"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"
Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash tashkiloti jarayoni avvalida quyidagi baholash vazifasi shakllantirilgan
- 4-jadval “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” baholash tashkiloti tomonidan baholangan zargarlik mahsulotining bozor qiymatini aniqlash yuzasidan baholash vazifasi
3.2. Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash
tahlili Ushbu paragrafda qimmatbaho toshalar va zargarlik mahsulotlari baholash amaliyoti tahlili bilan tanishamiz. Bu borada MCHJ “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” baholash tashkiloti tomonidan baholangan zargarlik mahsulotining bozor qiymatini aniqlash yuzasidan tuzilgan baholash hisoboti ko’rib chiqiladi. Shunga ko’ra, baholash tashkiloti tomonidan fuqaro Gafarova G.M. bilan 04.10.2018 yilda tuzilgan 10/010-sonli baholash to’grisidagi shartnomaga muvofiq, baholanayotgan obyektlarning tugatish qiymati aniqlandi va baholash haqida ushbu hisobot tayyorlangan. Baholash ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi MBMS, boshqa normativ va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan. Aytish kerakki, baholash natijasida olingan natijalar joriy bozor holati va baholash sanasida yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda baholanayotgan obyekt holatini aks ettirishi bilan ahamiyatlidir. Baholash tashkiloti jarayoni avvalida quyidagi baholash vazifasi shakllantirilgan:Mazkur baholash obyekti bo’yicha Baholash jarayoni quyidagi bosqichlarni bajarish ketma-ketligini o‘z ichiga oladi: - baholash va baholash shartnomasini tuzish topshirig‘ini belgilash; - kerakli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish; - zargarlik buyumlarini oldindan ko‘rish; 50 - zargarlikning mahsulotining nomi va vazifasini aniqlash; - zargarlik mahsulotini tortish. 4-jadval “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” baholash tashkiloti tomonidan baholangan zargarlik mahsulotining bozor qiymatini aniqlash yuzasidan baholash vazifasi 20 Baholash kompaniyasi, yuridik manzili, baholash faoliyati litsenziyasi “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” MChJ. Toshkent sh., YUnusobod tumani, massiv TashGRES, Temur Malik ko‘chasi, 6-uy. Litsenziya BL 001 №0026 O‘zbekiston Respublikasi DMQ tomonidan 20.02.2014y. berilgan Baholash kompaniyasi rekvizitlari Ipotekabank AKIB YUnusobod filiali R/s 20208000604838189001, MFO 00837, STIR 301544524, OKED 74900. Direktor M.Vosiqov Baholash bo‘yicha mutaxassis Asomov Bahoviddinhon Fasixitdin o‘g‘li, baholovchi sertifikati O‘zbekiston Respublikasi DMQ tomonidan berilgan, seriya BS 001 №0941 29.01.2016y. Sug‘urta polisi (baholash kompaniyasi majburiyatlari) «TASHKENT INSURANCE GROUP» kompaniyasi sug‘urta polisi №13/00/00-4198 04.06.2018y. (04.06.2018y. dan 03.06.2019y. gacha) Baholash obyektining mulk egasi Gafurova Gulnora Mansurovna Mulk egasining rekvizitlari Pasport: AV № 5276906 Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan 02.11.2016 y. Berilgan Manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, O‘zgarish QFY, Ilg‘or ko‘chasi, 22-uy Baholash obyekti buyurtmachisi Gafurova Gulnora Mansurovna Buyurtmachining rekvizitlari Pasport: AV № 5276906 Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan 02.11.2016 y. berilgan Manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, O‘zgarish QFY, Ilg‘or ko‘chasi, 22-uy Joriy foydalanish xarakteri Zargarlik mahsulotlari Baholanayotgan huquqlar tarkibi Mulk huquqi Baholash maqsadi (qiymat turi) Buyurtmachiga kreditni ta’minlash maqsadida garov qiymati haqida maslahatlar berish Aniqlanadigan qiymat turi Garov qiymati Obyekt ko‘rib chiqilgan sana 04.10.2018y. Baholash sanasi 04.10.2018y. Hisobot tuzilgan sana 04.10.2018y. SHartnoma № 10/010 SHartnoma sanasi 04.10.2018y. 20 MCHJ “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” 04.10.2018 yilda 10/010-sonli tuzilgan hisobot asosida. 51 Mayda mahsulotlar aniqligi 0,01 grammgacha, yirik mahsulotlar esa 0,1 grammgacha aniqlik bilan o‘lchanadi. Agar mahsulot yorlig‘i bilan o‘lchansa, bu haqida ish varag‘ida ko‘rsatiladi. Baholash jaryoni uchun muhim hisoblangan zargarlik mahsulotini tayyorlash usullari alohida tavsiflangan. Ular quyidagicha: - baholash obyekti bo’yicha detallarni birlashtirish mavjudligi (ko‘rinishi) orasida zargarlik buyumlarini vizual tekshirish; - 10-x lupa orqali tayyorlash usuli diagnostikasi uchun ko‘rib chiqish; - zargarlik mahsulotlariga ishlov berish turini o‘rganish va aniqlash; - zargarlik mahsulotlarini mahkamlash turlarini o‘rganish va aniqlash. Shuningdek baholash jarayonida zargarlik mahsuloti bo’yica qimmatbaho metallni aniqlash 10-x lupa orqali mahsulotni ko‘rib chiqish va rangi bo‘yicha metallni aniqlash, qoplamaning mavjudligini aniqlash, proba joylari va nuqtalari sonini aniqlash, tanlangan nuqtalarda kimyoviy reagentlar va detektorlar yordamida qimmatbaho metallarning qotishmalariga sinash va tamg‘a mavjudligini tekshirish uchun butun mahsulotni tekshirish, mahsulotdagi tamg‘alar joylashgan joylarni aniqlash, proba tamg‘alarini o‘rganish va aniqlash: haqiqiyligi, qo‘llash vaqti va joyi, qo‘llash usuli, qotishmada qimmatbaho metall miqdori, qo‘yilgan zargarlik bezaklari tavsifi, qo‘yilgan zargarlik bezaklarini diagnostika qilish va ekspertlar baholashi, karatomer, leveridj o‘lchagichi yoki shtangensirkul yordamida beshchaklar hajmini aniqlash, bezaklar vaznini aniqlash, hamda bezaklarni hajmi bo‘yicha qimmatbaho toshlar va oddiy toshlarga guruhlash, zargarlik bezaklarini mustahkamlash sifatini aniqlash: har bir bezakni ko‘rib chiqish; mahkamlash ishonchliligini baholash kabi jarayonlarni alamga oshirish orqali aniqlangan. Baholash jarayonida MCHJ “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” baholash tashkiloti tomonidan qimmatbaho zargarlik buyunlarini baholashda quyidagi baholash standartlaridan foydalanilgan: 1. 1-son MBMS “Baholash umumiy tushunchalari va tamoyillari”. 2. 3-son MBMS “Bozor qiymatidan farq qiladigan baholash bazalari”. 52 3. 5-son MBMS “Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun baholash”. Baholash hisobotining “Qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan mahsulotlarni baholash usullari” bobining vazifasi baholash faoliyatining mohiyatini, zargarlik mahsulotlarini baholashning asosiy atamalari, tamoyillari va usullarini tushunishga imkon beradigan zarur ma’lumotlar taqdim etish hisoblanadi. Unga ko’ra, baholash – professional baholovchining baholanayotgan predmetlar – qimmatbaho metall yoki toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari yoki qimmatbaho toshlarning sifati va qiymatini baholashga qaratilgan faoliyatidir. Mazkur bobda ta’kidlanishicha, boshqa tovar turlari bilan taqqoslaganda zargarlik buyumlari g‘ariodatiydir – ular zeb-ziynat buyumlari hisoblanadi. Ular turmush darajasi ancha yuqori va iqtisodiy vaziyat qulay bo‘lganda xarid qilishga harakat qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar yomonlashganda birinchi navbatda aynan ularga talab pasayadi. Bundan tashqari, qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik bezaklari o‘zining mitti o‘lchamli ekanligi sababli nrx «markazlashuvi» yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ularning bahosi qimmatligi nodirligi, uzoq muddat xizmat qilishi, shuningdek, noyobligi bilan belgilanadi, lekin bu etarli emas, xaridorning tovarga ishonch darajasi yuqori bo‘lishi lozim. Garchi zeb-ziynatlar odatda qayta sotish maqsadlari uchun xarid qilinmasada, lekin shunga qaramay, xarid motivatsiyasi ularning kelajakda nari tushib ketmasligi va qadrsizlanmasligi bilan kuchaytiriladi. Ishonch omili baholovchilarning o‘z professional faoliyatida javobgarlik darajasi yuqori bo‘lishini belgilab beradi. Qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan mahsulotlar sifatini baholash baholash predmetlarining standart baholash tavsiflarini belgilashga borib taqaladi. Ular sifat va son tavsiflari ko‘rinishida biriktirib qo‘yilgan qimmatbaho metall va toshlardan qo‘shimchalarni tavsiflaydi. Qimmatbaho toshdan qo‘shimchalar uchun nomi, kelib chiqishi, shakli, vazni, rangi, nuqsonsizligi, ishlov berish sifati belgilanadi. Mahsulot ulardan tayyorlangan metallar uchun ularning nomi, vazni, probasi, ularni tayyorlash texnologik xususiyatlarini belgilab beradi. Ushbu tavsiflar mahsulotlar qiymatini 53 baholash uchun asos hisoblanadi, agar kelgusida mahsulotlar eskirmasa yoki shikastlanmasa, ular vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydi. Bu tavsiflar mahsulotlarga ilova qiladigan yorliqlarda, qimmatbaho toshlarga ixtisoslshgan sertifikatli markazlar tomonidan beriladigan sertifikatlarda, baholovchi yoki sotuvchi tomonidan beriladigan xulosalarda aks ettiriladi. Qiymatni baholash sifat tavsiflari asosida qabul qilingan uslubiyatga muvofiq amalga oshiriladi va ko‘plab variantlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narx belgilashga borib taqaladi. U baholash maqsadlariga, qiymat turiga, ijtimoiy va iqtisodiy omillar (inflyasiya, bozor kon’yunkturasi, moda va h.k.) vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Zargarlik mahsulotlarini baholashda qiymat turi va baholash uslubiyatini tanlash baholashning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlarida eng tarqalgan qiymat turi bozor qiymati hisoblanadi. Bozor qiymati bu – noqonuniy stimullar ta’sirisiz, sotuvchi va xaridorning ongli ravishdagi harakatlari, adolatli savdo barcha shartlariga rioya qilgan holda ochiq va raqobatli bozorda mulk erishishi lozim bo‘lgan eng ehtimoliy narxdir. Bozor qiymati alohida bozor qatnashchilarining xohish-istaklaridan qat’i nazar obyektiv hisoblanadi va ushbu bozorda shakllanadigan real iqtisodiy sharoitlarni aks ettiradi. “Bozor qiymati” – ushbu obyekt ochiq bozorda, tomonlar barcha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda oqilona harakat qiladigan, bitim hajmida esa hech qanday favqulodda holatlar aks etmaydigan raqobat sharoitlarida begonalashtirish mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy narx, ya’ni: - bitim tomonlaridan biri baholash obyektini begonalashtirishga, ikkinchi tomon esa ijroni qabul qilishga majbur emas; - bitim tomonlari bitim predmeti haqida yaxshi xabardor va o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qiladi; - baholash obyekti ochiq bozorga ommaviy oferta shaklida taqdim etiladi; - bitim narxi baholash obyekti uchun oqilona mukofotni ifodalaydi va bitimni amalga oshirishga hech kim tomonidan majburlash bo‘lmaydi; - obyekt uchun to‘lov pul shaklida ifodalanadi. 54 Garov qiymati deganda quyidagilar tushuniladi: garov qiymati yoki ssuda ta’minoti qiymati. To‘lov maqsadlari uchun pul o‘rniga taklif qilinadigan zargarlik mahsulotlari garov ta’minoti shakli hisoblanadi. Zargarlik mahsulotlari garovi evaziga kreditlar taqdim etish tijorat banklarining xizmatlar doirasini kengaytiradi, yangi mijozlarni jalb qiladi. Banklarning kredit bo‘limlari xodimlari ssuda to‘lanmay qolgan holatlarda mahsulot yoki qimmatbaho toshlarni tugatishdan so‘ng olishi mumkin bo‘lgan pul miqdorini belgilash istagida bo‘lganda garov qiymatini baholashga buyurtma beradi. Garov qiymati ko‘pincha bozor qiymatidan taxminan ikki baravar arzon bo‘ladi. Muayyan maqsadlar uchun hisoblab chiqiladigan boshqa qiymat turlari ham bor. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: zargarlik mahsulotining tugatish qiymati, bozor bilan cheklangan zargarlik mahsulotining qiymati va b. Tugatish qiymati ko‘p jihatdan bozor qiymatiga o‘xshab ketadi. Tugatish qiymati ham, bozor qiymati ham almashish qiymatini ifodalaydi, ya’ni ma’lum bir foydalanuvchi nuqtai nazaridan qiymat emas, balki obyekt bozorda ega bo‘lgan qiymatni ifodalaydi. Tugatish qiymatini aniqlash holatida va bozor qiymatini aniqlash holatida baholash obyekti ochiq raqobat bozorida sotiladigan obyekt sifatida ko‘rib chiqiladi, boshqa bir jihatdan emas. Obyektning tugatish qiymatini uning bozor qiymatidan ajratib turadigan asosiy belgi qisqartirilgan sotuv davri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, obyektning tugatish qiymati hajmi doimo uning bozor qiymatidan kichik bo‘ladi. Bunda, obyektni qanchali tez sotish kerak bo‘lsa, bozor qiymati bilan taqqoslaganda uning tugatish qiymati shunchalik kichik bo‘lishi lozim. Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, xulosa chiqarish mumkinki, iqtisodiy munosabatlar jarayonida tugatish qiymatini aniqlash zarurati yuzaga keladi: - garov ostida kreditlashda garov obyektlari; - sud ijrochilari ishtirokida sotiladigan mulk; - soliq garovida kelib tushadigan va soliq to‘lovchining soliq qarzlarini to‘lash uchun sotilishi lozim bo‘lgan mulk; 55 - qandaydir iqtisodiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra tez sotilishi lozim bo‘lgan har qanday mulk. Ayrim holatlarda «tugatish qiymati» ostida tez yoki majburiy sotish sharoitlarida obyektning qiymati ko‘zda tutiladi. Masalan, garov ostida kreditlar berishda bank anan garov obyektlarining tugatish qiymati bilan qiziqadi, chunki kreditlar qaytarilmagan holatlarda garov obyektlari juda qiska muddatda sotilishi mumkin. Zargarlik bezaklari qiymati turlari ular foydalaniladigan operatsiyalar (oldi- sotdi, garov ostida kreditlash, sug‘urta, mulk bilan bog‘liq nizolarni hal qilish va h.k.) bilan belgilanadi va bu narx turlari xilma-xilligiga olib keladi. Baholashda qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan mahsulotlar qiymatiga ma’lum bir tarzda ta’sir etadigan qator baholash tamoyillari ta’sirini hisobga olish lozim. Ijtimoiy omillar iste’molchilar strukturasi – soni, yoshi, tarkibi, ma’lumot darajasi bilan belgilanadi, bu esa jamiyat a’zolarining moda va reklama ta’siriga moyillik darajasini belgilab beradi. Masalan, Yaponiyada brilliantli zargarlik bezaklariga talab kattaligi yosh ayollarning qimmatbaho mahsulotlar xarid qilish yo‘li bilan o‘zining moliyaviy mustaqilligini namoyish etish istagi bilan asoslanadi. Iqtisodiy omillar mintaqaviy omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ular aholi daromadi hajmini, pul oqimini aks ettiradi. Barcha holatlarda ham zargarlik bezaklari bozorining joylashuvi, moliyaviy, savdo va madaniy markazlarga yaqinligi – qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan buyumlar qiymatiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Muvofiqlik tamoyili shuni nazarda tutadiki, hozirgi paytda bozor standartlariga mos kelmaydigan zargarlik bezagi kichik qiymatga ega bo‘ladi. Bu esa shu bilan bog‘liqki, ishlab chiqarish texnologiyalari, ehtiyojlar va bozor kutishi, moda vaqt utishi bilan o‘zgaradi va shu sababli muvofiqlik standartlari ham o‘zgaradi. Moda juda muhim rol o‘ynaydi. Modani belgilab beradigan asosiy jihat bu yangilikdir. Moda tushunchasi ikkiyoqlama: bu ma’lum bir vaqtda eng ko‘p tarqalgan, eng ommalashgan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof qilinadigan narsa; bu 56 tashqi turmush shakllarida namoyon bo‘ladigan u yoki bu didning ma’lum bir ijtimoiy muhitida qiska vaqt hukmronlik qilishidir. Masalan, mamlakatimizda 70- 80 yillarda juda ommaviy bo‘lgan sintetik yoki sun’iy toshli tilla mahsulotlar hozirgi paytda modadan qolgan va ularga talab yo‘q. Talab va taklif tamoyilining mohiyati zargarlik bezaklariga ehtiyoj va ularning taklifi cheklanganligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdan iborat. Talab qanchalik past va taklif qanchalik yuqori bo‘lsa, obyekt qiymati shunchalik past bo‘ladi va akincha. Agar talab va taklif muvozanatli bo‘lsa, obyekt qiymati barqarorlashadi. Mamlakatimizda chakana savdoda bu tamoyil ko‘pincha buziladi va talab zargarlik buyumlari narxining pasayishi bilan rag‘batlantirilmaydi, bu esa rastalarning tovarga to‘lib ketishiga sababchi bo‘ladi. Bu erda mavsumiylik va «bayram» kunlari omillari muhim rol o‘ynaydi. Odatda sotuvning eng avjiga chiqishi yangi yil bayrami, «erkaklar» va «ayollar» bayramlari arafasiga to‘g‘ri keladi. Raqobat tamoyili shu munosabat bilan yuzaga chiqadiki, odamlar tabiatan raqobatchilikka moyil bo‘ladi. Bir tomondan, iste’molchilar nufuzli, urf bo‘lgan, raritet, noyob, qimmatbaho, ekzotik va h.k. mezonlarga javob beradigan zeb- ziynatlarni ko‘rsatib, o‘zaro raqobatlashadi. Qimmatbaho, uning ustiga, noyob brilliantli zeb-ziynatga ega bo‘lish uning egasida hatda muvaffaqiyatga erishganlik va o‘zning yagonalik hissini ug‘otadi. Boshqa tomondan, savdoda raqobat bozorda mahsulot sifati va taklifining o‘sishiga olib keladi. Zargarlik bozorida raqobat bo‘lmagan hollarda obyektning bozor qiymati aniqlanishi mumkin emas, chunki u faqat raqobat bozorida yuzaga keladi. Zargarlik obyektlari bahosining o‘zgarish tamoyili «hamma narsa oqib o‘tadi, hamma narsa o‘zgaradi» iborasiga borib taqaladi. Zargarlik mahsulotlarining o‘zi ham o‘zgaradi, masalan, jismoniy eskiradi, shuningdek, qiymatiga ta’sir etuvchi tashqi omillar ham o‘zgaradi. Turli darajadagi eskirish qiymatni yo‘qotishning ham turli darajada bo‘lishini belgilab beradi. SHu bilan bir paytda, noyob zargarlik buyumlari vaqt o‘tishi bilan antkvar qiymatga ega bo‘lishi va bu ularning narxini oshirishi mumkin. Milliy qoidalarga muvofiq, yoshi 50 yil 57 va undan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni antikvariat qatoriga kiritish mumkin. Baholash tamoyillari bilan bir qatorda zargarlik mahsulotlari bahosiga ta’sir etuvchi omillar ham mavjud. Qiymatga ta’sir etuvchi barcha omillarni obyektiv va sub’ektiv omillarga ajratish mumkin. Obyektiv omillar asosan iqtisodiy omillar bo‘lib, pirovardida muayyan bitimlar narxi o‘rtacha darajasini belgilab beradi. Sub’ektiv omillar muayyan sotuvchi, xaridor yoki vositachining bitim tuzish bosqichidagi xulq-atvori bilan bog‘liq (masalan, xabardorlik, halollik, temperament, shaxsiy simpatiya va h.k.), ya’ni psixologik xarakterli omillar qatoriga kiradi. Baholash sanasida valyutalar kursi quyidagini tashkil qiladi 21 : 1 tr. unsiya oltinning baholash sanasidagi jahon narxi: 1198,60 doll. Zargarlik mahuslotini baholash usullari va yondashuvlarini tanlash va baholash obyektining qiymatini hisob-kitob qilish borasida Qimmatbaho toshli zargarlik mahsulotini baholash jarayoni metall, tosh qiymati va bu mahsulotni tayyorlashga sarflanadigan mehnat xarajatlarini baholashdan iborat. Zargarlik mahsuloti tayyorlash usulini farqlay olish zarur, chunki seriyali mahsulot va qo‘lda yasalgan mahsulot qiymati jiddiy farq qiladi. Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho toshlar bozori ham talab va taklif qonuni ta’siriga buysunadi . Zargarlik mahsulotini baholashda ko‘pincha xarajatlar yondashuvi va qiyosiy yondashuvdan foydalaniladi. Daromadlilik nuqtai nazaridan baholash shu holatda amalga oshiriladiki, agar investorlar o‘z mablag‘larlarini qadrsizlanishdan himoya qilish va daromad olish maqsadida zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho toshlarga mablag‘lar kiritadi. Bunda zargarlik mahsulotiga egalik qilishdan ustunlik hisobga olinmaydi. 21 MCHJ “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” 04.10.2018 yilda 10/010-sonli tuzilgan hisobot asosida. RUB 121,46 USD 8079,28 EURO 9492,35 58 Bundan kelib chiqib, ushbu hisobotda daromadlar yondashuvi qo‘llanmaydi. Xarajatlar yondashuvi zargarlik mahsulotini elementlar bo‘yicha hisob-kitob qilishdan iborat, bund zargarlik mahsulotining har bir qismi baholanadi, so‘ngra butun mahsulot qiymati uning alohida qismlari qiymatlari yig‘indisini chiqarish yo‘li bilan olinadi. Xarajatlar yondashuvidan foydalanishda baholash obyektiga nisbatan quyidagilar aniqlanadi: Baholash obyektini almashtirish qiymati – baholash obyektiga aynan o‘xshash bo‘lgan obyekt yaratish xarajatlari, baholash sanasidagi bozor narxlarida, baholash obyektining eskirishini hisobga olgan holda; Baholash obyektini takror ishlab chiqarish qiymati – baholash obyektining eskirishini hisobga olgan holda, aynan shunday materiallar va texnologiyalarni qo‘llab, baholash obyektiga aynan o‘xshash bo‘lgan obyekt yaratishga baholash sanasida mavjud bo‘lgan bozor narxidagi xarajatlar yig‘indisi. Qiyosiy yondashuv. Usulni qo‘llashning sharti – obyektlar bilan bitimlar narxi haqida ma’lumot yoki baholanayotan obyektning analogi sanalgan obyektlar takliflari bo‘yicha ma’lumot mavjudligi hisoblanadi. Quyida qiyosiy yondashuv doirasida qiymatni aniqlash ketma-ketligi qisqacha tavsiflangan. Baholash obyektini analog obyektlar bilan taqqoslash amalga oshirilaigan elementlarni aniqlash. Taqqoslash elementlari qatoriga baholash obyekti qiymati omillari (ularning o‘zgarishi baholash obyektining bozor qiymatiga ta’sir etadigan omillar). Qimmatbaho zargarlik buyumlarini baholash natijalarni umumlashtirishda baholashning turli yondashuvlari yordamida olingan natijalarni o’lchash va taqqoslash yo’li bilan baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi: mantiqiy muvofiqlashtirish usuli bilan. U baholovchi amalga oshiradigan tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda taqqoslama o’lchovlarni tanlashdan iborat. Baholovchi ustun yondashuvni aniqlaydi, qolgan 59 yondashuvlarning natijalaridan esa ustun yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling