Qirgʻiz Respublikasi qirgʻizcha: Кыргыз Республикасы Bayroq Gerb Shior


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana24.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1054563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qirgʻiziston - Vikipediya

Rahmonberdi Madazimov (1875—1933) — Qirgʻiziston teatr harakatining asoschisi, Bobur
nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi va
badiiy rahbari, yozuvchi.
1914 yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabi oʻqituvchilari
bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan
[3]
.
1918 yili Mirzo Rahmonberdi hoji Muhammadaʼzim aʼlam oʻgʻli (Madazimov) rahbarligida
Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, A.Saidov,
A.Eshonxonov, Abduqodir Isxoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar bilan birga Qirgʻizistonda
birinchi boʻlib musulmon aktyorlardan iborat Turkiston fronti harbiy kengashi qoshidagi konsert
brigadasi negizida Oʻshda havaskor teatr toʻgaragini tuzgan. Rahmonberdi Madazimov
Qirgʻizistondagi mahalliy musulmon teatr harakatining birinchi asoschisi va Oʻshdagi oʻzbek
teatrining birinchi badiiy rahbari va asoschisi boʻlgan. 1919 yili teatr toʻgaragi teatr drama
truppasiga aylantirilgan. Ushbu truppa Qirgʻizistonning janubda nafaqat teatr sanʼatini, balkim
professional musiqa sanʼatining rivojlanishiga ham yuksak hissa qoʻshgan
[4]
. Chunki truppaning
repertuarida drama asarlaridan tashqari, koʻplab konsert dasturlari namoyish etilardi, shuningdek
musiqali spektakllar qoʻyilardi, bu professional musiqachilar yetishib chiqishiga aloxida bosqich
boʻldi. Teatr truppasi Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatriini tuzishga
asos boʻlgan.
Ushbu teatr Toshkentdagi Hamza nomli Oʻzbek milliy akademik drama teatridan keyin Markaziy
Osiyodagi eng keksa teatrdir.
1918 yili Oʻshda oʻzbek musiqali drama teatri va Qorakoʻlda havaskorlik xalq teatri tashkil etildi.
1920 yil Pishpek, Qorakoʻl va Norin uyezdlarida faqat havaskorlik teatrlari ishladi. Professional
teatr 1920-yillarda vujudga keldi. 1926 yilda Musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1930-yil u
professional drama teatriga aylantirildi, 1936 yildan musiqali drama teatri deb nomlandi; 1942
yildan Qirgʻiz opera va balet teatri. Qirgʻiz tilida dramatik spektakllar Yosh tomoshabinlar teatri
Teatri


16.12.2022, 09:55
Qirgʻiziston - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qirgʻiziston
9/13
sahnasida qoʻyildi (u 1936-yil tashkil qilinib, 1941 yilgacha ishlagan). 1941 yil Frunze (hozirgi
Bishkek)da Qirgʻiz drama teatri truppasi tuzildi. 1960-yillarda qirgʻiz xalqining hayoti aks
ettirilgan koʻpgina spektakllar yaratildi („Otaning qismati“, B. Jaqiyev; „Qichan“,
Sh.Beyshenaliyev; „Yangi kelin“, M. Toʻyboyev; „Yuzma-yuz“, „Momo yer“, ikkalasi ham Ch.
Aytmatov qissalari asosida). Q.dagi teatrlarda qirgʻiz va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi
namunalari asosida koʻptina spektakllar namoyish etildi. Mamlakatda 15 professional teatr,
jumladan, Bishkek shahrida qirgiz akademik drama teatri, Rus drama teatri, qirgʻiz drama teatri
(1972—1974), Norin shahrida Tyanshan musiqali drama teatri, Bishkekda qoʻgʻirchoq teatri (1938)
va boshqa ishlaydi. Teatr sanʼati ustalaridan R.Madazimov, D. Kuyukova, B. Kidikeyeva, M.
Risqulov, J.Rahmonov, S. Balqibekova, S. Jamanov, A. Jonqoʻrozova, Oʻ. Rahmonov, S.
Kumushaliyeva, A. Quttiboyeva b. mashhur.
1939-yil Frunze (hozirgi Bishkek)da kinoxronikaning muxbirlik punkti tashkil etildi. 1942-yil
uning negizida Frunze kinoxronika studiyasi („Qirgʻiziston Ikkinchi jahon urushi davrida“ filmi,
1944, rejissor D.Erdman va boshqalar)ga asos solindi, 1956-yil hujjatli va badiiy filmlar studiyasiga
aylantirildi, 1961-yildan „Qirgʻiz-film“ kinostudiyasi deb nomlandi. 1950-y, lardan badiiy
kinematografiya rivoj topa boshladi. Birinchi badiiy film „Saltanat“ (1955, rejissor V. P. Pronin,
„Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda)dan keyin „Mendagi xatolik“ (1958), „Olis togʻlarda“
(1959), „Tyanshanlik qiz“ (1960), „Choʻlpon — tong yulduzi“ (1960, „Lenfilm“ kinostudiyasi bilan
hamkorlikda), „Toʻqtagʻul“ (1961) kabi badiiy, „Ular Tyanshanda tugʻilganlar“ (1958), „Toglar
daryosi“ (1960) kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1960-yillardan milliy adabiyot namunalari, xususan,
Ch. Aytmatov asarlari ekranlashtirilishi qirgʻiz kinosida diqqatga sazovor ish boʻldi. Ch Aytmatov
asarlari asosida yaratilgan „Dovon“ (1961), „Saraton“ (1963), „Birinchi oʻqituvchi“ (1965), „Jamila“
(1969, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda) va boshqa filmlar qirgʻiz kino sanʼatining
yutugʻidir. „Karash dovonidagi oʻq ovozi“ (1968), „Issiqkoʻl lolalari“ (1972), „Oq kema“ (1977), „Ilk
turnalar“ (1979, hammasining rejissor B.Shamshiyev), „Yoshligimiz osmoni“ (1966), „Urkuya“
(1970), „Ulan“ (1978; hammasining rejissor T.Okeyev) kabi badiiy, „Norin kundaligi“ (1971,
rejissor A.Vidugiris), „Pochta“ (1972, rejissor B. Abdildayev) hujjatli filmlari xalqaro kinofesti-
vallarda mukofotlarga sazovor boʻlgan. Kino aktyorlardan M. Risqulov, D. Kuyukova, B.
Kidikeyeva, T. Tursunboyeva, S. Choʻqmorov va boshqa mashhur.
Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari
Qirgizistonning asosiy koʻllari Issiqkoʻl Chatirkoʻl, Soʻnkoʻl va Sarichelek koʻllaridir.
Norin daryosi uzunligi 535 km tuzadi. Shuningdek unda (Toqtogul) suv ombori ham mavjud.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling