16.12.2022, 09:55
Qirgʻiziston
- Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qirgʻiziston
1/13
Qirgʻiz Respublikasi
qirgʻizcha:
Кыргыз
Республикасы
Bayroq
Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: Кыргыз Республикасынын
Мамлекеттик Гимни
"Qirgʻiz Respublikasi Respublikasi
Davlat Madhiyasi"
Poytaxt
Bishkek
Rasmiy til(lar)
Qirg'izcha (Davlat)
Ruscha (Rasmiy)
Hukumat
Parlament
Respublika
• Prezident
Sooronbay
Jeenbekov
• Bosh Vazir
Sadir Japarov
Mustaqillik (Sovet Ittifogʻidan)
• Sana
31-avgust 1991
Maydon
Qirgʻiziston
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qirgʻiziston (qirgʻizcha:
Кыргызстан [qɯrʁɯz'stɑn]
Kirgizstan) yoki
Qirgʻiz Respublikasi (qirgʻizcha:
Кыргыз Республикасы) — Oʻrta Osiyoning shimoli-
sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — Bishkek shahri.
Qirgʻiziston BMTning aʼzosidir.
Mamlakat shimolda
Qozogʻiston,
gʻarbida
Oʻzbekiston,
janubi-gʻarbida
Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi
joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6
million
kishidan ortiq. Uning 72,6 % qirgʻizlar, 14,34 % oʻzbeklar,
10,65 % ruslar va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat
vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan
oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.
Qirgʻizistonning aholisi soni 6 550 000 kishi.
SSSR davlati inqirozga uchragandan soʻng, deyarli barcha
ittifoqdosh mamlakatlar oʻz mustaqilligini qoʻlga
kiritdi
ular orasida Qirgʻiz SSR (ruscha:
Киргизская ССР,
qirgʻizcha:
Кыргыз ССР) ham bor edi. Sovet davrida
Qirgʻiziston nomi faqat rus tilida (ruscha:
Киргизия)
nomlanar edi, keyinchalik milliy tilda nomlana boshlandi.
(qirgʻizcha:
«Кыргызстан»
yoki
Кыргыз
Республикасы)
[1]
.
Qirgʻiziston — suveren, unitar, demokratik respublika.
Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 5-mayda qabul qilingan;
1996, 1998, 2001 va 2003-yillarda oʻzgartishlar kiritilgan.
Davlat boshligʻi — prezident (2021-yildan Sadir Japarov).
U
umumiy teng, toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5
yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki
martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas.
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jogorku
Kenesh, ijrochi hokimiyatni
bosh vazir boshchiligidagi
hukumat amalga oshiradi.