Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi
Download 103.04 Kb.
|
Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi
81-modda. Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — daromadi (zarari) bir yoki bir necha bozor ko‘rsatkichlari (indekslari) mazmuniga bog‘liq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardir. Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari opsionlar, fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqarilishi mumkin. Opsion — shartnoma bo‘lib, uning egasiga qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi. Fyuchers — qimmatli qog‘oz (shartnoma) bo‘lib, muayyan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni shartnomada belgilab qo‘yilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish yoki sotishdan iborat so‘zsiz majburiyatni tasdiqlaydi. Oldingi tahrirga qarang. Qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish va ularni muomalada yuritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi belgilaydi. LexUZ sharhi Qimmatli qog‘ozlar hosilalarini chiqarish va muomalada bo‘lishi tartibi (ro‘yxat raqami 320, 02.04.1997-y.)ga qarang. (81-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda) (I bob O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuniga muvofiq 81-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda) 82-modda. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari Veksellarga nisbatan quyidagi maxsus da’vo muddatlari qo‘llaniladi: veksel saqlovchining indossantlarga qarshi va veksel beruvchiga qarshi da’vo talablari bo‘yicha — belgilangan muddatda amalga oshirilgan protest kunidan boshlab yoki xarajatsiz aylantirish oldindan shart qilib qo‘yilgan bo‘lsa, to‘lov muddati kunidan boshlab bir yil; indossantlarning bir-biriga va veksel beruvchiga da’vo talablari bo‘yicha — indossant vekselni to‘lagan kundan boshlab yoki unga da’vo taqdim etilgan kundan boshlab olti oy. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan o‘zga hollarda, shuningdek boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. (I bob O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq 82-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda) Download 103.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling