"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


 Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholashda


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

2.2. Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholashda
mulkni baholash milliy standartlaridan foydalanish
Zargarlik buyumlari va qimmatbaho tshlarni baholashda O’zbekistonda aniq
bir turdagi Mulkni baholash milliy standarti (MBMS) ishlab chiqilmaganligi bois
turli yondashuvlardan va baholash maqsadidan kelib chiqqan holda baholash
obyekti baholanadi.
3-bobda ko’rib chiqiladigan MChJ “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP”
baholash tashkiloti tomonidan 2018 yil
4 oktyabrda baholangan zargarlik
mahsulotlari qiymati hamiqdagi baholash hisobotida ko’rsatilganidek, quyidagi
MBMSlaridan foydlanilgan:
1. 1-son MBMS «Baholash umumiy tushunchalari va tamoyillari»;
2. 3-son MBMS «Bozor qiymatidan farq qiladigan baholash bazalari»;
3. 5-son MBMS «Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun
baholash».
Quyida ushbu MBMSlari tavsifi keltiriladi.
1-sonli Mulkni baholash milliy standarti “Baholashning umumiy tushuncha
va printsiplari” deb nomlanib, mazkur MBMS O’zbekiston Respublikasida
baholash faoliyatini amalga oshirishda qo’llaniladigan baholashning umumiy
tushuncha va printsiplarini belgilaydi. Mazkur standart qoidalari O’zbekiston
Respublikasida barcha Mulkni baholash milliy standartlari uchun bazaviy
hisoblanadi. Standartga asosan baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
-
alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
-
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan
muayyan turdagi (ko’char yoki ko’chmas) mol-mulk;
-
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo’lgan
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
-
talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);
-
ishlar, xizmatlar, axborot;
-
intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlarida fuqarolik


37
muomalasida bo’lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqi obyektlari.
Zargarlik buyumlari va mahsulotlarini baholashda foydalaniladigan qiymat
va narx, xarajatlar va tannarx kabi tushunchalar ushbu standartga muvoifq
quyidagicha talqin etiladi:
Qiymat — bu sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar yoki xizmatlar xaridorlari
va sotuvchilari kelishib olishlari ehtimoli yuqori bo’lgan narxga tegishli iqtisodiy
tushuncha. Qiymat bu fakt emas, balki aniq vaqtda aniq tovarlar va xizmatlarning
tanlangan qiymat talqiniga muvofiq ehtimol qilinadigan va hisoblab chiqiladigan
kattalik. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi baholash sanasida ushbu tovarlar egasi
bo’lgan yoki ushbu xizmatlarning foydalanuvchilari oladigan foydaga bozorning
qarashini aks ettiradi.
Qiymat baholarini tushunish va qo’llash uchun qiymatning turi va talqinini
aniq ko’rsatish, shuningdek ularning baholash bo’yicha topshiriqqa muvofiqligini
ta’minlash zarur. Qiymat talqinining o’zgarishi turli mulk obyektlari uchun qayd
qilib qo’yiladigan qiymat miqdoriga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Qiymat tushunchasi qandaydir bitim bilan bog’liq pul summasini nazarda
tutadi. Shunga qaramay, baholanayotgan mulkning sotilishi, uning baholash
sanasida bozor qiymati ta’rifida mujassam shartlarga amal qilgan holda sotilishi
mumkin bo’lgan narxini belgilash uchun zaruriy shart bo’lmaydi.
Narx — qandaydir tovar yoki xizmat uchun taklif etilayotgan, so’ralayotgan
yoki to’langan pul summasi. Sotuv narxi, u ochiq e’lon qilingan yoki sir
saqlanganligidan qat’iy nazar, sodir bo’lgan fakt hisoblanadi. Aniq xaridorlar va
sotuvchilarning moliyaviy imkoniyatlari, motivlari yoki alohida manfaatlaridan
kelib chiqib, tovar yoki xizmatga to’langan narx tovar yoki xizmatning qiymatiga
mos kelmasligi mumkin. Shunga qaramay, narx odatda ushbu tovarlar yoki
xizmatlarga mazkur xaridor va/yoki sotuvchi tomonidan muayyan vaziyatlarda
o’rnatiladigan nisbiy qiymat indikatoridir.
Xarajatlar — tovar yoki xizmatni yaratish yoki ishlab chiqarish uchun talab
qilinadigan resurslar miqdorining pullik ifodasi. Xaridor tomonidan tovar yoki
xizmat uchun to’langan narx uning uchun ularni sotib olish xarajatlariga aylanadi.


38
Mulk obyekti uchun xarajatlarni hisoblab chiqish ishlab chiqarish xarajatlari
yoki almashtirish xarajatlarining hisoblab chiqilgan miqdoriga asoslanishi mumkin.
Takror ishlab chiqarish xarajatlari — bu mavjud obyekt nusxasini o’xshash
texnologiyalar va materiallardan foydalanib yaratishga xarajatlardir. Almashtirish
xarajatlarining hisoblangan miqdori ayni paytda bozorda qo’llaniladigan
texnologiyalar va materiallardan foydalanib taqqoslanarli foydalilikka ega obyektni
yaratishni nazarda tutadi.
Tannarx — tovar yoki xizmatni xarid qilish (qoplanadigan soliqlardan
tashqari), yaratish va ishlab chiqarishga xarajatlar yig’indisidan iborat.
Qiymatning ko’plab turlari va ularga mos keladigan ta’riflari bor. Ularning
ba’zilari mulkni baholash tartibotlarida keng qo’llaniladigan standart qiymat
turlaridir. Boshqalari esa, qat’iy shartlashib olingan hollarda qo’llaniladi. Baholash
usullarini tushunish va amaliy qo’llash uchun foydalanilayotgan qiymat turi va
ta’rifini aniq ochib berish, shuningdek tanlab olingan qiymat turi baholovchi oldida
turgan aniq vazifa mazmuniga muvofiqligiga e’tibor berish juda muhimdir.
Tanlangan ta’rifga qarab baholanayotgan mulkning qiymati turlicha bo’lib chiqishi
mumkin.
Professional baholovchilar nospetsifik «qiymat» atamasini qo’llamaslikka
harakat qilishlari, uni faqat aynan qanday qiymat nazarda tutilayotganini
aniqlashtiradigan tegishli sifat bilan birga ishlatishlari lozim. Bozor qiymati —
mulkni baholashda eng ko’p tarqalgan qiymat turi bo’lib, har qanday tegishli holda
bozor qiymati atamasi aniq va qat’iy ta’riflab berilishi ayniqsa muhim.
Ushbu
standartga
ko’ra,
zargarlik
mahsulotlarini
baholashda
foydalaniladigan bozor qiymati tushunchasi jamoa tomonidan qabul qilinishini va
bozorning ta’sirini aks ettiradi hamda bozor tipidagi iqtisodiyotning aksariyat
resurslarini baholash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Mulkni baholash milliy standartlarida bozor qiymati munosib marketingdan
so’ng ixtiyoriy xaridor bilan ixtiyoriy sotuvchi o’rtasidagi tijorat bitimi natijasida
mulkning qo’ldan qo’lga o’tishi uchun mo’ljallanayotgan pul miqdoriga teng
hisoblab chiqilgan miqdor sifatida belgilanadi; bunda har bir taraf vakolat,


39
hisoblilik bilan va ixtiyoriy harakat qilgan deb hisoblanadi.
Qonun hujjatlarida bozor qiymatining boshqacha ta’rifi ham keltirilgan:
baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib,
ushbu narx bo’yicha mazkur baholash obyekti ochiq bozorda raqobat sharoitida,
bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo’lgan holda o’z manfaatlari
yo’lida oqilona va ixtiyoriy harakat qilib, bitim narxining baland-pastligida esa
biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga
qo’shilish majburiyati aks etmagan sharoitda realizatsiya qilinishi mumkin. Bozor
qiymatini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
1 son MBMSga ko’ra, zargarlik buyuamlari turkumlanishiga ko’ra mansub
bo’lgan ko’char mulk ko’chmas mulk jumlasiga kirmaydigan moddiy va nomoddiy
obyektlarni o’z ichiga oladi. Bu obyektlar ko’chmas mulk bilan doim bog’liq emas,
toifa sifatida, bunday mulk joydan joyga ko’chirilishi mumkinligi bilan
xarakterlanadi.
Qolversa, ushbu standartda zargarlik mahsulot mahsulotlarini baholashga oid
baholash yondashuvlar to’g’risida umumiy ta’riflar ham keltirilgan. Unga ko’ra,
har qanday turdagi baholash obyekti qiymatini bozor qiymati sifatida ham,
bozordan tashqari qiymatlar turlari sifatida ham aniqlash uchun baholovchi
baholashga bitta yoki undan ortiq yondashuvlarni qo’llashi kerak. Baholashga
yondashuv deganda umume’tirof etilgan va keng tarqalgan tahliliy metodologiya
tushuniladi.Bozor qiymatini aniqlashda baholovchi almashtirish printsipidan
foydalangan holda, tegishli bozor ma’lumotlari asosida quyida keltirilgan
yondashuvlardan biri yoki bir nechtasini qo’llaydi.
Qiymatning bozordan tashqari turini aniqlashda baholovchi xuddi shunday
yondashuvlarni qo’llaydi, ammo baholashning bozor qiymatini aniqlashdan farq
qiladigan boshqa maqsadlarini hisobga olib qo’yadi.
Baholovchi baholashni o’tkazayotganda baholashga yuqorida sanab o’tilgan
yondashuvlarni qo’llashi yoki ularni qo’llashni rad etish haqidagi qarorini asoslab
berishi kerak.


40

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling