Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi
Download 103.04 Kb.
|
Qimmatli qogozlarni royhatga olish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-modda. Emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun olinadigan yig‘im
- 15-modda. Qimmatli qog‘ozlarni tarqatish
13-modda. Emissiya turlari
Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish (emissiya) quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin: ommaviy e’lon bermay, reklama kampaniyasi o‘tkazmay, emissiya risolasini e’lon qilmay va ro‘yxatdan o‘tkazmay oldindan ma’lum cheklangan miqdordagi investorlar orasida xususiy yo‘sinda tarqatish; emissiya risolasini e’lon qilib va ro‘yxatdan o‘tkazib, cheklanmagan miqdordagi investorlar orasida ochiq savdo o‘tkazish. Oldingi tahrirga qarang. Yuqorida aytib o‘tilgan hollarning har birida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi emissiyalarning eng kam va eng ko‘p miqdorlarini belgilab beradi. (13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda) 14-modda. Emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun olinadigan yig‘im Qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida emitent emissiya nominal qiymatining 0,1 foizi miqdorida respublika budjetiga yig‘im to‘laydi. Davlat korxonalari aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirilganida birlamchi emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im olinmaydi. (14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda) 15-modda. Qimmatli qog‘ozlarni tarqatish Emitentlar o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda, komission haq evaziga banklar, investitsiya kompaniyalari, moliya brokerlari orqali sotish huquqiga ega. Investitsiya kompaniyalari emitent bilan kelishib turib qimmatli qog‘ozlarni quyidagi shartlar asosida chiqarishga kafil va tashkilotchi bo‘lishlari mumkin: keyinchalik boshqa investorlarga sotib yuborish maqsadida barcha chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qayd etilgan bahosida o‘z hisoblaridan sotib olishlari; chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning belgilangan muddat davomida chet investorlar o‘rtasida joylashtirolmay qolgan qismlarini o‘z hisoblaridan sotib olishlari. LexUZ sharhi “Qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyati to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 860, 28.12.1999-y.)ga qarang. Investitsiya kompaniyalari va moliya brokerlari tarqatolmay qolgan qismlarini sotib olish majburiyatini zimmalariga olmay turib qimmatli qog‘ozlarni emitent nomidan chet investorlarga sotish to‘g‘risida emitent distribyuter shartnomalari tuzishlari mumkin. Download 103.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling