsh bosqichalari
14
Shu bilan birga, u qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini ishonchli
tarzda aks ettirishi, baholash maqsadlariga aniq mos kelishi va baholanayotgan
qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlari tarmog’ining tashqi shart-
sharoitlarini kompleks tarzda hisobga olishi kerak. Axborot yig‘ish va tashkil
etishning yo‘llari 8-rasmda ko‘rsatilgan.
8-rasm. Axborot yig’ish va tashkil etishning yo’llari
15
Axborot yig‘ishning xronologik yo‘li o‘tgan davrdan kelajakka izchil
o‘tishni nazarda tutadi. Baholash chog‘ida ishlab chiqarishni o‘rganish
kompaniyaning tashkil etilishi tarixidan boshlanishi kerak.
Jurnalistik yo‘l materialni muhimrog‘idan kamroq muhimiga qarab
joylashtirishni nazarda tutadi. Axborotni tahlil qilishda, odatda barcha retrospektiv
14
MBMS asosida tuzilgan.
15
B. Xodiyev, B. Berkinov, A. Kravchenko. “Biznes qiymatini baholash” – T.: “Iqtisod-moliya” o’quv qo’llanma.
2007. 49-bet


33
(ko‘p yillik) axborotdan foydalanishdan ma‘no yo‘q, e‘tiborni esa eng muhim
nisbat yoki koeffitsiyentlarga qaratish zarur.
Mantiqiy tartib axborotning umumiydan xususiyga tomon yoki xususiydan
umumiyga tomon taqsimlanishini nazarda tutadi. Baholanayotgan qimmatbaho
toshlar va zargarlik mahsulotlarini tahlil qilishga kirishishdan avval tarmoqdagi
muhitni aniqlash imkonini beruvchi axborot sharhini o‘tkazish lozim.
Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini baholash investitsiya tovari
sifatida, ya‘ni avvalgi xarajatlar, joriy ahvol va kelgusi imkoniyatlarni hisobga
olgan holda tahlil qilishga asoslangan. Bunday kompleks yondashuvni amalga
oshirish uchun katta miqdordagi axborotni yig‘ish va tahlil qilish lozim.
Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarining sotish hajmi, ulardan
olinadigan foyda va rejalashtirilgan o‘sishni ta‘minlash uchun moliyaviy
resurslarni optimal tarzda uyg‘unlashtirishga asoslangan, bu ko‘p jihatdan tashqi
sharoitlari bilan belgilanadi. Ularga makroiqtisodiy va tarmoq omillari kiradi, bular:
inflyatsiya darajasi, mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur‘atlari, tarmoqdagi raqobat
shartlari va h.k.
Tashqi axborotlar zargarlik tarmog’ida va umuman iqtisodiyotda faoliyat
korsatishi sharoitlarini tavsiflaydi.
Tashqi axborot hajmi va xususiyati baholash maqsadlariga qarab farq qiladi.
Hisobotni tuzishda baholovchi tomonidan yig‘ilgan va o‘rganilgan axborot bazasi
korxona qiymati haqida yakuniy xulosani berish uchun zarur va yetarli ekanligini
ko‘rsatish lozim. Axborotni optimal hajmda va baholanayotgan obyektga
yo‘naltirilgan tarzda berish zarur.
4. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlari bozor konyukturasini tahlil
qilish. Bozor konyukturasi - bu shart- sharoitlar yig‘indisi ta‘siri ostida ushbu
lahzada yoki qandaydir vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan bozordagi vaziyat.
5. Baholash usullarini tanlash va ularni qimmatbaho toshlar va zargarlik
mahsulotlarini baholash uchun qo‘llash. Baholash ishlarining ushbu bosqichi
baholash jarayonidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan
turli qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini baholashdagi turli


34
yondashuvlar va usullardan foydalanish masalalari
6. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini baholashda
qo‘llaniladigan asosiy yondashuvlar va usullari bobida batafsil ko‘rib chiqish.
7. Turli yondashuvlar yordamida olingan natijalarni muvofiqlashtirish.
Qiymatni baholashdagi har bir yondashuv chog‘ida foydalanilgan ma‘lumotlarning
ishonchliligi, ularning bozor sharoitlariga moslashuvchanligini tahlil qilish asosida
har bir qo‘llaniladigan yondashuvning salmog‘i belgilanadi va qimmatbaho toshlar
va zargarlik mahsulotlari qiymatining yakuniy bahosi aniqlanadi.
8.
Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini qiymatini baholash
bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini
qiymatini baholash bo‘yicha hisobot yozma shaklda tayyorlanadi. Odatda, bir
vaqtning o‘zida ikkita shakldan foydalaniladi-to‘liq hisobot va xulosa.
Miqdoriy usul zargarlik mahsulotlarining barcha materiallari va qismlari
ro’yxatini talab qiladi, har bir elementni montaj qilish uchun zarur bo’lgan mehnat
sarflarini hisoblab chiqadi va keyinchalik yig’ma vedomostini tuzadi.
Baholash jarayoniga quyidagilar kiradi:
1) xom ashyo va tayyor mahsulot bozorining holatini tahlil qilish;
2) mahsulotni oldindan tekshirish;
3) materiallarning individual xususiyatlarini va mahsulot ko’rinishini
hisobga olish;
4) mahsulotni tavsiflash, o’lchash;
5) qimmatbaho metall namunasini va qiymatini aniqlash;
6) tashxis qo’yish;
7) qo’shimchalar massasini, sifat va rang tavsiflarini va bozor qiymatini
aniqlash;
8) qo’shimchalar ishlab chiqarish va o’rnatish uchun ishlab chiqarish usuli
va mehnat xarajatlarini aniqlash;
9) zargarlik buyumlari qiymatini aniqlash.
O’zbekiston Respublikasining «Qimmatbaho metallardan qilingan zargarlik
buyumlari. Umumiy texnik shartlar» davlat standartining talablariga muvofiq


35
zargarlik mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo’linadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling