"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Mazkur bitiruv
malakaviy ishi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va
ilovalardan iborat. Mazkur ishda jami 66 bet, 8 ta rasm, 6 ta javdallar keltirilgan.
Ishning kirish qismida bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi,
uning maqsad va vazifalari, qolaversa mazkur bitiruv malakaviy ishning obyekti
hamda predmeti, ishning nazariy-amaliy ahamiyati yoritib berildi.
Ishning I bobi qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlar
haqida asosiy ma’lumotlar, o’ziga xos xususiyatlar hamda ulardagi proba tizimlari
ko’rib chiqilgan.
Ishning II bobida qimmatbaho zargarlik buyumlari
va qimmatbaho
toshlarni baholash tizimi tahlil qilingan. Bobda qimmatbaho zargarlik buyumlari
va qimmatbaho toshlarni baholashning asosiy tamoyillari va axborot ta’minoti
tahlil etildi. Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholashda
mulkni baholash milliy standartlaridan foydalanish ko’rib chiqildi.


6
Ishning III bobida mulkdor Gafurova Gulnora Mansurovnaga tegishli
zargarlik buyumlarini garov qiymati aniqlandi. Qimmatbaho zargarlik buyumlari
va qimmatbaho toshlarni birlamchi hujjat asosida qiymatini hisob-kitob qilindi
hamda baholash jarayonining tahlili amalga oshirildi.
Ishning xulosa qismida mavzu yuzasidan ko’rib chiqilgan ma’lumotlar
bo’yicha muhim nazariy xulosalar shakllantirildi.


7
I BOB. QIMMATBAHO ZARGARLIK BUYUMLARI VA QIMMATBAHO
TOSHLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
1.1 Qimmatbaho zargarlik buyumlar haqida asosiy ma’lumotlar
O‘zbekistonda zargarlik san’ati an’analari qadimdan mavjud. Usta zargarlar
asrlar mobaynida yaratgan noyob zargarlik buyumlari so‘zsiz madaniyatimizning
oltin xazinasini tashkil etadi. XX asrning ikkinchi yarmida zargarlik hunari sanoat
ishlab chiqarish tizimiga o‘tdi. Bu esa zargarlik buyumlarining bir xil qolipga va
andozaga tushishiga, bezaklarning an’anaviy shakllari yo‘qolib, iste’moldan
chiqarilishiga, ba’zi ishlash usullaridan voz kechishga olib keldi.
Miloddan avvalgi I asrdan boshlab, milodiy VII asrgacha Ayritom,
Afrosiyob, Dalvarzintepa, Xolgayon, Bolaliktepada chiroyli haykallar, devor
bezaklari orqali zargarlik san’ati rivojalanganligini ko‘rish mumkin. Tosh asrining
so‘ngi davri neolitdayoq (eramizgacha VI-IV ming yilliklarning oxirlarida)
shildiroq, munchoqlar, har xil toshlar hamda suyaklardan yasalgan bezaklar
topilgan. Bu esa zargarlikning rivojlanganidan dalolat beradi. Ikki daryo oralig‘ida
joylashgan Yunonistonda ajoyib va qimmatbaho zargarlik buyumlari ishlangan.
Mis davrida zirak, baldoq, bilakuzuk, shildiroq va boshqalar, metalldan, hattoki
oltindan ishlanadigan bo‘ldi
3
.
Zargarlik mahsulotlari qiymati qaysi omillarga bog‘liqligini tushunishning
kaliti sanalgan qator tamoyillar mavjud. Mahsulot qiymatini obyektiv baholash
zargarlik mahsulotlari tayyorlash uchun foydalanilgan zargarlik toshlari va
qimmatbaho metallarning xususiyatlariga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, valyuta qimmatliklari
qatoriga quyidagilar kiradi «…har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho
metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy,
iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa
ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xom ashyo yoki
3
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi.
“Zargarlik” o’quv qo’llanmasi. Toshkent-2013 126 bet.


8
ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad,
sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning
rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan
mustasnodir»
4
.
Qimmatbaho zargarlik buyumlarini tushunchasini kengroq ko‘rib o‘tishda
ularni shartli ravishda ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling