"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"
Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarning asosiy
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Zargarlik toshlarining asosiy tavsiflari 8
1.2 Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarning asosiy
xususiyatlari Boshqa baholash obyektlaridan farqli o‘laroq, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari o‘zining shunday xususiyati bilan ajralib turadiki, ular ushbu xususiyatlarga aytish mumkinki, qimmatbaho tosh yoki naflilikka ega mahsulot bo‘lib ulgurmasdan ega bo‘ladi. Keyinchalik ularning qimmatliligi oshib borgani sari ulardagi o‘ziga xos xususiyatlar uning narxi va qiymatiga o‘zining kuchli va bevosita ta’sirini ham o‘tkazib boradi. 17 Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, baholovchi ushbu toifadagi baholash obyektlarini baholash davomida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Shu sababli quyida qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib o‘tamiz. 3-rasm. Zargarlik toshlarining asosiy tavsiflari 8 Zargarlik toshlarining tashqi xususiyatlarini quyida ko‘rib chiqamiz. Qattiqlik – materialning eyilishga qarshilik ko‘rsatishi. Toshning eyilishi va qattiqik etalonlari bo‘yicha Moosning qattiqlik mineralogiya shkalasi bo‘yicha (1 dan 10 gacha) aniqlanadi. Bu xususiyatt qirralangan toshlar uchun foydalanish tavsiya etilmaydi. Qattiqlikni yana boshqa ko‘rsatkich mo‘rtlik – materiallarning zarba ta’siriga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati bilan adashtirmaslik kerak. Sinish - qattiq moddalarning erkin tarzda bo‘linish yuzasining xarakteri. Eng tarqalgan sinish turi – chig‘anoqsimon sinishdir. Ulanish tekisligi - ba’zi toshlarda kristalning bitta yoki bir necha o‘ziga xos yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘linishi qobiliyati. U quyidagicha ifodalanishi mumkin: juda mukammal, mukammal, aniq, mukammal emas, o‘ta mukammal emas. Zichlik (solishtirma vazn) - moddaning hajm birligida kub santimetrdagi 8 Zargarlik sohasiga oid iqtisodiy adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan. 18 grammlarda o‘lchanadigan vazni. Shaffoflik – moddaning yorug‘lik o‘tkazish darajasi. Agar uning ortidagi predmetlar osonlik bilan ko‘rinadigan bo‘lsa, tosh shaffof hisoblanadi. tosh qandaydir miqdorda yorug‘lik o‘tkazgan hollarda yorug‘lik o‘tkazadigan tosh hisoblanadi. Yorug‘lik tosh orqali umuman o‘tmagan hollarda bu toshlar shaffofmas toshlar hisoblanadi. Jilo (yarqirash) – yorug‘likning tosh yuzasidan aks etish darajasi. Jilo asosan, toshni sayqallash sifati va yorug‘likning sinish ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘ladi. Jiloga misol - metall, olmos, shisha, yog‘, qatron va mum jilosi. Jilo - bu moddaning aks ettirish qobiliyatining sifat o‘lchami hisoblanadi. Anizotroplik - kristall xossalarining yo‘nalish bilan o‘zgarishi, xususan, optik xossalarning yo‘nalish bilan o‘zgarishi. Barcha kristallar, kubik singoniya kristallarini istisno qilganda, optik anizotrop hisoblanadi va qo‘sh sinish xususiyatiga ega bo‘ladi. Sinish ko‘rsatkichi – toshning sinish kuchini ko‘rsatadigan kattalik. Toshning sinish ko‘rsatkichi yorug‘likning havodagi tezligi yorug‘likning boshdagi tezligiga nisbati yoki qulash burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati sifatida aniqlanadi. Qo‘sh sinish - kubik kristallni istisno qilganda, har qanday kristallga kirishda yorug‘lik nurining bir-biriga perpendikulyar teksilikda tebranadigan ikki nurga bo‘linish holati. Bu nurlar kristallda turli tezlik bilan harakatlanadi, oqibatda turli darajada sinadi. Bu hodisa optik oqi yo‘nalishi bo‘yicha kuzatilmaydi. Qo‘sh sinish kuchli bo‘lgan hollarda tosh orqali qarashda chetki qirralar ikkiga bo‘linishi kuzatiladi. Dispersiya nur to‘lqinlarining turli xil uzunliklari uchun sinish ko‘rsatkichlaridagi farq bo‘lib, qirralangan toshlarda "o‘yin" yoki "olov" deb nomlanuvchi rangli jilolar paydo bo‘lishiga olib keladi. Rang – inson ko‘zida belgilangan uzunlikdagi to‘lqinlar (tosh orqali o‘tgan) aks etishi. Optik effektlar - asterizm («yulduz effekti»), adulyarissensiya, 19 avantyurissensiya, mushuk ko‘zi effekti, rang almashish effekti, tovlanish, labradoressensiya, orient (dur uchun xos bo‘lgan jilo), opalessensiya. Yutish spektri - oq yorug‘lik rangli toshdan o‘tib ketganda, ba’zi to‘lqin uzunliklarining yorug‘ligi boshqalarga qaraganda ko‘proq yutiladi. Bunda kamroq yutilgan ranglar birlashgan holda toshning rangi sifatida qabul qilinadi. Spektroskop orqali kuzatganda ko‘rish mumkinki, tosh kuchliroq yutadigan ranglar spektrni qat’iy belgilangan joylardan kesib o‘tadigan to‘q rangli polosalar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bunday spektr yutish spektri deb ataladi va qimmatbaho toshlar tashxisida ishlatiladi. Pleoxroizm – toshning kuzatuv yo‘nalishiga qarab rangini o‘zgartirish qobiliyati. Bu holatning turlari dixroizm (optik bir o‘qli kristallar uchun) va trixroizm (optik ikki o‘qli kristallar uchun) deb ataladi. Lyuminessensiya (flyuoressensiya) - gemmologiyada - ultrabinafsha nur ta’siri ostida toshlarning nurlanish effekti. Baholash tashkilotlari tomonidan inobatga olinadigan asosiy tomonlardan biri - zargarlik toshlarining ichki xususiyatlaridir. Bu borada ko‘pincha qimmatbaho toshlarni lupa yordamida ko‘rib chiqishda qora nuqtalar, kichik yoriqlar, pufakchalar va strukturali har xilliklar, turli rangdagi qismlar kabi ichki tavsiflarni qayd etish mumkin bo‘ladi. Ushbu turkumga mansub bir qancha xususiyatlar quyidagilardir: -qo‘shilma – qimmatbaho toshlar ichida bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon holdagi moddalar, shuningdek, bo‘shliqlar va yoriqlarga aytiladi. Qimmatbaho toshlarda qattiq qo‘shilmalar sifatida xuddi shchu turdagi minerallar (masalan, olmosdagi olmos) yoki boshqa minerallar (masalan, olmosdagi granat) uchraydi. -strukturali har xilliklar rang hududlari – bir biridan rangi va tusi bo‘yicha farqlanadigan rang doiraviyligi paydo bo‘lishida namoyon bo‘lishi mumkin. Rang doiraviyligi ko‘zga tashlanadigan yoki faqat lupa va mikroskop orqali ko‘rinadigan bo‘lishi mumkin. Doiraviy tuslar masalan, kristallning bir qismi yashil, boshqasi esa – qizil bo‘lishi mumkin bo‘lgan turmalinda uchraydi. Toshlarning barcha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tavsiflari aslo nuqson deb 20 nomlanmasligi kerak, chunki bunday nom xaridorning salbiy munosabatiga olib kelishi mumkin. Ichki xususiyatlar yoki ichki tavsiflar munosibroq nom bo‘lishi mumkin. Ichki xususiyatlari va ularning tavsiflar toshning tozaligini belgilab beradi. Uchinchi guruh xususiyatlar zargarlik toshlarini qirralash xususiyatlaridir. Bu borada ularning qirralari qimmatbaho toshning go‘zalligi uning rangi hamda qirralash va sayqallash natijasida paydo bo‘ladigan optik xususiyatlari – jilo, «o‘yin» yoki turli optik effektlar bilan belgilanadi. Agar tosh juda to‘q tusda bo‘lsa, toshning ochroq tusli bo‘lib ko‘rinishi uchun qirralash paytida unga tekisroq shakl beriladi. Toshning jilosi toshga tushadigan yorug‘likni aks ettiradigan silliq va sayqallangan yuzalarda eng kuchli namoyon bo‘ladi – tosh qanchalik sayqallangan bo‘lsa va uning yuzasi qanchalik toza bo‘lsa, u shunchalik kuchli jilolanadi. Yaxshi ishlov berilmagan tosh «o‘yin»ni yo‘qotishi, juda to‘q yoki juda och bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Odatda zargarlik toshlari kaboshon ko‘rinishida yoki fatsetli qirralanadi, tosh o‘ymakorligi uchraydi va h.k. Kaboshon – toshga yumaloq shakl berishdan iborat bo‘lgan qirralashning eng qadimiy usullaridan biridir. Qirralashning ushbu turi deyarli barcha zargarlik toshlari uchun, ayniqsa, optik effektli – asterizm, «mushuk ko‘zi» toshlariga mos keladi. Fatsetli qirralash (ingl. facet – zix, qirra) – tosh yuzasiga yassi qirralar o‘tkazish. Odatda shaffof va yarim shaffof toshlar uchun foydalaniladi. fatsetli qirralashning xilma-xil – yumaloq, oval, markiz va boshqa shakllari mavjud bo‘lib, ularning hozirgi kunda an’anaviy hisoblanadi. Noodatiy shakldagi yoki qirralari nostandart joylashgan qirralash fantaziyali deb nomlanadi. Fatsetli qirralashning uch turi mavjud: pog‘onali, ponasimon va aralash (ponasimon va pog‘onali qirralash, ba’zida esa kaboshon elementlarini o‘z ichiga oladi). 21 yumal oq 17 qirra yumaloq 33 qirra yumaloq 57 qirra Oval Markiz (M-55) Yurak (Se-57) Nok (G-56) Trilliant (T-52) Burchaksimon (U-57) Kvadrat (Kv-33) Malika (P-65) Zumrad (I-65) Radiant (Ra-65) to‘rtburchak baget (Bp-33) Trapetseyasimon baget (Bt-25) Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling