"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. QIMMATBAHO ZARGARLIK BUYUMLARI VA QIMMATBAHO TOSHLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 1.1 Qimmatbaho zargarlik buyumlar haqida asosiy ma’lumotlar
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Mazkur bitiruv
malakaviy ishi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Mazkur ishda jami 66 bet, 8 ta rasm, 6 ta javdallar keltirilgan. Ishning kirish qismida bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi, uning maqsad va vazifalari, qolaversa mazkur bitiruv malakaviy ishning obyekti hamda predmeti, ishning nazariy-amaliy ahamiyati yoritib berildi. Ishning I bobi qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlar haqida asosiy ma’lumotlar, o’ziga xos xususiyatlar hamda ulardagi proba tizimlari ko’rib chiqilgan. Ishning II bobida qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash tizimi tahlil qilingan. Bobda qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholashning asosiy tamoyillari va axborot ta’minoti tahlil etildi. Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholashda mulkni baholash milliy standartlaridan foydalanish ko’rib chiqildi. 6 Ishning III bobida mulkdor Gafurova Gulnora Mansurovnaga tegishli zargarlik buyumlarini garov qiymati aniqlandi. Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni birlamchi hujjat asosida qiymatini hisob-kitob qilindi hamda baholash jarayonining tahlili amalga oshirildi. Ishning xulosa qismida mavzu yuzasidan ko’rib chiqilgan ma’lumotlar bo’yicha muhim nazariy xulosalar shakllantirildi. 7 I BOB. QIMMATBAHO ZARGARLIK BUYUMLARI VA QIMMATBAHO TOSHLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 1.1 Qimmatbaho zargarlik buyumlar haqida asosiy ma’lumotlar O‘zbekistonda zargarlik san’ati an’analari qadimdan mavjud. Usta zargarlar asrlar mobaynida yaratgan noyob zargarlik buyumlari so‘zsiz madaniyatimizning oltin xazinasini tashkil etadi. XX asrning ikkinchi yarmida zargarlik hunari sanoat ishlab chiqarish tizimiga o‘tdi. Bu esa zargarlik buyumlarining bir xil qolipga va andozaga tushishiga, bezaklarning an’anaviy shakllari yo‘qolib, iste’moldan chiqarilishiga, ba’zi ishlash usullaridan voz kechishga olib keldi. Miloddan avvalgi I asrdan boshlab, milodiy VII asrgacha Ayritom, Afrosiyob, Dalvarzintepa, Xolgayon, Bolaliktepada chiroyli haykallar, devor bezaklari orqali zargarlik san’ati rivojalanganligini ko‘rish mumkin. Tosh asrining so‘ngi davri neolitdayoq (eramizgacha VI-IV ming yilliklarning oxirlarida) shildiroq, munchoqlar, har xil toshlar hamda suyaklardan yasalgan bezaklar topilgan. Bu esa zargarlikning rivojlanganidan dalolat beradi. Ikki daryo oralig‘ida joylashgan Yunonistonda ajoyib va qimmatbaho zargarlik buyumlari ishlangan. Mis davrida zirak, baldoq, bilakuzuk, shildiroq va boshqalar, metalldan, hattoki oltindan ishlanadigan bo‘ldi 3 . Zargarlik mahsulotlari qiymati qaysi omillarga bog‘liqligini tushunishning kaliti sanalgan qator tamoyillar mavjud. Mahsulot qiymatini obyektiv baholash zargarlik mahsulotlari tayyorlash uchun foydalanilgan zargarlik toshlari va qimmatbaho metallarning xususiyatlariga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, valyuta qimmatliklari qatoriga quyidagilar kiradi «…har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xom ashyo yoki 3 O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi. “Zargarlik” o’quv qo’llanmasi. Toshkent-2013 126 bet. 8 ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan mustasnodir» 4 . Qimmatbaho zargarlik buyumlarini tushunchasini kengroq ko‘rib o‘tishda ularni shartli ravishda ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling