"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


III BOB. MULKDOR GAFUROVA GULNORA MANSUROVNAGA


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

III BOB. MULKDOR GAFUROVA GULNORA MANSUROVNAGA
TEGISHLI
ZARGARLIK
BUYUMLARINI
GAROV
QIYMATINI ANIQLASH .......................................................... 44
3.1.
Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni
birlamchi hujjat asosida qiymatini hisob-kitob qilish …….…...… 44
3.2.
Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni
baholash tahlili ………………………………………………..…. 49
XULOSA…………........................................................................ 61
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI................ 63


3
KIRISH
Bitiruv
malakaviy
ishi
mavzusining
dolzarbligi.
O’zbekiston
Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish, respublikamizda
chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, qulay investitsiya muhitini
shakllantirish borasida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada “Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada
erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni
modernizastiya va diversifikastiya qilish bo’yicha qator qonunlar, farmon va
qarorlar, puxta o’ylangan dasturlar qabul qilindi va izchil amalga oshirilmoqda”
1
.
Mamlakatda mahalliy zargarlik tarmog’ini tiklash va rivojlantirish bo’yicha
izchil sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho
metallardan foydalanish imkoniyatining berilishi ishlab chiqarilayotgan mahalliy
zargarlik mahsulotlari hajmini kengaytirish imkonini yaratdi.
Shu bilan birga, sohada tizimli kamchiliklarning mavjudligi investitsiyalarni
faol jalb qilish, sifatli zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha faoliyat
yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish, ushbu
mahsulotlar eksportini kengaytirishga to’sqinlik qilib, tarmoq rivojiga salbiy ta’sir
ko’rsatmoqda.
Sifatli va raqobatbardosh zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni
kengaytirish, tarmoqqa chet el investitsiyalarini faol jalb etish, raqobatbardosh va
sifatli zargarlik buyumlarini tayyorlashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har
tomonlama qo’llab-quvvatlash, shuningdek respublika zargarlik tarmog’ini jadal
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu mahsulotlar
ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida qator normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qilindi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
15-noyabrda “2018-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida
2
” qarori va 2019-yil 18-maydagi
1
Sh.M.Mirziyoev. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.-T.:
“O’zbekiston” NMIU, 2019-yil. – 80b.
2
“O’zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog’ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoni 18.05.2019 y. PF-5721.


4
“O’zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog’ini jadal rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu qaror va farmonlar zargarlik
san’atining ko’p asrlik an’analarini tiklash va yanada rivojlantirish, mahalliy
zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini rivojlantirish, zargarlik mahsulotlari
ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarning raqobatdoshligini
ta’minlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga
bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.
Yuqoridagilar
asosida
aytish
mumkinki,
zargarlik
sanoatining
rivojlantirilishi o’z navbatida qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho
toshlarni baholash amaliyotini o’rganish, mustaqil ravishda qimmatbaho zargarlik
buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash hisosbotini tuzish va bu boradagi
mavjud mexanizmlarni takomillashtirishga bo’lgan ehtiyojning mavjudligi mazkur
bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi belgilaydi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling