"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"
-jadval Zargarlik mahsulotlari baholashda foydlaniladigan baholash yondashuvlari
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromad yondashuvi
- Qiyosiy yondashuv
3-jadval
Zargarlik mahsulotlari baholashda foydlaniladigan baholash yondashuvlari 17 Xarajat yondashuvi baholash obyekti qiymatini baholashning baholash obyekti eskirishini hisobga olib uni tiklash yoki almashtirish uchun zarur xarajatlarni aniqlashga asoslangan usullari yig’indisi. Ushbu mulkni o’rnini bosish uchun asl mulkning nusxasi yoxud xuddi shunday foydalilikni ta’minlay oladigan boshqa mulkni yaratish mumkinligi nazarda tutiladi. Daromad yondashuvi baholash obyekti qiymatini baholashning baholash obyektidan kutiladigan daromadlarni aniqlashga asoslangan usullari yig’indisi. Baholash obyektiga tegishli daromadlar va xarajatlar haqidagi ma’lumotlar ko’rib chiqiladi hamda kapitallashtirish jarayoni orqali qiymat hisoblab chiqiladi. Daromad yondashuvi, mulkdan foydalanish va/yoki uni sotishdan kelgusida kutilayotgan daromadni joriy qiymatiga teng ekanligi haqidagi nazariy taxminga asoslangan. Qiyosiy yondashuv baholash obyekti qiymatini baholashning baholash obyektini analog obyektlar — ular bilan bitimlar narxlari yoki taklif narxlari haqida axborot mavjud bo’lgan obyektlar bilan, kiritilgan o’zgartirishlar miqdorini asoslagan holda, qiyoslashga asoslangan usullari yig’indisi. Bunday yondashuvda analog obyektlar yoki ularning o’rnini bosuvchi obyektlar sotuvlari hamda tegishli bozor ma’lumotlari qaraladi, hisoblab chiqiladigan qiymat miqdori esa qiyoslashga asoslangan jarayon orqali aniqlanadi. Umumiy holda baholash obyekti bozorda kuzatilgan o’xshash obyektlar sotuvlari bilan qiyoslanadi. Shuningdek listing (kotirovkalar) hamda qimmatli qog’ozlarning dastlabki joylashtirilishi ma’lumotlari ham e’tiborga olinishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan yondashuvlarning har birini turli usullar yordamida qo’llash mumkin. Baholovchi baholashga har bir yondashuv doirasida aniq baholash usulini o’zi mustaqil tanlashga haqli. Baholashga u yoki bu yondashuv doirasida qo’llaniladigan usulni tanlash baholovchining malakasi, baholash standartlari talablari, bozor talablari, baholash obyekti haqidagi mavjud axborotdan kelib chiqadi. Muqobil yondashuvlar va usullarning mavjudligi baholovchiga bir 17 1-sonli Mulkni baholash milliy standarti “Baholashning umumiy tushuncha va printsiplari”. 41 qator tahliliy tartibotlarni ta’minlashdan iborat bo’lib, ularning natijalari oxir- oqibat qaralayotgan qiymatning aniq turiga bog’liq holda yakuniy hisoblangan miqdor (yoki miqdorlar intervali)ni olish uchun chamalab ko’rilgan va kelishilgan bo’lishi lozim. Baholash yondashuvlari va usullari odatda barcha baholash obyektlari turlari, shu jumladan ko’chmas mulk, ko’char mulk, intellektual faoliyat natijalari, biznes, mulk huquqi va majburiyatlar uchun umumiydir. Shunga qaramay, har xil mulk turlarini baholash lozim darajada baholash obyekti qiymati aniqlanayotgan bozorni aks ettiradigan turli axborot manbalaridan foydalanishni taqozo etadi. Shuningdek, zargarlik masulotlarini baholashda foydalanilgan 3-son MBMS «Bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash bazalari» O’zbekiston Respublikasining «Baholash faoliyati to’g’risida»gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatining normativ tartibga solinishi elementi hisoblanadi. 3-son MBMSning maqsadi bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash bazalarini aniqlash va tushuntirish hamda ularni qo’llash uchun standartlarni belgilash, shuningdek ular va bozor qiymati o’rtasidagi farqlarni aniqlashdan iborat. Ushbu standartga muvofiq, zargarlik buyumlari bozor qiymati — qiymatning asosiy va eng tarqalgan (mos keladigan) bazasi bo’lib, odatda keng qo’llanish sohasi uchun talab etiladi. Biroq qiymatni baholashning boshqa muqobil bazalari ham muayyan holatlarda mos kelishi va o’rinli bo’lishi mumkin. Muhimi, baholovchilar ham, ularning xizmatlaridan foydalanuvchilar ham bozor qiymatiga asoslangan baholarni bozordan tashqari bazalarga asoslangan baholardan farqini, shuningdek ushbu tushunchalar o’rtasidagi farqning qiymat bahosidan foydalanilishiga ta’sirini (agar shunday ta’sir bo’lsa) aniq tushunishi kerak. Shuningdek, qimmatbho toshlar va zargarlik mahsulotlari baholashdagi bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat turlari ham aniqlangan. Unga ko’ra, sug’urta qiymati — mulkning sug’urta kontrakti yoki polisi normalarida nazarda tutiladigan qiymati. Soliq solish maqsadidagi qiymat, yoki soliq (soliqqa tortiladigan) qiymati — O’zbekiston Respublikasining tegishli normativ-huquqiy 42 hujjatlarida ko’rsatilgan, mulkni soliqqa tortishga tegishli ta’riflar asosida hisoblab chiqiladigan qiymat. Shu turdagi ayrim hujjatlarda bozor qiymatiga soliq solish maqsadidagi baholash bazasi sifatida havolalar berilishi mumkin bo’lsa-da, ushbu qiymatni hisoblash uchun taklif etiladigan usullar 2-son MBMSdagi ta’rifga muvofiq keladigan bozor qiymatidan farq qiladigan natijani berishi mumkin. Shuning uchun, basharti O’zbekiston Respublikasining normativ hujjatlarida boshqachasi belgilanmagan bo’lsa, soliq solish maqsadidagi qiymat (yoki soliq qiymati) 2-son MBMSda keltirilgan bozor qiymati ta’rifiga mos keladi deb hisoblab bo’lmaydi. Yo’q qilish qiymati — mulk obyektining (er uchastkasi bundan mustasno) shunday qiymatiki, unda obyekt undan qo’shimcha ta’mirlashsiz va takomillashtirmasdan foydalanishni davom ettirish uchun emas, balki uni tashkil qilgan materiallarning sotuv uchun yig’indisi sifatida qaraladi. Bu qiymat yalpi yoki sof (realizatsiya xarajatlarini chegirgandan keyingi) qiymat sifatida ifodalanishi mumkin; ikkinchi holatda u «sof realizatsiya qiymati»ga mos kelishi mumkin. Har qanday holda ham kiritilgan yoki chiqarilgan komponentlar aniqlangan bo’lishi kerak. Tugatilish qiymati, yoki majburiy sotilish qiymati — bozor qiymati ta’rifida ko’rsatilgan marketing uchun belgilangan vaqt chegarasiga etarli bo’lmagan juda qisqa muddat ichida mulkni sotishdan oqilona asoslarda kutish mumkin bo’lgan summa. Mulkning tugatilish qiymatini baholash mulkning bozor qiymatiga uni majburlaydigan vaziyatlar, shuningdek ushbu mulkni saqlash va qo’riqlashga qo’shimcha xarajatlar mavjudligi tufayli uni qisqa muddatlarda sotish zarurligi omili sifatida diskontlashni hisobga olgan holda asoslanishi mumkin. Bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash bazalari asosida baholashni o’tkazish uchun baholovchilar albatta 3-son MBMSning barcha bo’limlari talablariga va umume’tirof etilgan baholash printsiplariga amal qilishlari kerak. Baholashni o’tkazishda hamda bozor qiymatidan farqlanuvchi bazalar haqida hisobot tuzishda baholovchi kuyidagi ko’rsatmalarni bajarishi kerak: - o’tkazilayotgan baholashga, noto’g’ri talqinlarni istisno etish uchun, to’liq va tushunarli izoh berishi, qiymat bahosi haqida yanglishtirmaydigan shaklda 43 ma’lumot berishi, jumladan bozor qiymatidan chekinadigan barcha farazlarni bayon qilishi; - qiymatni hisoblash baholashni olib borish topshirig’iga muvofiq bo’lgan ma’lumotlarga va shartlarga asoslanganligini kafolatlashi; - qiymatni hisoblash maqbul usullar va tartibotlarga asoslanganligini kafolatlashi; - hisobotni o’quvchi va undan foydalanuvchilar undagi ma’lumotlarni, dalillarni, tahlillarni va xulosalarni to’liq tushuna olishi uchun etarli axborot berishi; - hisobotni tuzishda MBMS talablariga amal qilishi, bunda baholovchi: - qiymat bazasini aniqlashi, baholashning maqsadi va mo’ljallanayotgan foydalanilishini, haqiqiy baholash sanasini hamda hisobot tuzish sanasini ko’rsatishi; - bozor qiymati ta’rifidan farq qiladigan yoki unga qo’shimcha qilingan farazlarni aniq ajrata olishi; - hisobotga, baholash MBMSga muvofiq bajarilgani hamda u MBMS talablaridan har qanday chekinishlarni ochib berishi va bunday chekinishni asoslab berishi haqida bayonnomani kiritishi kerak. Baholovchi, agar so’z qiymat bahosini bozor qiymatidan farqlanuvchi baza asosida asoslash haqida, u haqida hisobot tuzish to’g’risida ketayotgan bo’lsa, uni bozor qiymatining ifodasi deb hisoblashga oqilona asos yo’qligini kafolatlashi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling