"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


II BOB.QIMMATBAHO ZARGARLIK BUYUMLARI VA QIMMATBAHO


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

II BOB.QIMMATBAHO ZARGARLIK BUYUMLARI VA QIMMATBAHO
TOSHLARNI BAHOLASH TIZIMI
2.1 Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholashning
asosiy tamoyillari va axborot ta’minoti
Baholash tamoyillari – foydalanuvchilarning, mulkchilik komponentlarining
o‘zaro munosabatlarini, ko‘chmas mulk bozorini va mulkdan eng yaxshi va
samarali foydalanish nuqtayi nazarlarini aks ettiradi. Baholash jarayonining
nazariy asosi bo‘lib, baholash tamoyil larining tizimi hisoblanadi. Jahon
amaliyotida baholash tamoyillarining to‘rtta guruhi ajratiladi
11
:
– mulkdorning tasavvurlariga asoslangan tamoyillar;
– mulkni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq tamoyillar;
– bozor muhitining harakati bilan shartlangan tamoyillar;
– mulkdan eng yaxshi va eng samarali foydalanish bilan bog‘liq tamoyillar.
5-rasm. Jahon amaliyotida baholash tamoyillari
12
Har bir holatda asosiy va yordamchi tamoyillar ajratiladi. Bu tamoyillar
faqatgina bozor iqtisodiyoti subyektlari xattiharakatlarining asosiy qonuniyatlarini
tavsiflaydi va real turmush sharoitlarida bir qator omillar ularning harakatlarini
11
To‘ychiyev N.J., Mirhoshimov A.M., Plaxtiy K.A. Ko‘chmas mulkni baholash asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.:
«Adolat», 2000.
12
To‘ychiyev N.J., Mirhoshimov A.M., Plaxtiy K.A. Ko‘chmas mulkni baholash asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.:
«Adolat», 2000.


27
buzishi mumkin.
1. Foydalanuvchining nuqtayi nazarini aks ettiruvchi vaziyat asosida
quyidagi tamoyillar yotadi:
Foydalilik tamoyili – bu muayyan ko‘chmas mulkning foydalanuvchi
ehtiyojlarini qoniqtirish qobiliyati. Ko‘chmas mulk muayyan foydalanuvchi uchun
uning iqtisodiy, shaxsiy va h.k. ehtiyojlarini amalga oshirish foydali bo‘lgan
taqdirdagina qiymatga ega bo‘ladi. Masalan, agarda kimdir ko‘chmas mulk uchun
pul to‘lashga tayyor bo‘lsa va shu bilan birga mulkdorga daromad keltirsagina, bu
ko‘chmas mulk foydalidir. Ko‘chmas mulk o‘z egasini faxrlantirsa yoki mulk
egasining oilaviy ehtiyojini qoniqtirsagina foydalidir.
O‘rindoshlik tamoyili shundan iboratki, bunda ko‘chmas mulkning eng
yuqori bahosi, o‘xshash foydalilikka ega boshqa obyekt sotib olinadigan eng kam
summa bilan belgilanadi. O‘ziga xos, tadbirkor xaridor mahalliy bozorda bir xil
foyda keltiruvchi o‘xshash obyekt qiymatidan ko‘proq pulni obyekt uchun
to‘lamaydi. Bunday xaridor yangi obyekt qurilishi qiymatidan ko‘proq mablag‘ni
mulk uchun sarflamaydi.
Kutish va oldindan ko‘rish tamoyili bo‘lajak foydalarga va ularning hozirgi
qiymatiga nisbatan foydalanuvchining nuqtayi nazarini belgilaydi. Kelgusi
foydalarni kutish ularning miqdorini va o‘ziga xos tomonlarining o‘zgarishi
ehtimoli bilan boshlangan bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, mulkning haqiqiy
qiymatiga ta’sir etishi mumkin. Kutish tamoyillarining asosida vaqt mobaynida pul
qiymatining o‘zgarishi nazariyasi yotadi.
2. Mulkdan foydalanish bilan shartlangan va ishlab chiqaruvchilarning
tasavvurlariga bog‘liq.
Ulushlar tamoyili. Ulush – ishlab chiqarish omillarining birorbir tarkibiy
qismining mavjudligi yoki yo‘qligi tufayli mulk qiymati o‘zgaradigan summa.
Boshqacha aytganda, ulush – bu ishlab chiqarish omillarining muayyan tarkibiy
qismlarining mavjudligi natijasi bo‘lgan mulk qiymatiga qilingan qo‘shimcha.
Bunda ulush miqdori, odatda, ko‘rib chiqilayotgan tarkibiy qismning aniq
qiymatiga mos kelmaydi. Ulushlar tamoyili, odatda, eng yaxshi va samarali


28
mulkdan foydalanish tahlil etilganda ortiqcha yoki yetishmagan yaxshilanishlarni
aniqlash uchun foydalaniladi.
Qoldiq unumdorligi tamoyili. Qoldiq unumdorlik mehnat, mablag‘ va
boshqaruv xarajatlari qoplangandan keyin, yerga taalluqli sof daromad bilan
belgilanadi. Mazkur tamoyil tovarlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlar uchun
ishlab chiqarishning to‘rtta omili mavjudligi va zarurligi to‘g‘risidagi mumtoz
iqtisodiy nazariya qoidasini aks ettiradi. Bular yer, mehnat, mablag‘ va boshqaruv
omillaridir. Shu mavjud omillardan lozim darajada foydalanganda daromad qilish
va ularga sarflangan xarajatlar qoplanganidan keyin qolishi mumkin bo‘lgan
qo‘shimcha qiymat yerga taalluqlidir. Qoldiq unumdorlik shuning natijasida hosil
bo‘ladiki, yer sotuvlaridan keladigan foydani ko‘paytirish, xarajatlarni kamaytirish
yoki alohida ehtiyojlarni qondirish hisobiga qo‘shimcha daromadlar olish imkonini
beradi. Masalan, bozor avj olgan joydagi do‘konda, shunga o‘xshash shahar
chekkasida
joylashgan
do‘konga
nisbatan
tovarlar
ko‘proq
sotiladi.
Iste’molchilarning jug‘rofiy markazlarida joylashgan ulgurji savdo ombori
transportga ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Eng yuqori unumdorlik tamoyili. Ishlab chiqarishning u yoki bu omili
o‘zgarishi obyekt qiymatini o‘zgartirishi mumkin. Bundan mulkni baholashning
yana bir tamoyili kelib chiqadi, uning mazmuni quyidagicha: ishlab chiqarishning
asosiy omillariga resurslarning qo‘shilib borishi bilan sof natija (daromad) xarajat
o‘sishi sur’atlaridan tezroq osha boshlaydi, biroq ma’lum bir nuqtaga yetganda sof
natija sekin sur’atlar bilan o‘sadi. Bu sekinlik qiymatning o‘sishi qo‘shilgan
resurslarning xarajatlaridan kamroq bo‘lmagunga qadar davom etadi. Mazkur
tamoyil eng yuqori daromad nazariyasiga asoslanadi va yuqori unumdorlik
tamoyili deb ataladi.
Muvozanatlashganlik tamoyili. Mulkiy majmua – bu tizim bo‘lib, tizimning
rivojlanishi va mavjud bo‘lishi qonuniyatlaridan biri bo‘lib, uning elementlarining
muvozanatlashganligi va mutanosibligi hisoblanadi. Mulkiy majmuaning qiymatini
baholashda muvozanatlashganlik (mutanosiblik) tamoyilini hisobga olish zarur,
unga ko‘ra ko‘chmas mulkdan eng yuqori daromadni ishlab chiqarish omillarining


29
optimal nisbatlariga rioya qilish orqali olish mumkin.
3. Bozor muhitining harakati bilan shartlangan tamoyillar bozor muhitining
harakati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir.
Muvofiqlik tamoyili. Muvofiqlik tamoyili shundan iboratki, mulkdagi
me’morchilik, qulayliklar darajasi, undan foydalanish xususiyati mahalliy bozor
ehtiyojlariga va kutishlariga mos kelganida eng katta qiymat vujudga keladi.
Masalan, kottej qurilmalari. Tumandagi hamma uylarda garajlar bo‘lsa, garajsiz
uyni bozor qabul qilmaydi. Agar tumanda ko‘proq eski kichik uylar bo‘lib, boy
me’morchilik uslubida qurilgan alohida uylar bo‘lsa, bunday hollarda ularning
mulk bozori andozalariga mosligi kamroq bo‘ladi.
Regressiya va progressiya tamoyillari. Regressiya, qachonki ko‘chmas mulk
ushbu bozor sharoitlariga ko‘ra ortiqcha bo‘lgan yaxshilanish bilan tavsiflansa,
sodir bo‘ladi. Bunday mulkning bozor narxi uning real qiymatini aks ettirmaydi va
uni shakllantirishning real xarajatlaridan past bo‘ladi. Progressiya, qachonki
qo‘shni obyektlarning, masalan, yaxshilangan infratuzilmani ta’minlovchi
obyektlarning faoliyat ko‘rsatishi natijasida ushbu ko‘chmas mulkning bozor narxi
uning qiymatidan yuqori bo‘lganda, sodir bo‘ladi.
Raqobat tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni quyidagicha: agar raqobat
kurashining keskinlashuvi kutilayotgan bo‘lsa, u holda bo‘lajak foydalarni bashorat
qilishda ushbu omilni daromadlar oqimining to‘g‘ridan to‘g‘ri kamayishi hisobidan
yoki xatar omilini oshirish yo‘li bilan hisobga olish mumkin, bu ham bo‘lajak
daromadlarning joriy qiymatini pasaytiradi.
Tashqi muhitga bog‘liqlik tamoyili. Mol-mulkning qiymati ko‘proq tashqi
muhitning holatiga, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘chmas mulkni baholashda tashqi muhitga
bog‘liqlik tamoyilini inobatga olish zarur.
4. Mulkdan eng yaxshi va eng samarali foydalanish bilan bog‘liq tamoyillar.
Bu guruh tamoyillarining muhim mezonlari bo‘lib uning qiymatining bozor
konyunkturasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy kuchlar ta’siri ostida o‘zgarishidan
kelib chiqib o‘zgarishi hisoblanadi.


30
Qiymat o‘zgarishi tamoyili. Iqtisodiy va ijtimoiy kuchlar ostida bozor
konyunkturasi va narx-navo darajasi o‘zgaradi. Bunday sharoitda korxona
qiymatining o‘zgarishi ham tabiiy. Binobarin, korxona qiymatini baholash ma’lum
bir sanada amalga oshirilishi kerak. Qiymat o‘zgarishi tamoyilining mohiyati ana
shundan iborat.
Iqtisodiy taqsimot tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra, mulk qiymatini orttirish
uchun mulkiy huquqlarni o‘ziga xos taqsimlash va biriktirish lozim bo‘ladi.
Taqsimotni mulk huquqlarining turlari uchun qo‘llash mumkin:
– foydalanish huquqlari bo‘yicha taqsimlash (foydalanish huquqini
cheklashlar);
– mulk huquqlari ko‘rinishlari bo‘yicha taqsimlash (birgalikda ijaraga olish);
– foydalanish vaqti bo‘yicha taqsimlash (turli muddatlarga ijaraga qo‘yish,
butun hayot davomida egalik qilish, kelgusi huquqlar).
Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyili. Yuqorida keltirilgan
tamoyillarni qo‘llash orqali amalga oshirilgan tahlilning natijasi bo‘lib, mulkdan
eng yaxshi va eng samarali foydalanish hisoblanadi.
Qimmatbaho toshli zargarlik mahsulotlarini baholash jarayoni ushbu
mahsulotni tayyorlashda foydalanilgan metall, tosh va mehnat xarajatlarini
baholashdan iborat. Qo’shimchalar diagnostikasi, ularning sifati tavsiflarini
aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tabiiy toshlar va ularning sintetik
analoglarining narxi juda katta.
Zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish usullarini farqlash kerak, chunki
seriyali mahsulotning narxi va qo’lda tayyorlangan mahsulot narxi keskin farq
qiladi.
Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho toshlar bozori, shuningdek, talab va
taklif qonuni ta’siri ostiga tushadi. Shu sababli aytish mumkinki, zargarlik
buyumlarini baholashda quyidagi baholash tamoyillaridan foydlaniladi.
Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini qiymatini baholash quyidagi
bosqichlardan iborat bo‘lgan murakkab va ko‘p mehnat talab etadigan jarayon:


31

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling