"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


-jadval. Qimmatbaho metallar probalari nisbati


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

1-jadval.
Qimmatbaho metallar probalari nisbati
10
Karat
Zolotnik
Metrik
8
32
333
9
36
375
12
48
500
14
56
583, 585
16
67
700
18
72
750
19
77
800
21
84
875
21
86
900
22
88
915
22
89
925
22
91
950
23
92
958
23
92
960
24
96
1000
Kavsharlash jarayonida, metallarning yaxshi ulanishi va kavsharlanayotgan
yuzalarini oksidlardan tozaligini ta’minlash maqsadida flyus deb nomlanuvchi
kimyoviy birikmalardan foydalaniladi. Bir-biriga kavsharlanadigan metall
yuzalarini zich holda tegib turishi shart qilinib, oraliqda hech qanday bo‘shliq
qolmasligi kerak.
Kavsharlanadigan metallarga bir xilda issiq harorat bilan ta’sir o‘tkazilib,
birikkan markazga kavsharni eritib tarqatiladi. Albatta kavsharlash jarayonida
ustadan mohirlik va sabrli bo‘lish talab etiladi. Issiqlik haroratini metallarga ta’sir
o‘tkazishida alangani nazorat qilish kerak. Kavsharlash jarayoni maxsus
kavsharlash moslamalaridan foydalaniladi. Kavsharlash moslamasi benzin yoki
gaz bug‘larini kuchli bosimda haydab, alangani siqib boshqaradigan gorelka
pistoletlarga uzatadi. Kavsharlash jarayonida o‘tga chidamli bo‘lgan tagliklardan
ham keng foydalaniladi. Yuqorida biz ko‘rib chiqqan kavsharlash jarayonidan
bilishimiz va amal qilishimiz kerak bo‘lgan qoidalarni sanab o‘tamiz:
1. Kavsharlanadigan xomaki metallarning oksidlanishdan toza bo‘lishi.
2. Kavsharlanadigan metallar yuzalari bir-biriga zich holda biriktirilishi.
10
Пак С.Г и др. Правовое регулирование оценочной деятельности. Учебное пособие. Т.Республиканская
Бизнес Школа. 2013. – 155 с.


25
3. Flyuslardan to‘g‘ri foydalanish.
4. Kavsharlarni to‘g‘ri tanlash.
5.Kavsharlanadigan metallarga issiqlik haroratini ta’sirini to‘g‘ri boshqarish.
Sanab o‘tilgan qoidalarni birontasiga amal qilinmasa kavsharlash jarayoni
amalga oshmay qoladi. Kavsharlash jarayonida ustaning mohirligini oshiradigan
uslublardan, ajur simlar orqali tayyorlanadigan filigran buyumlar bilan ishlash
jarayonlaridir.
Kavsharlar bu mahsulotlar tayyorlangan qotishmalar bilan taxminan bir xil
tarkibga ega bo‘lishlari kerak. Ayniqsa, oltin va platina mahsulotlarini ishlab
chiqaruvchilar asosiy qotishmasi bilan bir xil probaga ega bo‘lishi kerak. Kumush
tovarlarga mo‘ljallangan kavsharlar 650 dan kam bo‘lmagan probaga mos kelishi
kerak. Avtomatik mashinalarda tayyorlanadigan zanjirlarni kavsharlash uchun
qimmatbaho metallarni o‘z ichiga olmaydigan maxsus kavshardan foydalanish
mumkin (bunda zanjirning o‘zi qo‘yilgan probaga mos keladi).
Kavsharlarni tayyorlash uchun uni qaysi metall va qanday erish haroratda
bo‘lish kerakligini aniqlab, belgilab olinadi. Hatto kavsharlarning ham erib
tarqagan holatidagi ranglari metallning rangi bilan bir xilda bo‘lishi kerak.
Quyidagi kavsharlarni tayyorlashda ko‘rsatilgan jadvallardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bunda Siz 750 hamda 585 probali oltin kavsharlari va
qotishmalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.


26

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling