Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi


Download 103.04 Kb.
bet2/9
Sana20.06.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1632514
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi

4-modda. Aksiyalar
Aksiyalar — aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga dividend olish va, qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozlardir.
Aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlik jamiyati muassislari tomonidan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Sotib olingan aksiya uni chiqargan aksiyadorlik jamiyatiga, basharti bu narsa jamiyat ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi emissiya risolasini tasdiqlashi aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini chiqarish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1159, 10.07.2002-y.)ning 8-paragrafi (55—59-bandlar)ga qarang. (“Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda dastlabki emissiyani (aksiyalar chiqarishni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari”).
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
5-modda. Obligatsiyalar
Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag‘lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog‘ozlarning belgilangan qiymatini ularda ko‘rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to‘langan holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlardir.
Quyidagi turlardagi obligatsiyalar chiqariladi:
respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
korporativ obligatsiyalar.
(5-modda ikkinchi qismi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo‘lsa, shu mollarni (xizmatlarni) aks ettirishi shart.
Respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalari taqdim etuvchiga tegishli qilib chiqariladi. Respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda emitent, obligatsiyalarni chiqarish shartlari va ularni tarqatish tartibi belgilab qo‘yilishi lozim.
Korporativ obligatsiyalarni faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari:
auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
keyingi uch yil mobaynida rentabellik, to‘lov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan bo‘lsa;
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifalarini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.
Korporativ obligatsiyalar o‘z egalariga ochiq aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
Korporativ obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror ochiq aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organi tomonidan ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Korporativ obligatsiyalarni emitentlarning ustav fondini shakllantirish va to‘ldirish uchun, shuningdek emitentlarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash uchun chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi to‘liq to‘langanidan keyin yo‘l qo‘yiladi”;
(5-modda beshinchi—to‘qqizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)

Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling