Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Download 137 Kb.
bet2/9
Sana14.04.2023
Hajmi137 Kb.
#1357734
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qirg\'iziston

Kurs ishining maqsadi: Iqtisodiy inqirozni kelib chiqishini oldini olish bunda, davlat hisobidan sarflanayotgan mablag’larini foydali maqsad uchun yo’naltirish. Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini o’rganish, ularning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash va kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqish.
Kurs ishining vazifalari:
- Qirg’iziston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxona-tashkilotlarga yengillik yaratish va ularni tartibga solish.
- Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning
rolini aniqlash;
- Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini
aniqlash;
- Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish;
- Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Islom taraqqiyot bankining
kelgusida rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti: xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va Qirg’izistonning rivojlangan davlatlar bilan tuzgan muhim hujjatlar .Islom taraqqiyot banki kurs
ishining obekti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, ular tarkibiga kiruvchi
moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, alohida Qirg’izistonning rivojlangan davlatlar bilan tuzgan muhim hujjatlar, ularning faoliyat yo’nalishlari va jahon xo’jaligidagi tutgan o’rni mazkur kurs ishining
predmetidir.
Kurs ishining tuzilish tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish,ikkita bob va uning
tarkibiga kiruvchi beshta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan tarkib topgan.
I bob. Qirg`iston Respublikasining geografik o`rni, chegaralari.
1.1 Tabiiy sharoiti.
Qirg`iziston Respublikasi mustaqil davlat bo`lib, hududining kattaligi va aholisining soni jihatidan Markaziy Osiyo davlatlari ichida to`tinchi o`rinda turadi. Uning‚ hududi g`arbdan sharqqa 900 km, shimoldan janubga 410 km.ga cho`zilgan.
Qirg`iziston tog`li mamlakat hududida joylashgan. Tyanshan tog`i va uning o`nlarcha tizmalari, jumladan Talas Alatau, Qirg`iz tog`i, Kungey Alatau, Terskiy Alatau, Oloy va Farg`ona tog`i, Otboshi togi, Norintog` va boshqa tog`larda 5-7 ming metrga teng keladigan balandlik cho`qqilar bor. Mazkur tog`lar va ulardagi abadiy muzliklar, g`orlar, ulardan boshlanadigan sho`x va tezkor daryolar, tog` vodiylari va daralar, tog` usti va tog` yon bag`rlarini ishg`ol qilgan yamyashil archazorlar, baland tog`lar o`rtasida savlat to`kib turgan mo`jizasimon Issiqko`l Qirg`iziston tabiatining betakror go`zalligidan guvohlik beradi.
Qirg`iziston respublikasi Tog`li respublika sifatida ajralib turadi. Bu yerda Tyan—shan va Pomir—Oloy sistemalarining Tog` tizmlari o’tgan. Tog`larning baland cho’qqilari—G'alaba (7439m) va Lenin cho’qqilari (7134) ham respublika hududida joylashgan. Yuksak Tog` zanjirlarining cho’qqilari abadiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Respublika hududining 1G'3 qismi dengiz sathidan 3000 m va undan balandda joylashgan. Norin,Qoradaryo, Talas, Chuv va boshqa sersuv daryolar huddi shu Tog`lardan boshlanadi. hududining yarmiga yaqini 1000—3000 m balandda joylashgan. Tog` vodiylari va yaylovlar xalq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga egadir. hududining 30% ga yaqin qismini o’rmonlar qoplagan. Daryolarning asosiy qismi Tog` daryolari bo’lganligi sababli suІorish va gieroenergetika sifatida katta ahamiyatga ega. Gidroenergetika resurslari bo’yicha MDHda Rossiya va Tojikistondan keyingi o’rinda turadi. Daryolari orasida Norin kaskadlari katta ahamiyatga egadir.Qirg`iziston respublikasida Yirik oltin konlari (Issiq ko’l oblastida), surma va simob (O’sh viloyatidagiQadamjoy va haydarkent) rudalari, Toshko’mir konlari va ko’ngir ko’mir konlari (Toshko’mir,Hzgan, Ko’k yonІoq),Farg`ona vodiysida qisman neft va gaz konlari topilgan. Rangdor metallurgiya Qirg`izistonning ixtisoslashgan tarmog’iiga aylandi.2
Qirg`iziston shimoldan Qozog`iston davlati bilan janubi-sharq va sharqdan Xitoy, janubi-garbdan Tyanshanga borib taqalgan Pomir-Oloy tog` sistemasi orqali Tojikiston, garbdan esa O`zbekiston davlatlari bilan chegaralanadi.
Mamlakatning geografik o`rni, tabiati va tabiat manbalari uning xalq xo`jalik yo`nalishiga, hamda xorijiy davlatlar bilan aloqasiga bevosita ta`sir ko`rsatib turadi. Qirg`iziston asosan tog`lar o`lkasi bo`lganligi va ayniqsa uning markazida joylashgan baland tog` sistemalari uni shimoliy va janubiy regionlarga bo`lib tashlangan. Bu narsa mamlakatning ichki va tashqi aloqalariga keskin ta`sir ko`rsatgan. Janubiy Qirg`iziston Markaziy va Shimoliy Qirg`izistondan baland tog`lar shu qadar ajratilganki, oradagi iqtisodiy aloqa haqida gapirmasa ham bo`ladi. Negaki, Shimoliy va Janubiy Qirg`iziston o`rtasida to`gridan-to`g`ri temir yo`l transporti aloqasi yo`q. Balki Janubiy Qirg`iziston Farg`ona vodiysining tarkibiy qismi bo`lib, ayni paytda O`zbekiston va Tojikistonning eng rivojlangan viloyatlari bilan chambarchas iqtisodiy aloqadadir. Mamlakatning janubiy qismi – O`sh viloyati uning shimoliy rayonlari bilan o`zga davlatlar Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston orgali temir yo`l bilan iqtisodiy aloqa o`rnatgan.
Mamlakatning geografik o`rni, uning relyef xususiyatlari bilan bog`langan tomonlar chegaradosh davlatlar bilan iqtisotiy aloqalarni olib borishda turlicha imkoniyatlar tug`diradi.
Misol. Qirg`iziston katta masofada Xitoy davlati bilan chegaralanadi. Biroq ikki davlat o`rtasidagi baland tog`lar iqtisodiy aloqada tabiiy to`siq bo`lib maydonga chiqadi. Yoki janubiy-g`arbiy Qirg`izistonning Farg`ona vodiysida joylashganligi Ozbekiston-Qirg`iziston iqtisodiy va madaniy aloqalarini juda rivojlantirishga olib kelgan.
Qirg`iziston mustaqil davlat. U o`z mustaqilligini 1991 yilning avgustida qo`lga kiritdi. Qirg`iziston davlati demokratik asoslarga tayangan holatda jahonda tinchliksevar va o`z navbatida hech qanday harbiy bloklarga qo`shilmaslik siyosatini olib bormoqda. Hokimiyatni umumxalq tomonidan 5 yil muhlatga saylab qo`yilgan Prezidenti boshqaradi.
Qirg`izistonda 4,5 million kishi yashaydi. Mamlakat aholisl son jihatidan dastlab tez, mustaqillik yillarida esa sekin o`smoqda. Masalan, bu yerda 1940 yilda 1528 miig kishi yashagan bo`lsa, 1959 yilda-2066 ming, 1970 yilda-2934 ming, 1979 yilda 3529 ming va 1989 yilda esa 4291 ming kishiga yetdi. 1990-1995 yillarda esa mamlakat aholisi 435 ming kishidan 4451 ming kishiga yetdi, yani atigi 2,7 foizga ko`paydi. Mamlakatda aholi tabiiy o`sishidagi bu xil tebranish uning turmush sharoiti bilan bog`liq jarayondir. Mamlakat aholisining dinamik o`sishi bilan uning zichligi ortib bormoqda. Aholi zichligi har bir kv.kmga 1913 yilda 4 kishi, 1968 yilda 14,3, 1989 yilda 21,5 kishi. 1995 yilda esa 22,7 kishini tashkil qildi.
Qirg`iz millatining etnik kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. Chunki qirg`iz xalqi Markaziy Osiyodagi eng qadimiy xalqlardan biridir. Qirg`iziston hududida bundan taxminan 300 ming yil burun paleolit ibtidoiy tuzum davrida odamlarning yashaganligi arxeologik qidiruv natijalarida aniqlangan. Dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo`lgan qirg`iz xalqi Buyuk Kushan podsholigi hukmronligi davrida sholi, tariq, arpa, bug`doy ekish bilan hamda bog`dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, zotdor yilqichilik bilan shug`ullangan. O`rta asrda bu yerda turk ko`chmanchi qabilalari hukmronlik qilgan. X asrning o`rtalarida Sharqiy Turkiston va Semirechyada jumladan Qirg`iziston hududida turklarning qudratli davlati Qoraxonidlar hukmronlik qiladi. Qoraxonidlar X asrnning oxiriga kelib Shosh Toshkent vohasi, Farg`ona vodiysi va Movarounnahrni ishg`ol qiladi. Ularning Qirig`iziston hududidagi hukmronligi 200 yil davom qiladi. Shu davrda qirg`iz xalqi ko`chmanchilikdan o`troq xalqqa aylana boshlaydi, feodal munosabatlar shakllanadi, o`troq dehqonchilik tayangan turmush tarzi qaror topadi, shaharlar soni ko`payadi. Qoraxonidlar davrida Issiqko`l bo`yidan yetishib chiqqan taniqli filolog va tarixchi Maxmud Qoshg`ariy “Divonlug`ot at-turk” nomli uch tomlik turk lug`otini yozadi. Unda Turkiston xalqlarining qadim madaniyati, turli, urf-odati, tarixi talqin qilingan.
XII-XIII asrda mo`gullarning Turkistonga bostirib kirishi bilan bir tomondan tarixiy yodgorliklar, qadimiy shaharlar vayron qilindi, ikkinchi tomondan bu hududga sharqiy, janubiy-sharqiy davlatlardan turli qabila, el, elatlardan ko`chib kelish boshlandi. Jumladan, Mo`gullarning Qirg`izistonga bostirib kirishi bilan Yenisey bo`yidagi qabilalar Tiyanshanga kelib o`rnashdi.
Qirg`iz xalqi— millatining shakllanishi juda murakkab kechgan. Uning tarkib topish tarixi taqdiri Markaziy Osiyo va Turkiston xalqlari tarixi bilan uzviydir.
XVII asrining o`rtasida Qirg`izistonga oyrat jung`or xonligi tajovuz qiladi. Ular Markaziy Osiyo, Turkiston yaylovzorlarini egallash maqsadida qirg`iz xalqining qanchadan-qancha qonini to`kadi. Biroq Turkiston xalqlari, qirg`iz, o`zbek, qozoq bir bo`lib oyrat xonligi bosqinchilariga qarshi kurashadi va o`rnatilgan Oyrat davlatini o`rnatadi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib qirg`iz xalqining boshiga yana kulfat tushadi. Endi u Rossiya tazyiqiga duch keladi, 1855 yilda uning issiq ko`l hududi, 1864 yilda Chu vodiysi, 1876 yilda Qo`qonxonligi qo`lida bo`lgan Janubiy Qirg`iziston Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinadi. Natijada Qirgiziston hududining xushmanzara yerlariga ruslar daryodek oqib kela boshlaydi, o`troq aholiga aylanadi. Shuningdek o`tgan asrning 70 va 80 yillarida Qirg`izistonga Xitoydan manjur-sink feodallari zulmga bardosh berolmagan dunga va uygurlar ko`chib kelishadi. Qirg`iziston 1917-1991 yillarda sobiq Sovet Ittfoqi tarkibida edi.
Qirg`iziston ko`p millatli davlat. Qirg`izlar mamlakat aholisining katta qismi teng yarmini tashkil qiladi. Bu yerda ruslar 24 foiz, o`zbeklar 10,6, ukrainlar 6,6 tatar, qozoq, tojik, uyg`ur va boshqa millat vakilari ham yashaydi. Mamlakat aholisi juda notekis joylashgan. Tog` yon bag`irlar daryo bo`ylari va vodiylarida aholi juda zich, tog`lik zona Tyanshan viloyati hududida esa juda siyrak joylashgan. Aholining tog`lik va tog` oldi zonalarida farqli joylashishi Markaziy Osiyo davlatlariga xos qonuniyat. Bu qonuniyatning negizida tog`liq va tog` oldi vodiy, tekislik va pasttekislik zonalarining xo`jalik nuqtai nazaridan o`zlashtirilish darajasi yotadi. Tog`li zonada asosan yaylov chorvachiligi, tog` oldi zonalarida intensiv dehqonchilikning amal qilishi aholining zichligini belgilab beruvchi omildir.
Qirg`izistonda aholining katta qismi qishloqlarda yashaydi. Qishoq va shahar aholisining nisbati 62:38. Shuning uchun ham mamlakatda urbanizatsiya muammosi keskin emas. Aholining qishloqdan shaharga bo`ladigan ichki migratsiyasi salbiy ko`rstakichli. Masalan, shahar aholisi 1979 yilda 39 foizga teng edi, u 1989 borib 38 foizga tushib qoldi.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling