Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


II bob. Qirg`izistonning aholisi va mehnat resurslari


Download 137 Kb.
bet4/9
Sana14.04.2023
Hajmi137 Kb.
#1357734
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qirg\'iziston

II bob. Qirg`izistonning aholisi va mehnat resurslari
2.1 Xo`jaligiga umumiy ta`rif
Yoqilg`i-energetika kompleksi. Sanoatning bu turi birmuncha rivojlangan. U asosan mamlakatda mavjud bo`lgan ko`mir, neft hamda zahirasi uncha katta bo`lmagan tabiiy gaz zamirida rivojlantirilgan. Mamlakat gidroresurslarga boy va uning elektro energetika sanoatida gidravlik elektro stansiyalarning ulushi yil sayin ortib bormoqda. Mamlakatda yiliga 12-13 mlrd. kvt. soat elektro-energiya ishlab chiqariladi. Shuning 3,5-4 mlrd.kvt. soati gidravlik elektro stansiyalar hisobiga to`g`ri keladi. Q`irg`izistonning daryolari MODda yagona energosistemani barpo qilishda munosib rol o`ynashi shubhasizdir. Shuning uchun ham Markazly Osiyoning oliy darajadagi hukumat raxbarlari 1993 yil 4 yanvar kuni Toshkent sharida imzolangan xujjatlarida Qirg`izistonda MOD uchun “Energetika” qo`mitasini tuzishga qaror qildilar. Bu qo`mita yaqin kelajakda MODda yagona energosistemani barpo qilishda muhim rol o`ynaydi. Qirg`iziston elektro energetika sanoatining istiqboli birinchi navbatda uning daryo suvlari resurssidadir.
Qirg`iziston xo’jaligi Markaziy Osiyo davlatlari xo’jaligidan farq qiladi. Respublikada mashinasozlik sanoati, Ayniqsa ko’p mehnat talab qiladigan-elektronika, radiotexnika, priborsozlik hamda qishloq xo’jalik mashinasozligi yaxshi rivojlangan. Bishkekdagi avto—yig`uv va fizika priborlari zavodlari, Qirg`izkabel, QirІiz elektrodvigatel, Moylisoy lampa zavodi va boshqa yirik korxonalar hisoblanadi.
Qirg`izistonning yengil sanoat korxondlari shoyi va jun gazlamalar, trikotaj, tikuvchilik buyumlari, poyabzal va boshqa keng iste'mol buyumlari ishlab chiqaradi. O’sh shahrida Markaziy Osiyoda yirik korxonalardan biri-shoyi to’quv kombinati va ip gazlama kombinati joylashgan.
Oziq-ovqat sanoatida shakar, go’sht, konserva va tamaki ishlab chiqarish muhim tarmoqlaridir.Qand-shakar sanoati respublikaning shimolidagi Chuv vodiysida rivojlangan.
Respublika qishloq xo’jaligi mayin junli va yarim mayin junli qo’ylar boqishga, sut-go’shg qoramolchiligi, yilqichilik, paxtachilik (O’sh viloyatida) qandlavlagi, meva va sabzavot, donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan.
Chorvachilik respublika qishloq xo’jaligining asosini tashkil etadi.QirІizigtoniing pichanzor va yaylovlari (8 mln. ga. dan ko’proq), qirІiz xalqining chorvachilikdagi qadimiy katta tajribasi chorvachilikni intensiv rivojlantirishga imkon beradi. Chorvachilikda qo’ychilik yetakchi tarmoqdir.Qo’ylarning ko’pligi bo’yicha Markaziy OsiyodaQozog`istondan keyin ikkinchi o’rinda turadi.3
Chorvachilikning sut-go’sht qoramolchiligi uchun sharoit yetarlidir. Bular asosan, Chuy va Talas vodiylarida, Issiqko’l bo’yida, respublikaning janubig`arbida boqiladi.
Misol. Qirg`izistonda Norin uzunligi 616 km, Talas 294, Chu 221, Qoradaryo‚189, Sarijaz 165, Chotqol 144 va boshqa o`nlarcha tog` daryolari katta energetika quvvatiga ega. Bu daryolar gidroresursi elektroenergiya zahiirasi 15 mln. kvt.ga teng. Birgina Norin daryosini tilga olaylik. Unda mamlakatning millioneri-To`xtagul GES ishga tushgan. Uning quvvati 1,2 mln. kvt. Mazkur GES ning ishga tushishi bilan 19,3 mlrd. kubometr suv sig`diradigan Norin suv ombori ham barpo qilindi. Bu narsa mamlakat agrosanoat kompleksining rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling