Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi


-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari


Download 103.04 Kb.
bet9/9
Sana20.06.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1632514
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi

16-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari), qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat tomonidan vakolat berilgan organlar va boshqalar) qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari hisoblanadilar.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Qimmatli qog‘ozlar emitenti — qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida o‘z nomidan majburiyatli bo‘lgan yuridik shaxs yoki davlat organidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Ajnabiy fuqarolar va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar sifatida ishtirok etishlari mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Investitsiya muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yuzaga keltirilgan yuridik shaxs bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatini asosiy faoliyati tariqasida amalga oshiradi.
Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling