Qirg’iziston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Download 137 Kb.
bet5/9
Sana14.04.2023
Hajmi137 Kb.
#1357734
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qirg\'iziston

Metallurgiya kompleksi. Bu kompleks ham mahalliy xom ashyo bazasida rivojlantirilgan. Komplaks surma va simob, oltin va uran, qo`rg`oshin va rux ishlab chiqarishga yaxshi ixtisoslashgan. Qirg`iziston rangli metallurgiya sanoati, ayniqsa tog`-saralash fabrika va kombinatlari, surma ishlab chiqarish, tog`-metallurgiya kombinati, to`liq siklda ishlayotgan Haydarken surma zavodi kompleksning hal qiluvchi sohalaridir. Qirg`iziston rangli metallurgiya sanoatining ayrim tur mahsulotlarini MOD va boshqa davlatlar mashinasozlik korxonalariga, xom ashyo tarzida eksport qiladi.
Mashinasozlik kompleksi. Qirg`iziston mashinasozlik kompleksi 1930 yillarda traktor va boshqa qishloq xo`jalik mashinalarini remont qiladigan korxonalar bazasida tarkib topdi. Asta-sekin mamlakat mashinasozlik sanoati qudratli sanoat korxonalariga ega bo`ldi. Stanoksozlik, qishloq xo`jaligi mashinasozligi, priborsozlik, elektro texnika mashinasozligi vujudga keldi. Bishkek sharida Markaziy Osiyo davlatlari uchun ahamiyatli bo`lgan yuk avtomobil yigish zavodi bor.
To`qimachilik kompleksi-mamlakat yengil sanoatining yetakchi sohasi hisoblanadi. Unda mamlakat sanoat korxonalarida ishlaydigan jami ishchining 25 foizi band. Yengil sanoat korxonalari paxta tolasi, ip-gazlama, jun-gazlama, kenafgazlama, ipak-gazlama, kiyim-kechak, po`stin, poyafzal ishlab chiqaradi. Uning korxonalari mamlakat hududi bo`yicha bir tekis joylashgan emas, balki o`ta darajada markazlashgandir.
Misol. Bishkek shaxrini mamlakat yengil sanoatining asosiy markazi deyish mumkin. Unda kamnol-mogut kombinati, kenaf yigiruv-tikuv fabrikasi, ip-gazlama kombinati, yigiruv va to`quv fabrikasi, ko`n zavodi, poyafzal, trikotaj fabrikalari joylashgan bo`lib, bu korxonalarda mazkur sanoatning aksariyat mahsuloti ishlab chiqariladi.
5. Qishloq xo`jalik geografiyasi: Rivojlanishining tabiiy omillari, muhim tarmoqlari. Mamlakat qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun tabiiy resurs muhim omil bo`lib maydonga chiqadi. Shuning uchun ham turli-tuman tabiat manbalariga, o`zgacha orografik xususiyatga, o`zgacha yer fondiga, tuproq iqlim sharoiti va suv resurslariga ega bo`lgan bu mamlakatda va uning turli xil geografik mintaqalarida qishloq xo`jaligi o`ziga xos sohalarga ixtisoslashgandir. Tog`li mamlakatda yer ustining o`nqir-cho`nqirlar, soy va daralar, qir va adirlardan tuzilganligi, yaylovzorlar iqlimiy sharoitining har xilligi, dehqonchilik qilinadigan yerlarning chegaralanganligi malakat qishloq xo`jalagini bir meyorda rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Aksincha uni rivojlantirish bobida bir necha muammo bor.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling