Qirgʻiz Respublikasi qirgʻizcha: Кыргыз Республикасы Bayroq Gerb Shior


Namoyishlar Qiz oʻgʻirlashga qarshi harakat


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana24.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1054563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qirgʻiziston - Vikipediya

Namoyishlar
Qiz oʻgʻirlashga qarshi harakat
Tabiati


16.12.2022, 09:55
Qirgʻiziston - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qirgʻiziston
3/13
Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari:
Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va
yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-
botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada
kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon
tuproqlarining har xil turlari tarqalgan.
Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi oʻrmon.
Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni 265 ming ga. 3600–4000 m balandliklar sovuq choʻl va
togʻ tundralaridan iborat.
Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar;
oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni,
ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va hokazo yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi
uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol
qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor.
Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67 %). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq,
tojik va boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan.
Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek,
Ush, Jalolobod. Toʻqmoq.
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam
yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida
avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shimolda saklar qabila ittifoqi
(miloddan avvalgi 7—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy
2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan
davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shimoldagi
koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q.
Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida
(Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta
Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda
koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan
foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-
asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida
Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar
hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi
ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni
koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta
Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari
ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab
turishgan.
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining
markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr
oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida
davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas
vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab
shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy
etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq
muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan,
oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Q.da shu davrdan boshlab yarim
Tarixi


16.12.2022, 09:55
Qirgʻiziston - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qirgʻiziston
4/13
koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar
bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy
Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida
Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan
Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib
oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu
hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning
sharqiy va Shimoli-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar,
mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348-yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq
Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur
unga qarshi 1370—90 yillarda 7-marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur
vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425-yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-
asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida
Shimoliy Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga
kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
16-asrning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17—
18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki kuchaygan. 18-asr
oxiri —19-asr boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab
tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik
majbur qilgan. 1814-yil va 1824-yillarda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy
Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-asrning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining
qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi
tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), Toʻqmoq,
Darautqoʻrgʻon va boshqa qalʼalar qurilgan. 19-asrning 60—70 yillarida butun Q. Rossiya
imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-
gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917-yil noyabr — 1918-yil iyunda sovet hokimiyati
oʻrnatildi. 1918-yil aprelda q. yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. 1921—22 yillarda yer-
suv islohoti oʻtkazildi. 1924-yil Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida
1924-yil 14-oktabrda RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925-yil 25-
mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926-yil 1-fevral
dan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936-yil 5-dekabrdan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga
aylantirildi. 1990-yil dekabrdan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991-yil 31-avgustda respublika Oliy
Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993-yil 5-maydan Qirgʻiz
Respublikasi deb nomlandi.
2005-yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz
lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991-yil 31-dekabrdan MDH tarkibida. 1992-yildan BMT
aʼzosi. Milliy bayrami — 31-avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933-yil tashkil etilgan;
Q. agrarmehnat partiyasi, 1994-yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999-yil
tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994-yil taʼsis etilgan; q. demokratik harakati,
1993-yil. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999-yil asos solingan; „Mamlakatim“ harakati
partiyasi, 1998-yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998-
yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992-yil asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-
demokratik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992-yil taʼsis
etilgan. Q. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925-yil tuzilgan.
Q. agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %,
xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling