"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"
-rasm. Zargarlik buyumlarini baholash tamoyillari
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-rasm. Baholsh bosqichalari 14
- 8-rasm. Axborot yig’ish va tashkil etishning yo’llari 15
6-rasm. Zargarlik buyumlarini baholash tamoyillari
13 1. Muammolarni aniqlash. Baholashning mazkur bosqichi quyidagi kichik bosqichlardan iborat: qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini identifikatsiyalash, baholash predmetini aniqlash, baholash sanasini belgilash, baholash maqsadlari va funksiyalarini ifodalash, qiymat turini aniqlash, buyurtmachini chegaralovchi shartlar bilan tanishtirish. 2. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini oldindan ko‘zdan kechirish va baholash uchun shartnoma tuzish. Quyidagi kichik bosqichlarni o‘z ichiga oladi: qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini oldindan ko‘zdan kechirish, dastlabki axborot manbalarini aniqlash, baholash uchun topshiriq va taqvim rejasini tuzish, baholash uchun shartnoma tayyorlash va tuzish. 3. Axborot yig‘ish va tahlil qilish. Baholashning mazkur bosqichini quyidagi kichik bosqichlarga ajratish mumkin: umumiy ma‘lumotlarni yig‘ish va tartibga solish, maxsus ma‘lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, eng yaxshi va eng samarali foydalanishni tahlil qilish. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot ishonchlilik, aniqlik va tizimlilik talalablariga javob berishi lozim. 13 MBMSlari asosida tuzilgan. 32 7-rasm. Baholsh bosqichalari 14 Shu bilan birga, u qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini ishonchli tarzda aks ettirishi, baholash maqsadlariga aniq mos kelishi va baholanayotgan qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlari tarmog’ining tashqi shart- sharoitlarini kompleks tarzda hisobga olishi kerak. Axborot yig‘ish va tashkil etishning yo‘llari 8-rasmda ko‘rsatilgan. 8-rasm. Axborot yig’ish va tashkil etishning yo’llari 15 Axborot yig‘ishning xronologik yo‘li o‘tgan davrdan kelajakka izchil o‘tishni nazarda tutadi. Baholash chog‘ida ishlab chiqarishni o‘rganish kompaniyaning tashkil etilishi tarixidan boshlanishi kerak. Jurnalistik yo‘l materialni muhimrog‘idan kamroq muhimiga qarab joylashtirishni nazarda tutadi. Axborotni tahlil qilishda, odatda barcha retrospektiv 14 MBMS asosida tuzilgan. 15 B. Xodiyev, B. Berkinov, A. Kravchenko. “Biznes qiymatini baholash” – T.: “Iqtisod-moliya” o’quv qo’llanma. 2007. 49-bet 33 (ko‘p yillik) axborotdan foydalanishdan ma‘no yo‘q, e‘tiborni esa eng muhim nisbat yoki koeffitsiyentlarga qaratish zarur. Mantiqiy tartib axborotning umumiydan xususiyga tomon yoki xususiydan umumiyga tomon taqsimlanishini nazarda tutadi. Baholanayotgan qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini tahlil qilishga kirishishdan avval tarmoqdagi muhitni aniqlash imkonini beruvchi axborot sharhini o‘tkazish lozim. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini baholash investitsiya tovari sifatida, ya‘ni avvalgi xarajatlar, joriy ahvol va kelgusi imkoniyatlarni hisobga olgan holda tahlil qilishga asoslangan. Bunday kompleks yondashuvni amalga oshirish uchun katta miqdordagi axborotni yig‘ish va tahlil qilish lozim. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarining sotish hajmi, ulardan olinadigan foyda va rejalashtirilgan o‘sishni ta‘minlash uchun moliyaviy resurslarni optimal tarzda uyg‘unlashtirishga asoslangan, bu ko‘p jihatdan tashqi sharoitlari bilan belgilanadi. Ularga makroiqtisodiy va tarmoq omillari kiradi, bular: inflyatsiya darajasi, mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur‘atlari, tarmoqdagi raqobat shartlari va h.k. Tashqi axborotlar zargarlik tarmog’ida va umuman iqtisodiyotda faoliyat korsatishi sharoitlarini tavsiflaydi. Tashqi axborot hajmi va xususiyati baholash maqsadlariga qarab farq qiladi. Hisobotni tuzishda baholovchi tomonidan yig‘ilgan va o‘rganilgan axborot bazasi korxona qiymati haqida yakuniy xulosani berish uchun zarur va yetarli ekanligini ko‘rsatish lozim. Axborotni optimal hajmda va baholanayotgan obyektga yo‘naltirilgan tarzda berish zarur. 4. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlari bozor konyukturasini tahlil qilish. Bozor konyukturasi - bu shart- sharoitlar yig‘indisi ta‘siri ostida ushbu lahzada yoki qandaydir vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan bozordagi vaziyat. 5. Baholash usullarini tanlash va ularni qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini baholash uchun qo‘llash. Baholash ishlarining ushbu bosqichi baholash jarayonidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan turli qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini baholashdagi turli 34 yondashuvlar va usullardan foydalanish masalalari 6. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini baholashda qo‘llaniladigan asosiy yondashuvlar va usullari bobida batafsil ko‘rib chiqish. 7. Turli yondashuvlar yordamida olingan natijalarni muvofiqlashtirish. Qiymatni baholashdagi har bir yondashuv chog‘ida foydalanilgan ma‘lumotlarning ishonchliligi, ularning bozor sharoitlariga moslashuvchanligini tahlil qilish asosida har bir qo‘llaniladigan yondashuvning salmog‘i belgilanadi va qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlari qiymatining yakuniy bahosi aniqlanadi. 8. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini qiymatini baholash bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash. Qimmatbaho toshlar va zargarlik mahsulotlarini qiymatini baholash bo‘yicha hisobot yozma shaklda tayyorlanadi. Odatda, bir vaqtning o‘zida ikkita shakldan foydalaniladi-to‘liq hisobot va xulosa. Miqdoriy usul zargarlik mahsulotlarining barcha materiallari va qismlari ro’yxatini talab qiladi, har bir elementni montaj qilish uchun zarur bo’lgan mehnat sarflarini hisoblab chiqadi va keyinchalik yig’ma vedomostini tuzadi. Baholash jarayoniga quyidagilar kiradi: 1) xom ashyo va tayyor mahsulot bozorining holatini tahlil qilish; 2) mahsulotni oldindan tekshirish; 3) materiallarning individual xususiyatlarini va mahsulot ko’rinishini hisobga olish; 4) mahsulotni tavsiflash, o’lchash; 5) qimmatbaho metall namunasini va qiymatini aniqlash; 6) tashxis qo’yish; 7) qo’shimchalar massasini, sifat va rang tavsiflarini va bozor qiymatini aniqlash; 8) qo’shimchalar ishlab chiqarish va o’rnatish uchun ishlab chiqarish usuli va mehnat xarajatlarini aniqlash; 9) zargarlik buyumlari qiymatini aniqlash. O’zbekiston Respublikasining «Qimmatbaho metallardan qilingan zargarlik buyumlari. Umumiy texnik shartlar» davlat standartining talablariga muvofiq 35 zargarlik mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo’linadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling