"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"
-rasm. Zargarlik buyumlari guruhlari
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)
2-rasm. Zargarlik buyumlari guruhlari
6 Zargarlik toshlari tabiiy buyumlar va sun’iy mahsulotlarga bo‘linadi: - tabiiy buyumlar – “asl” va “tabiiy” tushunchalari sinonim hisoblanib, inson aralashuvisiz hosil bo‘lgan tabiiy moddalarga nisbatan ishlatiladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: qimmatbaho toshlar, zargarlik toshlari va bezak toshlari – bu inson aralashuvisiz hosil bo‘lgan tabiiy minerallar yoki tog‘ jinslaridir. - sun’iy mahsulotlar - «sun’iy» atamasi to‘laligicha yoki qisman inson 6 Nazariy ma’lumotlar asosida muallif tomonidan mustaqil tayyorlangan. 13 tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanadi: a) sintetik toshlar - bu inson tomonidan turli usullar bilan to‘liq yoki qisman kristallashtirilgan yoki qayta kristallashtirilgan mahsulotlar. Sintetik toshlarning jismoniy va kimyoviy xossalari va/yoki kristallik strukturasi ularning tabiiy analoglariga to‘liq mos keladi; b) tarkibiy (kompozit) toshlar – bu ikki yoki undan ortiq qismdan iborat, sun’iy biriktirish yoki boshqa usullar bilan birlashtirilgan, kristallsimon yoki amorf qattiq jismlar. Tarkibiy qismlar zargarlik toshlari yoki boshqa minerallar ham, sinetik toshlar yoki kimyoviy mahsulotlar ham bo‘lishi mumkin. Suni’iy mahsulotlar jumlasiga kiruvchi yasama toshlar qisman yoki to‘laligicha inson tomonidan ishlab chiqarilgan, tabiiy yoki sintetik toshlar yoki mahsulotlarning qalbaki ko‘rinishlari. Bu toshlar tabiiy zargarlik va sintetik toshlarning jilosi, rangi va tashqi ko‘rinishini takrorlaydi, lekin ularning kimyoviy va jismoniy xususiyatlari va/yoki kristallsimon strukturasini takrorlay olmaydi. Shuningdek, sun’iy mahsulotlar turkumiga mansub bo‘lgan qayta ta’mirlangan toshlar – tabiiy materiallarni bir qilib birlashtirish, eritish yoki presslash yo‘li bilan olingan sun’iy mahsulotlar. Bu borda sun’iy mahsulotlar guruhi tarikbidagi yasama organik moddalar – tabiiy analoglarining jismoniy yoki kimyoviy xossalariga ega bo‘lmagan, lekin ularning tashqi ko‘rinishi, rangi va jilosini takrorlaydigan, inson tomonidan yaratilgan mahsulotlar deya baholash mumkin. Zargarlik buyumlaridagi ikkinchi giruhiga mansub - zargarlik mahsulotlari – qimmatbaho metallar va ularning qotishmalaridan badiiy qayta ishlashning har xil turlaridan foydalangan holda,qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari va bezakli toshlardan va tabiiy yoki sun’iy kelib chiqadigan boshqa materiallardan tayyorlangan turli xil buyumlar, maishiy buyumlar, diniy narsalar va dekorativ maqsadlar uchun, shuningdek turli marosimlar, shuningdek xotira esdaliklari, yubiley va boshqa belgilar va medallar uchun tayyorlangan mahsulotlar. Zargarlik galantereya mahsulotlari – qimmatbaho metallar bilan qoplangan, rangli, yarim qimmatbaho, sintetik toshlar va tabiiy yoki sun’iy kelib chiqadigan 14 boshqa materiallar yoki ularsiz qimmatbaho bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan, turli zeb-ziynatlar, maishiy buyumlar, diniy narsalar va dekorativ maqsadlar uun, turli urf-odatlarni va marosimlarni bajarish uchun qo‘llanadigan mahsulotlar. Metall galantereya mahsulotlari - rangli, yarim qimmatbaho, sintetik toshlar va tabiiy yoki sun’iy kelib chiqadigan boshqa materiallar yoki ularsiz qimmatbaho bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan, turli zeb-ziynatlar, maishiy buyumlar, diniy narsalar va dekorativ maqsadlar uun, turli urf-odatlarni va marosimlarni bajarish uchun qo‘llanadigan mahsulotlar. Bajarishi lozim bo‘lgan vazifalari bo‘yicha zargarlik mahsulotlari ulardan maishiy hayotda foydalanishdan kelib chiqib, har xil turlarga bo‘linadi (stol bezatish uchun predmetlar, diniy predmetlar, chekish anjomlari va h.k.). Shuningdek, zargarlik buyumlarini orasida shaxsiy zargarlik buyumlari va kiyim uchun zargarlik buyumlari alohida o‘rin egallaydi. Ular jumlasiga qo‘l taqinchoqlari, bosh taqinchoqlari, bo‘yin taqinchoqlari, kiyim taqinchoqlari kabilarni keltiril mumkin. Quymdagi ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qisqacha ko‘rib o‘tamiz. Zargarlik va qimmatbaho metall sanoati yuqori daromad va daromadlar bilan global iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatdi, shuningdek, uning resurslar intensivligi va ifloslanishi tufayli atrof-muhit va jamiyatga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Ushbu tadqiqotning maqsadlari yirik zargarlik ishlab chiqarish qiymat zanjiri bo'yicha ekologik ta'sirning muhim manbalarini aniqlash va yashil sanoat uchun potentsial echimlarni aniqlash uchun turli manbalardan materiallarni ishlatish oqibatlarini tushunishdir. Natijalarning solishtiruviga asosan, materiallarni manba, energiya iste'moli va chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha atrof-muhitga ta'sirni kamaytirishga tegishli echimlar taklif etiladi. Atrof-muhit baholari ISO 14040: 2006 va ISO 14044: 2006 standartlariga muvofiq hayotiy sikllarni baholash asosida amalga oshiriladi. 7 7 Corporate environmental assessment of a large jewelry company: From a life cycle assessment to green industry. Journal of Cleaner Production Volume 164, 15 October 2017, Pages 485-494. www.sciencedirect.com/science 15 Qo‘l taqinchoqlari. Uzuk - usti tosh bilan yoki usiz dekorativ bezatilgan gardish (xalqa) shaklidagi taqinchoq. Strukturaviy tarzda, uzuklar (nikoh uzugi va qo‘shimchalarsiz uzuklardan tashqari) ikkita asosiy qismdan iborat: pastki – gardish va yuqori (tepa) qism. Uzuk o‘lchami gardishning millimetrda o‘lsanadigan ichki diametri bo‘yicha aniqlanadi. Uzuklar 15 dan 25 mm gacha raqamlar bilan chiqariladi, har bir raqam oldingisidan 0,5 mm farq qiladi. Uzuk o‘lchamini aniqlash uchun maxsus asbob – diametrlar bo‘yicha darajalar kiritilgan konus shaklidagi metall tayoqchadan foydalaniladi. Bilaguzuk. Bilaguzuklar qo‘l panjasi, bilak va oyoqlar uchun mo‘ljallangan taqinchoq hisoblanadi. Yumshoq va qattiq turlarga bo‘linadi. Qattiq bilaguzuklar yopiq, prujinali va sharnirli bo‘lishi mumkin. Yumshoq bilaguzuklar gliderli, zandirli va to‘qilgan turlarga bo‘linadi. Gliderli bilaguzuk sharnirli va yoki prujinali birlashtirilgan bo‘g‘inlardan (gliderlardan) iborat bo‘ladi. Zanjirli bilaguzuk, ma’lum bir kattalikdagi zanjirning bir qismini ifodalaydi. To‘qilgan bilaguzuk, ingichka metall simdan to‘rsimon yasalgan taqinchoq. Bilaguzukning o‘lchami ichki doiraning uzunligini o‘lchash orqali aniqlanadi va odatda 130 dan 220 mm gacha bo‘ladi. Bosh uchun taqinchoqlar. Zirak. Konstruktiv jihatlan zirak asos (ranta), tepa qism yoki kasta, osma elementlar, qulflash qismi va qulflash qismi uchun qoplamalardan iborat. Zirakning qulflash qismi imkon qadar sodda, ishonchli va chidamli bo‘lishi kerak. Bo‘yin uchun taqinchoqlar. Marjon (ojerele). Yumshoq yoki qattiq gardish shaklidagi, boshdan-oxir bir xil yoki sharnirlar bilan ulangan bo‘g‘inlardan iborat, materiali, shakli, o‘lchami va bezalishi bir xil bo‘lgan bo‘g‘inlardan iborat zanjir ko‘rinishidagi taqinchoq Kole. Yumshoq yoki qattiq gardish, oddiy yoki sharnirlar bilan ulangan bo‘g‘inlar shaklidagi taqinchoq. Marjondan bitta, ikkita, uchta yoki undan ortiq dekor elementidan iborat markaziy qismga alohida e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi. 16 Munchoq. Shakl, o‘lchami va materiali bo‘yicha turlicha bo‘lgan, ipga tizilgan munchoqlar ko‘rinishidagi taqinchoq. Ushbu zargarlik buyumining o‘ziga xos xususiyati – marjon o‘tkazilgan ip hisoblanadi – har bir marjon o‘tkazilganidan keyin ip uzilganida munchoqlar sochilib ketmasligi uchun zanjir qilib bog‘lanadi. Kulon. Zanjirga taqiladigan, asos (rant), tepa yoki kastdan iborat marjonni ifodalaydigan taqinchoq. Kulon zanjir bilan birlashtiruvchi va osilgan halqa (quloq) orqali ulanadi. Zanjirning roli jun, neylon, ipak yoki kauchukning maxsus navlaridan yasalgan ushlab turuvchi qism bilan amalga oshirilishi mumkin. Medal. Zanjir, osilgan bezak o‘rniga g‘ilofchadan iborat, birlashtiruvchi va osilgan halqaga ega. Kiyim uchun taqinchoqlar. To‘g‘nag‘ich. Ko‘ylak yoki kostyumga qadaladigan taqinchoq, asos, tepa qism, qo‘shimchalar uchun kasta, qoplama va qulflash qismidan iborat. Soch to‘g‘nag‘ichi. Chetdan qaraganda soch to‘g‘nag‘ichi uchi ingichkalashtirilgan oddiy ignaga o‘xshab ketadi, ignasi uzun yoki kalta bo‘ladi. Qirralangan toshlarni ahkamlash uchun kast yoki tepa qism ko‘da tutiladi. Igna tugma. Ko‘ylak manjeti xalqasiga kiygiziladigan ilgak ko‘rinishidagi taqinchoq, tosh uchun kasta yoki tepa qism hamda yumshoq yoki qattiq ilgak qismidan iborat bo‘ladi. Galstuk uchun qisqich. Galstuk holatini mahkamlab qo‘yish uchun mo‘ljallangan taqinchoq. Korpus va qo‘llanadigan qismdan iborat. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling