"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


-rasm. Zargarlik toshlarini qirralashning asosiy (eng tarqalgan) shakllari


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

4-rasm. Zargarlik toshlarini qirralashning asosiy (eng tarqalgan) shakllari
9
9
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi.
“Zargarlik” o’quv qo’llanmasi. Toshkent-2013 126 bet.


22
Pog‘onali qirralashga misol qilib baget, zumrad va kvadrat, ponasimon
qirralashga – yumaloq brilliant, oval, markiz va boshqalarni kiritish mumkin.
Qirralangan tosh quyidagi elementlardan iborat: toshning yuqori qismi toj yoki
ustki qism deb, quyi qismi pavilonyoki pastki qism deb, tojdagi katta yassi qirra –
maydoncha deb, tojni pavilondan ajratib turadigan chiziq esa– rundist deb ataladi.
1.3 Qimmatbaho zargarlik buyumlarida proba tizimlari
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiliga muvofiq, qimmatbaho metallar
qatoriga oltin, kumush, platina va guruh metalllari (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy
va osmiy) kiradi.
Zargarlik ishida foydalanish uchun asosni to‘rt xil metall tashkil qiladi - oltin,
kumush, platina va palladiy.
Yuqorida sanab o‘tilgan qimmatbaho metallarga ma’lum nisbatlarda ligatura
deb ataladigan boshqa metallar qo‘shiladi. Bunday holda qimmatbaho metallar
ham, qimmatbaho bo‘lmagan metallar ham ligatura bo‘lishi mumkin. Bu esa har
xil rang, plastika, qattiqlikdagi zargarlik qotishmalarini olish imkonini beradi.
Qimmatbaho metall qotishmalarini tarkibi va texnologik asoslari bilan
ajratish mumkin.
Qotishmada qimmatbaho metall miqdori proba deb ataladi.
Proba bu – qotishma massasining ming birligiga nisbatan ulushlarda
o‘lchangan qimmatbaho metallning minimal miqdoridir. Proba har bir zargarlik
qotishmasiga beriladi.
Quyidagi probalar belgilangan:
- oltin uchun - 999, 958, 750, 585, 500 va 375,
- kumush uchun - 999, 960, 925,875,830, 800,
- Platina uchun 950, 900, 850, palladiy uchun 850 va 500.
Dunyo amaliyotida qimmatbaho metallar probasining to‘rtta tizimi - metrik,
zolotnik, lot va karat usuli amal qiladi. Tizimlarning har biri og‘irlik uchun
muayyan o‘lchov birligiga bog‘liq va o‘z raqamli belgilariga ega.


23
Zolotnik proba tizimi rasman Rossiyada 1711 yil kumush qotishmalar uchun,
1733 yil esa – oltin qotishmalar uchun joriy qilingan. Bu tizimda oltin yoki
kumush miqdori bir funtda (~409,5 gramm) zolotniklar soni bilan belgilangan.
Platinali va palladiyli mahsulotlar tamg‘alanmagan. Zolotnik –266g. atrofida, 1/96
funt, ya’ni 1 funt 96 zolotnikka teng bo‘lgan.
Sof metall 96 probaga mos kelgan. Oltindan tayyorlangan mahsulotlar uchun 56,
72, 92 va 94 probalar, kumush mahsulotlar uchun – 72, 74, 82, 84, 87, 88, 89, 90,
91, va 94 belgilangan.
84 proba oltin, misol uchun, qotishma tarkibida 84 zolotnik sof oltin va 12
zolotnik ligatura borligini anglatadi.
Zolotnik tizimi 1927 yilgacha amal qilgan.
Metrik Proba tizimi - umume’tirof etilgan xalqaro tizimdir. Sof qimmatbaho
metallar 1000 probaga mos keladi, 855 ta proba oltin esa 1 kg zargarlik
qotishmasiga 585 gramm sof oltin va 415 grammi ligatura mos kelishini anglatadi.
Karat proba tizimi - 1 karat = 9,7gr. Sof metall maksimal probasi 24 karatga
mos keladi.
Faqat oltin qotishmalari uchun mo‘ljallangan. Quyidagi karat probalari
mavjud: 8,9,12,14,16,18,19,21,22,23,24.
Lot proba tizimi kumush mahsulotlarni tamg‘alash uchun qo‘llangan.
Qotishma tarkibidagi sof metall miqdori bir Keln markasi – 233.8 grammda lotlar
miqdori bilan aniqlangan. Sof kumush maksimal probasi 16 lotga teng bo‘lgan.
Markirovka rim raqamlari bilan belgilangan.
Zargarlik buyumlarida proba tizimlarini o‘rganishda zargarlikda ishlatiluvchi
“kavsharlash” atamasini ko‘rib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Zargarlik buyumlarini
tayyorlashda metallarni bir-birlariga biriktirib, qotirish jarayonini kavsharlash deb
ataladi. Xomaki metallarni tarkibidan engil eriydigan qotishmalar tayyorlanib, shu
metallarni birbirlariga kavsharlash uchun ishlatiladi. Bunga ko‘ra kavsharlar
tayyorlanadigan metallarga qarab tanlanadi.
Masalan, oltin qotishmali metallarga, oltin qotishmasidan tayyorlangan
kavsharlar foydalaniladi.


24

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling