Qirgʻiz Respublikasi qirgʻizcha: Кыргыз Республикасы Bayroq Gerb Shior


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana24.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1054563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qirgʻiziston - Vikipediya

Tibbiy xizmati


16.12.2022, 09:55
Qirgʻiziston - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qirgʻiziston
6/13
mln. 790 ming asar) faoliyat koʻrsatdi. Ularning eng yirigi — Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod
asar)dir. yirik muzeylari: Oʻlkashunoslik davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat milliy muzeyi, Tarix
muzeyi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002-yil Q.da 183 gaz. va 83 jurnal nashr etildi.
Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2-marta chiqadigan gazeta, 2001-yildan),
„Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gazeta, 1974-yildan), „Kizil Tuusi“
(„Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2-marta chiqadigan gazeta, 1924-yildan), „Literaturniy
Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4-marta chiqadigan jurnal), „Slovo
Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3-marta chiqadigan gazeta, 1925-yildan),
„Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2-marta chiqadigan hukumat gazeta,
1991-yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937-yil yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz
Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937-yil asos solingan), „Almaz“ xususiy
radiostansiyasi, 
KOORT 
radio 
va 
televideniyesi 
(1992-yil 
tuzilgan), 
„Piramida“
teleradiokompaniyasi (1991-yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931-yildan,
telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan.
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“,
„Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi negizida
rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917-yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy
sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy
adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz
sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi
shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924-yil birinchi qirgʻiz gaz.da bosilib chiqqan.
1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik
asar M. Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927-yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar
K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928) dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari
rivojlandi. T. Sidiqbekov, Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A.
Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik
asarlari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik
ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T. Sidiqbekov,
K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi
yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N. Jetikashkayeva,
adiblar Ch. Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S. Eraliyev va boshqa kirib keldi.
Yozuvchilardan N. Boytemirov,Sh. Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T.
Abilqosimova, T. Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S. Abiqodirova, R. Risqulov va
boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B. Jaqiyev, M. Bayjiyev, B.
Omuraliyev va boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Q. hududidan miloddan avvalgi 4—1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan
uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy turar joylari
yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-asrlarda shaharlar paydo boʻldi,
qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr oʻrtasi — 12-asrda
masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi 3 maqbara) kabi
monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-asr) va
karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr), koʻshklar (Oʻsh shahri yaqinida Bobur qurdirgan
koʻshk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Q. Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin shaharlar rivoj topa
boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli,
paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-asrning 20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi,
puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar
(Koʻktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi. 30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan
keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr, meʼmor G. A. Gradov). 40-yillarning oxirlaridan

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling