"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"
-jadval. Qimmatbaho metallar probalari nisbati
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)
1-jadval.
Qimmatbaho metallar probalari nisbati 10 Karat Zolotnik Metrik 8 32 333 9 36 375 12 48 500 14 56 583, 585 16 67 700 18 72 750 19 77 800 21 84 875 21 86 900 22 88 915 22 89 925 22 91 950 23 92 958 23 92 960 24 96 1000 Kavsharlash jarayonida, metallarning yaxshi ulanishi va kavsharlanayotgan yuzalarini oksidlardan tozaligini ta’minlash maqsadida flyus deb nomlanuvchi kimyoviy birikmalardan foydalaniladi. Bir-biriga kavsharlanadigan metall yuzalarini zich holda tegib turishi shart qilinib, oraliqda hech qanday bo‘shliq qolmasligi kerak. Kavsharlanadigan metallarga bir xilda issiq harorat bilan ta’sir o‘tkazilib, birikkan markazga kavsharni eritib tarqatiladi. Albatta kavsharlash jarayonida ustadan mohirlik va sabrli bo‘lish talab etiladi. Issiqlik haroratini metallarga ta’sir o‘tkazishida alangani nazorat qilish kerak. Kavsharlash jarayoni maxsus kavsharlash moslamalaridan foydalaniladi. Kavsharlash moslamasi benzin yoki gaz bug‘larini kuchli bosimda haydab, alangani siqib boshqaradigan gorelka pistoletlarga uzatadi. Kavsharlash jarayonida o‘tga chidamli bo‘lgan tagliklardan ham keng foydalaniladi. Yuqorida biz ko‘rib chiqqan kavsharlash jarayonidan bilishimiz va amal qilishimiz kerak bo‘lgan qoidalarni sanab o‘tamiz: 1. Kavsharlanadigan xomaki metallarning oksidlanishdan toza bo‘lishi. 2. Kavsharlanadigan metallar yuzalari bir-biriga zich holda biriktirilishi. 10 Пак С.Г и др. Правовое регулирование оценочной деятельности. Учебное пособие. Т.Республиканская Бизнес Школа. 2013. – 155 с. 25 3. Flyuslardan to‘g‘ri foydalanish. 4. Kavsharlarni to‘g‘ri tanlash. 5.Kavsharlanadigan metallarga issiqlik haroratini ta’sirini to‘g‘ri boshqarish. Sanab o‘tilgan qoidalarni birontasiga amal qilinmasa kavsharlash jarayoni amalga oshmay qoladi. Kavsharlash jarayonida ustaning mohirligini oshiradigan uslublardan, ajur simlar orqali tayyorlanadigan filigran buyumlar bilan ishlash jarayonlaridir. Kavsharlar bu mahsulotlar tayyorlangan qotishmalar bilan taxminan bir xil tarkibga ega bo‘lishlari kerak. Ayniqsa, oltin va platina mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar asosiy qotishmasi bilan bir xil probaga ega bo‘lishi kerak. Kumush tovarlarga mo‘ljallangan kavsharlar 650 dan kam bo‘lmagan probaga mos kelishi kerak. Avtomatik mashinalarda tayyorlanadigan zanjirlarni kavsharlash uchun qimmatbaho metallarni o‘z ichiga olmaydigan maxsus kavshardan foydalanish mumkin (bunda zanjirning o‘zi qo‘yilgan probaga mos keladi). Kavsharlarni tayyorlash uchun uni qaysi metall va qanday erish haroratda bo‘lish kerakligini aniqlab, belgilab olinadi. Hatto kavsharlarning ham erib tarqagan holatidagi ranglari metallning rangi bilan bir xilda bo‘lishi kerak. Quyidagi kavsharlarni tayyorlashda ko‘rsatilgan jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda Siz 750 hamda 585 probali oltin kavsharlari va qotishmalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling