Qisasi Rabg‘uziy
“Qisasi Rabg‘uziy”da turli o‘simlik va gullarga bo‘lgan munosabatning ifodalanilishi
Download 101 Kb.
|
“Qisasi Rabg‘uziy” da turli hayvon , qush va jonivorlar haqidagi qarashlar
2.2 “Qisasi Rabg‘uziy”da turli o‘simlik va gullarga bo‘lgan munosabatning ifodalanilishi
Hikoyalarda xalq og‘zaki ijodining ta’siri ham yorqin seziladi. Xususan , latifa janriga xos belgilar hikoyaga ko‘chib o‘tgan. Suhbatning diolog asosida olib borilishi, soddalik, hozirjavoblik, donishmandlik, topqirlik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, lo‘ndaligi, og‘zaki ijoddan ta’sirlanish natijasidir. Rabg‘uziy hikoyalarining asosini ko‘pincha hayotiy voqea hodisalar tashkil etadi. Ularni ifodalash uchun mifologik, afsonaviy –xayoliy yoki hayotiy mantiq taqozo etadigan bayon uslubi tanlab olinadi. Masalan, insonlarning mast holda yurishini, umuman o‘tkir ichimliklar ichishini qoralash maqsadi uchun “Uzum hikoyati” berilgan. Undagi asosiy qahramon Shaytondir . U to‘g‘ridan-to‘g‘ri Shaytoni mal’undir“ – , deb ta’riflanadi. “Mal’un” –la’natlangan, haydalgan demak. Ana shu uzumning urug‘ini o‘g‘irlagan . Bu hol oshkor bo‘lib qolgach , uni Nuh payg‘ambar huzuriga olib kelishadi. Shayton aybini bo‘yniga oladi – yu , lekin urug‘ni qaytarib berishdan oldin uni uch marta sug‘orishga imkon so‘raydi. Bu ish uchun rozilik oladi. Chog‘ir – ichkilikning paydo bo‘lishi shu tarzda shayton nomi bilan bog‘lanadi. Chog‘ir ichgan odamning holati ham nihoyatda ta’sirchan o‘xshatishlar bilan tasvirlanadi. Buning uchun tulki yo‘lbars, to‘ng‘iz obrazlaridan foydalangan. Hikoyada Nuh payg‘ambarning ulug‘ligini ko‘rsatuvchi dalillar ham keltirgan. Xususan, shinni va sirkaning paydo bo‘lishi bevosita ana shu payg‘ambar faoliyati bilan bog‘liq. Odam alayhissalom qissasida bug‘doy o‘simligi haqida mulohazalar berib o‘tilgan. Unda Odam va Havo nikohlanganlaridan keyin xitob keldi: “ Ey odam, jannatimga kir va mevalarimdan xohlaganlaringni tanovul qilinglar. Mana bu daraxtga yaqinlashmanglar zolimlardan bo‘lasizlar”.1 Yusuf alayhissalom qissasida ham, bug‘doy misolida fikr – mulohazalar berib o‘tilgan bo‘lib unda: Podshoh bir kuni tush ko‘radi va tabirini bilishni istab ayonlaridan so‘raydi. “Men tushimda yettita semiz sigirni ko‘rdim, keyin yettita oriq sigirlar kelib semiz sigirlarni yeb qo‘yishdi. Yana yettita ko‘m-ko‘k bug‘doy boshog‘ini, undan keyin yettita qurigan boshoqni ko‘rdim. Shu tushimning ta’birini aytinglar!”, - deb amr qildi. Bu tushning ta’biridan hamma ojiz qoldi va noiloj: «Bu tushingiz aralash-quralash, bosinqirash tushlar, biz buning ta’vilini bilmaymiz», - deyishdi. Nogahon soqiyning esiga zindonda yotgan tush ta’birchisi tushib qoldi va shoshilgancha zindonga bordi. Qarasa Yusuf hali ham taqdirga tan berib, zindonda yotibdi. U kishiga murojaat qilib, shunday dedi: «Ey rostgo‘y Yusuf, men sizdan bir tushning ta’vilini so‘ragani keldim. Agar uning ta’vilini aytib bersangiz, shoyadki sizning bu zindondan qutilishingizga sabab bo‘lsa, u tush shunday: yettita semiz sigir, ketidan yettita oriq sigirlar kelib, semizlarini yeb qo‘ydi. Keyin yettita ko‘m-ko‘k boshoq, yana yettita qurigan boshoq ko‘rilgan, shuning ta’vili qanday?». Yusuf (a.s.) faqat tushlar ta’vilchisi emas, balki Alloh taolo odamlarni isloh va hidoyati uchun yuborgan payg‘ambar ham edilar. Shuning uchun tush bahonasida kishilar qalbiga yana Allohga bo‘lgan ishonchni, imonni solib qo‘yishni xohladilar: “Bu tushning ta’vili shuki, sizlar yetti yil farovonlikda yashaysizlar. Suvlar serob, hosillar mo‘l, omborlaringiz g‘alla-donga to‘la bo‘ladi. Uning ketidan yetti qahatchilik yillari keladi, yomg‘ir yog‘maydi, Nil daryosining suvi quriydi, bog‘u bo‘stonlar xarob bo‘ladi, don pishmaydi. Undan keyin asta-sekin to‘kin-sochin hayot boshlanadi. Nil to‘lib oqadi, yomg‘ir serob bo‘ladi, bog‘u bo‘stonlar obod bo‘lib, hayot izga tushadi. Bu ta’vilni men o‘z ichimdan chiqarmadim, menga Alloh vahiy qilib bildirganini aytdim”.1 “Adib asarda o‘n bitta tush tasviri va uning tabirini berish bilan qissa qahramonlari ruhiy olamini ochishga muvaffaq bo‘lgan. Asarning voqea ichida voqeaning kelishi singari qoliplanuvchi qurilmasini mustahkamlay olgan. Muhimi, tushni tabirlash Yusuf alayhis – salomning payg‘ambarlik karomati belgisiday talqin qilingan. Umuman, qissa nafaqat “Qisasi Rabg‘uziy” tarkibida, balki turkiy xalqlar nasrida Yusuf va Zulayxo muhabbatini badiiy ifodalovchi g‘oyat go‘zal asar, muallifning o‘z ifodasi bilan aytganda, “Ahsan ul - qasas” darajasiga ko‘tarilganligi bois hanuzgacha sevilib o‘qilmoqda.”2 Bu daraxt – bug‘doy daraxti edi. Rabg‘uziy aytganidek, bug‘doy daraxt emas aslida u bug‘doy o‘simligini bug‘doy daraxti deb nomlaydi. Aslida bug‘doy – g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiradi. Eng qadimgi davrlardan va hozirgi kunda ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ekiladigan asosiy don ekini. Uning 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor. Bug‘doy Old Osiyo mamlakatlarida mil. avv. 7 – 6 ming yilliklarda ma’lum bo‘lgan. 17 – asrdan Shimoliy Amerikada ekila boshlagan. O‘zbekistonda 90 – yillarning boshidan respublikaning g‘alla mustaqilligini ta’minlash uchun bug‘doy ekiladigan maydonlar kengaytirildi. “ Xo‘jalikdagi ahamiyati. Doni to‘yimli tarkibida oqsil, kraxmal, shuningdek yog‘lar, vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar va boshqalar bor. Doni kepagi va b. Chiqindilari qimmatli yem uchun xom ashyo, somoni yemxashak va to‘shama, qurilish materiali uchun, poyasi qog‘oz, karton, savatlar to‘qiladi. Bug‘doy donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.”1 Quroni karimning “Toxo” surasida taqiqlangan bir daraxt haqida aytib o‘tilgan. “Biz ilgari Odam bilan (jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida)” ahdlashgan edik, u ahdni unutdi va biz unda azm (qat’iyat)ni ko‘rmadik. Taqiqlangan daraxt – uzum yo anjir, yoki olma, yoxud bug‘doy ekani haqida turli mulohazalar bayon qilingan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “Odam va Havoni bug‘doy daraxtidan qaytarmoqning nima hikmati bor edi?” Javob: Olloh taolo Odamni yaratmasdan ilgari: “Men yer yuzida xalifa (o‘rinbosar) yaratmoqchiman”, deganidir. Bug‘doydan yesalar, bu ularning jannatdan chiqmoqliklariga sabab bo‘lishi taqdir etilgandi. Yana bir javob shuki, Olloh taolo dunyoda odamzotning taomi bug‘doy bo‘lishini taqdir qilgandi, shu bois xitob qildi: “Jannatning hamma ne’matlaridan yegil, bug‘doy yemagil!”deb aytgan edi.2 O‘sha paytda bildirilgan bu fikrlar bugungi kunga kelib o‘zining tasdig‘ini topmoqda. Hozirgi kunda dunyo aholisining 96% bug‘doy va don mahsulotlarini har kuni iste’mol qiladi.”1 Iblis mal’un bo‘lgach, jannatdan quvildi va u yerga kira olmaydigan bo‘ldi. Ko‘ngliga Odam va Havvoga nisbatan adovat to‘lib – toshdi. Ularni vasvasa bilan jannatdan chiqarishlikni niyat qildi. Ilon odam va Havo taxti qarshisiga kelib to‘xtadi, uning tili tagidan Iblis so‘zladi. Odam uning so‘zlariga e’tibor bermagandi, Havvoga qarab yuzlandi. Xotinlarning ko‘ngli yumshoq bo‘ladi deb o‘ylagandi – da. Havvo dedi: “Tangri nima uchun bug‘doy daraxtidan qaytarganini bilarmisan?” Havvo dedi: “Bilmasman”. Iblis dedi: “Shuning uchun qaytardiki, kim daraxtdan meva yesa, u jannatda mangu qoladigan daraxtni va foniy bo‘lmaydigan podshohlikni ko‘rsataymi?” Havvoning bu so‘zlarga ko‘ngli moyil bo‘ldi, o‘rnidan turib o‘n qadam qo‘yib bordida bir butoq sindirdi. Uni Odamga keltirib: “Bu butog‘ totli ekan, men yegandim hech nima qilmadi, sen ham yegil”, - dedi. “Odam o‘sha chog‘da ahdni unutdi, ul luqmani og‘ziga soldi, chaynadi, bo‘g‘ziga kelganda ahdi yodiga keldi. Yutmoqqa ham, tashqariga chiqarmoqqa ham ojiz bo‘ldi, o‘tib ketmasin deya bo‘g‘zini qo‘li bilan mahkam tutdi. U luqma bo‘g‘ziga yumaloqlanib turib qoldi.” 2 Shu sababdan erkaklar bo‘g‘zida yumaloq bor, ayollarda esa yo‘q. Havvo bug‘doy mevasini yeganda, u daraxt yig‘ladi, undan qonga o‘xshash narsa oqdi. Bu illat Havvoda zohir bo‘ldi va hayz to qiyomatga qadar ayollarga meros qoldi. Odamga, Havvoga, Iblisga, tovusga, ilonga, jannatdan chiqing, degan farmon bo‘ldi. Odam tushgan joyida behad ho‘ng yig‘ladi taxminan 9 km keladigan masofa borligilik yerda uning ko‘z yoshidan daraxtlar undi, jilg‘a va buloqlar ko‘z ochdi. Odamning ko‘z yoshi oqqan yerda o‘t – o‘lan, achchiq – chuchuk dorivorlar undi. Havvoning ko‘z yoshlari tomgan yerda qalampirmunchoq, sunbul, xina, o‘sma o‘sdi. Shu sababli bo‘lsa kerak ayollar qalampir munchoqlarni taqib yurishadi, xina va o‘sma qo‘yib yurishlari shundan bo‘lsa kerak. Odamning qorni behad ochqadi. Jabroil Olloh farmoni bilan jannatdan ikki sigir keltirdi, biri qizil, biri qora edi. Yana jabroil jannatdan uch uvun bug‘doy keltirib, uch hissa qildi: “Ikkisi senga biri Havvoga”, dedi. Sigirlar jannatdan chiqqanlariga behad yig‘ladilar, ko‘zlari yoshidan qo‘noq undi, tahoratlarining avvalgi sinishidan no‘xat, keyingisidan yusmuq (dukkakli ekin) undi. Jabroil uch uvun bug‘doydan uch hissa ajratdi, uning ikki hissasini Odam, bir xissasini Havvo yerga qadadilar. Odam sepganidan bug‘doy, Havvo sepganidan arpa undi. Odam bug‘doydan ulush olganda so‘radi: “Yeyinmi?” Jabroil aytdi: “Yoq ekkil”. Ekdi, dedi: “Yeyinmi? ” Aytdi: “O‘rgil”. O‘rdi, dedi: “Yeyinmi?”Aytdi: “Yanchgil” yanchdi, dedi: “Yeyinmi?” Aytdi: “Tozalagil”. Tozaladi , dedi “Yeyinmi?” Aytdi: “Tortgil”. Tortdi, dedi: “Yeyimi?” Aytdi: “Qorgil” Qordi,dedi: “Yeyinmi?” Aytdi: “Pishirgil”. Dedi : “Yeyinmi?” Shunda farmon keldi: “Ey Odam, kunduzning ikki qismi bordir, bir qismi o‘tdi, biri qoldi. Kun botguncha sabr qilgil. Bir kun ro‘za tutgil (U kun – ashuro kuni edi). Men sen bilan bir ish qilayin, toki bu ishdan Men xushnud bo‘layin, gunohingni yorlaqayin, jannatga kirgizayin”.1 Odam ul taomdan yemoqqa chog‘langanda Jabroil keldi va ul taomni uch hissaga bo‘ldi, ikkisini Odamga, birini Havvoga berdi. Erga ikki hissa, xotinga bir hissa berishlik taomili shundan qolgandir. “Qobil va Hobil” qissasida – Hobilning qoni to‘kilgan yerda Tangri lanati bo‘lsin, bu kun u qonni tashqariga chiqarmasa, - dedi Odam. Yer qonni tashqariga chiqardi. O‘sha kundan beri qon yerga singmaydigan bo‘ldi. U joydan tikan bilan yulg‘un unib chiqdi. O‘zbek mifologiyasining qadimiy personajlaridan biri bo‘lgan Xizr obrazi xalqimizning e’tiqod va qarashlari, folklor asarlari va yozma adabiyotida keng o‘rin olganligi bilan o’ziga xoslik kasb etadi. Bu mifologik obrazning mohiyati, u bilan aloqador inonch-e’tiqodlar, folklor va yozma adabiyotdagi badiiy talqini kabi masalalar adabiyotshunoslikda ma’lum darajada o‘rganilgan. Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asarida “Xizr” obrazi uchraydi. Mazkur asarning «Xizr va Ilyos alayhissalom so‘zlari» deb atalgan faslida hikoya qilinishicha, Xizr bilan Ilyos ya’juj - ma’jujlar yurtiga borishibdi. Ular butga sig‘inuvchilar bo‘lib, yemishlari ko‘k o‘t ekan. Xizr bilan Ilyos ularga murojaat etib, butga topinmaslikni va sharob ichishni to‘xtatishini so‘rabdilar. Ya’juj - ma’jujlar podshosi ulardan biror mo‘jiza ko‘rsatishni talab qilibdi. Ular: «Qanday mo‘jiza tilarsan?» - deyishibdi. Podsho bir necha yillar burun qizi vafot etib ketganligini aytib, agar uni tiriltirsalaring sizlarning diningizni tan olib, imon keltirayin», - debdi. Xudoning amri bilan qiz tirilibdi-da: «Ularning so‘zlari rostdur, butga topinmang, Ollohga itoat qiling. Sizni Olloh yaratdi, mulk berdi. Qavmingga aytgil, imon keltirsin»,- debdi. SHunda podsho: «Oshiqmagil, men o‘ylab ko‘rayin», - debdi. Qiz: «Ey, mal’un, nimasini o‘ylaysan? O‘lganiga ko‘p yillar bo‘lgan kishining tirilib kelishi oxiratdan belgi emasmi? Yana ne so‘zing bor?!» - deb otasidan yuz o‘giribdi va: «Yo Olloh, jonimni olgil. Boyagi holni tilarman», - deb xudoga iltijo qilibdi. Olloh taolo qizning jonini olibdi. Podsho iymon keltirmagandan keyin Xizr bilan Ilyos halokat duosini o‘qibdilar. Ammo Olloh taolo bu elni darhol halok qilmasdan, Xizr bilan Ilyosning talabiga ko‘ra bulutning ixtiyorini ularning qo‘liga berdi. Sakkiz yil yomg‘ir yog‘madi, ocharchilik bo‘libdi. Faqat Xizr bilan Ilyosga jannatga taom kelib turibdi. Ya’juj - ma’jujlar qahatchilik va qurg‘oqchilik azobidan qattiq qiynalibdilar. Oxiri ularning podshosi Xizr bilan Ilyosning huzuriga kelib iymon keltiribdi va musulmon bo‘libdi».1 Xizr obrazining islomdan burungi mifologiyaga bog‘lanishini boshqa olimlar ham e’tirof etishgan. Masalan, M.Jo’rayevning fikricha, Xizr - «Avesto»da nomi keltirilgan «etti barhayot azizlar» - «axura»lardan biri. Uning yozishicha, «O‘rta Osiyo mifologiyasida ajdodlar ruhi va tabiat stixiyasining homiylari haqidagi xalq qarashlari asosida 7 oliy ruh yoki tangri obrazi paydo bo‘lgan. Bu mifik yettilik «Avesto»da ezgulik kuchlari sifatida talqin etilgan. Axura Mazda va uning 6 hamrohi birlashib 7 barhayot azizlar – axuralarni tashkil etadi... «Barhayot azizlar» homiyligi xalqimizning mifologik tasavvurlarida Xizr nomi ostida asrlar osha saqlanib qolgan».2 Barcha manbalarda Xizrning asosiy belgilaridan biri sifatida yashil rang timsoli qayd qilinadi. I.Haqqulov fikricha ham «arablarda yashil rang - ilohiy rang hisoblangan. Shuning uchun Xizr badiiy ijodda to‘ni va sallasi yashil (oq ot mingan, qo‘lida uzun nayza) mo‘ysafid qiyofasida tasvirlangan».3 Xizr nomi turli manbalarda payg‘ambarlar sirasida sanab kelinsa-da, uning payg‘ambar ekanligi bahsli hisoblanadi. Bu haqda Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asarida shunday deyiladi: «Xizr ma’nisi yashil bo‘lur. Qayu tosh uza Xizr alayhissalom o‘ltursa, ul yer ko‘karur erdi. Ba’zilar aydilar, Xizr yalavoch erdi. Ba’zilar aydilar, yalavoch ermas, solih, muslih erdi. Tag‘i sayramlig‘. Bani Isroilda ulg‘ardi. Mangu suyin ichib tirik qoldi, ammo Ilyos Mursal yalavoch turur».1 “Jolut alayhil – la’na qissasida: Bani Isroil aytdilar: “Duo qilg‘il, Mavlo taolo bizga bir malik bersun”. Duo qildi ersa mustajob bo‘ldi. Mavlo taolo ujmohdin bir qamish yubordi va yorlig‘ bo‘ldi: Bu qamish kimning bo‘yiga teng kelsa, ul kim bo‘lsa sizga malik bo‘lsin. Ishmuil yalovoch ul qamishg‘a o‘lchab tekma bir kishini qo‘liga bir yig‘och berdi. Kim bu yig‘och barobar bo‘ylig‘ kishi topsangiz olib keling . Bu Tolut bir sigirchi edi.”2 Xalq bunga boshida rozi bo‘lishmaydi. Biz o‘zimizning sigirchimizni qanday qilib hukmdor qilamiz deyishadi, lekin buni Olloh taolo irodasi bo‘lganligi va uning boyi to‘g‘ri kelganligi uchun ular rozi bo‘lishadi. Bunday hollarni biz xalq dostonlarida ham uchratishimiz mumkin. Masalan: “Kuntug‘mish ” dostonida “Shaharning podshosi Buvraxon o‘ldi. U vaqtida podsholarga rasm shu edi: davlatqush degan qushini uchirar edi, kimning boshiga qo‘nsa, podsho qilar edi. Shu davlatqushni uchirganiga uch kun bo‘lib edi. Zangar shahrining jamiy katta-kichik odami dalada edi. Qush goh daraxtga, goh devorga qo‘nib yurib edi. Banogoh shu vaqtda Kuntug‘mish to‘raning ham guzari shu yerga tushib qolgan ekan. Kuntug‘mish to‘ra katta bir chilimni beliga boylab olibdi, o‘zini hech odamga o‘xshatmay, yomon jandalarni kiyib, o‘zini shaylab olibdi. Hech kim bilan ishi yo‘q, odam bilan hushi yo‘q, o‘zidan boshqa kishi yo‘q; chekadi bang, aytadi vadavang. Bir qurib qolgan daraxtning ostiga borib, ko‘mir qilmoqchi bo‘lib, olov yoqib, nashaning taraddudida edi, davlatqushi borib to‘raning boshiga qo‘ndi. Shahri Zangarning odamlari qushni quvalab borsa, qush bir devonaning boshiga qo‘nib turibdi. Arkoni davlat otdan tushib, izzat-ikromlar bilan salom berib: - Taqsir podshoyim, yurtingiz qutli bo‘lsin, - desalar, to‘ra teskariga qarab, dim indamaydi. Oxirda odamlar qushni olib ketdilar. Podshoning arkidan boz uchirdilar. Bo yana kelib (Kuntug‘mishga) qo‘ndi. Bu mavrud ham «Yurtingiz qutli bo‘lsin», - desalar, dim indamaydi. Tag‘i qushni olib ketdilar. Olib borib qushni yana arkdan uchirdilar. Boz kelib, uchinchi martaba ham bangining boshiga qo‘ndi. Bu mavrud shahri Zangarning ulamolari, fuzalolari, katta ulug‘lari kelib, muborakbod qilib: - Taqsir podshoyim, yurtingiz qutli bo‘lsin,- desa, teskariga qarab, javob bermadi. Shunda kattalar turib aytdi: -E yoronlar, uch debdi, uchdan keyin puch debdi. Endi shu odamni olib borib, podsho qilmoq darkor. Har vaqt bir odam podsho bo‘ladi-da ( Qo‘lyozmada bo‘lata). Shu ishga qaraganda, shu odam nazokatli odam, yo bo‘lmasa, qushni arvoh urgan. Agar bangi bo‘lsa, jinni bo‘lsa, bir kun podsholik taxtini tashlab ketib qolar. Biroving podsho bo‘lasan-da va agar bajarsa, shunday bir odam podsho bo‘ladi-da, - deb qo‘lidan chilimini tortib olib, otib yubordilar. Bir oq kigizning ustiga chiqarib, chir tevaragidan ko‘tarib, jarchilar: -Zamon kimning zamoni, Qalandarxonning zamoni, — deb ko‘cha-ko‘chalarga jar solib qichqira berdilar. To‘rani ko‘tarib, taxti shohiga keltirib, tilla taxt ustiga o‘tqizdilar.”1 Yunus yalovoch alayhis – salom qissasida ham qamish bilan bog‘liq ba’zi mulohazalar berilgan unda ham payg‘ambar tanlashga xos tanlovni aynan qamish bilan bog’liqligini ko‘rishimiz mumkin chunki qamish boshqa o‘simliklarga qaraganda uzun va hech qayerga qiyshaymasdan to‘g‘ri o‘sganligi sabablidir. Bayt ul – Muqaddasda bir yalovoch bor erdi Maxaharqiyo otlig‘. Bir kuni Jabroil kelib aytdi: “Olloh taolo senga salom aytdi va aytdiki, bu yigirma ming zohid, obidlardan manga yaraydigan birisini tanlagil” Maxaharqiyo aytdi : “Xudoyo senga yaraydiganini qayerdan bilaman?” Jabroil bir qamish keltirdi, aytdi: “Olloh taolo aytdi bu qamishni mening qullarimga tenglagil kimning bo‘yiga teng kelsa payg‘ambarlikni berdim anga aytgil borsin ” Shunda Maxaharqiyo u qmishni zohidlarni, obidlarni bo‘yiga tenglashtirdi hech kimning bo‘yiga to‘g‘ri kelmadi va u yerda Mano otlig‘bir zohid bor erdi. U har kuni to‘rt yuz rakat namoz qo‘qir erdi. Uning Xudxud ismli xotini va Yunus ismli o‘g‘li bor erdi. Yunus tug‘ulgandan so‘ng onasiga sut yo‘q edi shu sababli ular toqqa qo‘ychilarning yoniga ketishgan edi. Jabroil kelib aytdi: “Maxaharqiyo Izi azza va jalla sanga salom aytdi va yorlaqadi. Sen Hiro tog‘iga borgil u yerda bizning bir qulimiz bor. Ul qamishni aning bo‘yiga o‘lchagil” Maxaharqiyo kelib qamishni aning bo‘yiga o‘lchasa, teng keldi. “Ey Yunus, Olloh taolo senga yalovochlig‘ berdi”. 1 “Ma’lumki, Yunus (a.s.) qissalari Qur’oni karimda to‘rt suraning to‘rt oyatida zikr etilgan. Yunus (a.s.) ni baliq yutgandan keyin, uning qornida qancha muddat turganlari haqida Said ibn Abil – Hasan va Abu Molik: “Yunus (a.s.) nahang qornida qirq kun turganlar” deydilar. Hazrat So‘fi Olloyor ham o‘z manzumasida : “Baliq qornida ul sohib karomat Chilla o‘ltirdi – yu chiqdi salomat” – deb, Yunus (a.s.) ning naxang qornida turgan mudatlarini qirq kun ekanligini yozadi. Bu muddatning uzoqroq ekanligini Ollohning oyati karimasi ham dalolat qiladi: “Bas, biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik. Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) ” qovoq daraxtini undirib qo‘ydik (Vas – soffot 143 – 146.)”2 Yunus alayhissalom qissasida qovoq yig‘ochi (Qadimgi turkiy tilda “yig‘och” so‘zi yog‘och ma’nosidan tashqari asosan “daraxt” tushunchasini ifodalagan.) haqida gap boradi. Hozirgi kunda esa qovoq daraxt emas, balki poliz ekini bo‘lgan o‘simlikdir. Yunus alayhissalom nahang baliq Zolijo qornida zindonband qilingandan keyin u yerda u kishi qirq kun namoz o‘qib toat ibodat qildi. Undan keyin Jabroilga yorlig‘keldi. Zolujoga ayt Yunusni chiqarsin. Zolujo eltib dengiz qirg‘og‘iga qo‘ydi. Qanoti yulingan qushdek zaif bo‘lib qolgan edi. Olloh taolo Yunusga qovoq o‘simligini undirdi soya qilsin deb. Shu o‘rinda savol paydo bo‘ladi nimaga aynan qovoq o‘simligining soyasi boshqa o‘simlik tanlasa bo‘lmasmidi qovoqni tanlashda hikmat ne erdi? Javob: Qovoq o‘simligiga singak (pashsha)oz qo‘nar. Yunusning esa ahvoli og‘ir, zaif bo‘lib qolgan edi. Singak (pashsha) zahmat yetkazmasin deb qovoq o‘simligini undirdi.1 Alloh taolo o‘zining payg‘ambari Yunus (a.s.) ni naxang qornida uzoq muddat qolib, bandalari hilvirab, ochiq va issiq havoga chidamliligini yo‘qotgani uchun, to shifo topguncha ustiga soya tashlab tursin deb qovoq daraxtini undirib qo‘yganini bayon etadi. “Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Yunus (a.s.) hech bir daraxt yoki maysa o‘smagan quruq sohilga chiqarib tashladilar. Olloh taolo Yunusning ustiga qovoq daraxtini o‘stirdi”. Abu Xurayra: “bu qanday daraxt ?” - deb so‘raganlarida: “Olloh uni sutlik va mag‘izlik qilib yaratgan” – deb javob berdilar. ” Bazi, olimlar aytadilar: “Olloh taolo qovoqni hikmat bilan yaratgan. Uning bargi o‘ta muloyim, soyasi qalin. Unga chivin yaqinlashmaydi, mevasini, po‘sti va urug‘i bilan pishirib ham, homicha ham yeyish mumkin. Uning inson salomatligiga salomatligiga foydasi katta. Bu daraxt mevasi mevasi insonlarga berilgan Ollohning ulug‘ ne’matlaridandir”2 “Kunlardan bir kuni ikki kishi Dovudga keldilar. Biri aytdi: “bu kishining qo‘ylari kecha mening oshliqlarimni (don) yeb turur” Dovud aytdi: “Sen borg‘il aning qo‘ylarini olg‘il”. Ul ikki kishi biri shod, biri g‘amgin bo‘lib chiqdilar. Sulaymon ularni ko‘rib so‘radi ular Dovudning hukmini aytdilar. Sulaymon aytdi: “Borib otamga ayting, bu hukm yarog‘siz turur”. Kelib aytdilar va Sulaymonda Dovud so‘radi ne deyursan .Sulaymon aytdi: “Oshliqni qo‘y egasiga bering g‘amxo‘rlik qilsa oshliq yetilgay. Qo‘yni oshliq egasiga bering. Oshliq yetilguncha sutini ichsin. Oshlliq yetilgandan keyin oshliq egasi oshliqni olg‘ay, qo‘y egasi qo‘yni olg‘ay”. Dovudga bu xush keldi ular ham xursand bo‘ldilar”1 Luqmon Dovud payg‘ambar davrida yashagan. Olloh taolo unga ikki farishta yuborib aytdiki: “Ey Luqmon, istasang senga yalovochlik berayin xoxlasang hikmat berayin” Luqmon aytdi: “Menga hikmat bergil” Hikoyatga kelmish bir kuni xojasi Luqmonga bug‘doy ekishni buyurdi. Luqmon borib arpa ekdi. Xojasi aytdi: “Bug‘doy ek dedim, ne uchun arpa ekding? ” Luqmon aytdi: “Arpa eksa bug‘doy unmasmu?” Xojasi aytdi: “Unmas”. Luqmon aytdi: “Andog‘ bo‘lsa sen ham yomonlik ekib yaxshilik umid etmagil” Malik Yahyo va Zakariyoni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Aytdilar: “Yahyoning qoni yerga tomsa qiyomatgacha o‘t unmas”. Malik buyurdi, yahyoni tasht ichida bo‘g‘izladilar. Qoni tinmadi. Tasht to‘ldi. Zakariyo qochdi Qochib borishda bir daraxtga duch keldi. Zakariyo u daraxtga yashirinishni so‘radi. Mavlo yorliqi bilan daraxt ikkiga bo‘lindi. Zakariyo kirdi Iblis buni ko‘rdi va uni quvib keluvchilarga aytdi. Aytdilar: “daraxtning tubini kessak boshidan chiqar, boshini kessak tubidan chiqar”, deb arra keltirib yig‘ochning o‘rtasidan ikkiga bo‘ldilar . Arra Zakariyoning boshiga kelganda faryod qilmoqchi bo‘ldi. Shunda Jabroil kelib aytdi: “Ey Zakariyo Mavlo yorlaqaydi sabr qilgil. Agar faryod qilsang yetti qat yer buzular yer yerga to‘qnashur, pora – pora bo‘ladi.” Zakariyo sabr qildi chunki xabarda andog‘ kelur qachon yalovochlarni o‘ldirsalar fitna bo‘lur. Yetmish ming odam o‘lmaguncha fitna tinmas edi. Qissasi As’hob ul – filda bayon qilinishicha, fil – ma’lum hayvondir. Bunda payg‘ambarimiz tavvalud topgan yili ro‘y bergan tarixiy va ibratli voqea tasvirlangan. Yaman hokimi Abraxa o‘zi kofir mushrik bo‘lgani yetmagandek. Makkadagi Kabani ziyorat qilinishiga hasad qilib, Yamanda bir ziyoratgoh qurdirgan va odamlarni ziyorat qilishga majburlagan. Bir guruh ziyoratchilar kelib uni ichiga turli xil axlatlar tashlab, iflos qilib ketishadi. Buni ko‘rga Abraxa darg‘azab bo‘lib o‘z qo‘shini oldiga fili dammon yani imoratlarni buzishda foydalaniladigan filni solib yo‘lga tushadi. Makka ahli buni eshitib qochadi faqat Abdul Mutallib va ko‘zi ojiz bir odam qoladi. Shunda qarasalar ular ustiga sonsiz qushlar k o‘rindi ularning tumshug‘ida tosh bor edi. Bu toshlar baqla (baqlajon) andozasicha Abdul Mutallib aytdi: “Bunday qushlarni ko‘rmaganman”. U ko‘zsiz aytdi: “Bu qushlar Makkaga nusrat bergali kelishdi”. Rivoyat qilurlar, Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumo ulr toshlarni ko‘rdim ulug‘i baqla (baqlajon) andozasincha, o‘rtanchasi naxud (naxo‘d) andozasincha, kichigi yasmuq (tariq) andozasicha edi.1 Shu tariqa ularning hammasi yer bilan yakson bo‘ldi. Bu yilning nomi “Omul – fil ” – Fil yili deb nomlangan. Muhammad (a.s.) shu yili tavallud topganlar. Bu haqida hatto Qur’oni Karimda ham bayon etilgan bo‘lib unda alohida shu mavzuga oid “Fil” surasi mavjud unda: “Ularning ustiga to‘da – to‘da qushlarni yubordi. Ular sopol toshlar bilan ularni otar edi. Shunday qilib ularni yeb chaynab tashlangan somondek qilib tashladi.”2 Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, tabiatni atrof – muhitni tasvirlash va ularni talqin qilish o‘zbek adabiyotida qadimdan bir an’ana bo‘lib kelgan. Uning manbalarda xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, shuningdek, tabiat va jamiyat masalalariga bag‘ishlangan qomusiy asarlar hisoblanadi. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida muallifning atrof – muhit, flora va faunaga o‘zgacha bir mehr bilan yondashganligini isbot etadi. Asrlar davomida insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan, buyuk Olloh irodasining ifodasi bo‘lmish din ham Muhammad alayhissalomga berilgan Islom shariatida o‘zining mukammal shakli va mohiyatiga ega bo'ldi. Ming yillar davomida yuz bergan jarayonlar, inqirozlar, rivojlanishlar ana shu zot (Muhammad a.s.)ning dunyoga kelishi, Islom mafkurasining qaror topishi uchun tayyorlangan zamin edi. Asardagi qissalarni birlashtirib turadigan bosh g'oya ham, ulardan kelib chiqadigan xulosa ham mana shundan iborat. Aytish mumkinki, "Qisasi Rabg‘uziy" buyuk ibrat va insonga taskin, umid bag‘ishlovchi mo'tabar manbadir. Asarda payg‘ambarlar hayoti, tarixda bo'lgan voqealar shunchaki bayon qilinmaydi. Har gal ular zamiriga yashiringan azaliy haqiqatlar sharhlab boriladi. Uni o‘qir ekansiz, bu dunyoda hech narsa tasodifiy va g‘alat, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin bo’lasiz. Barcha voqeliklarda Parvardigorning hikmati, adolati, eng asosiysi, ibratga to‘la irodasi ko‘rinadi. Tabiatga munosabat har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanib borayotgan bugungi kunda ham dolzarb masala bo‘lib kelmoqda va badiiy adabiyotning tabiat olamini tasvirlashga ham ehtiyoji tobora oshib bormoqda. Bu esa insonlar ongida tabiat va hayvonoot olamiga mehr uyg‘otib, yosh avlodni tabiat va hayvonot dunyosiga befarq qaramasdan ularga mehr – muhabbat va dahldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qiladi. Xulosa O‘zbek adabiyoti o‘zining ilk namunalaridayoq o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, insoniy qadr tuyg‘ularini va inson bilan tabiatning o‘zaro bog‘liqlikda ekanligini ifodalashga intilgan, butun mohiyati bilan nafaqat bir xalq ma’rifati, balki jahoniy tafakkur sezimlarini ham qamrab olgan. Shunday nodir adabiy yodgorliklaridan biri Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari bo‘lib, ushbu asar adibning yagona ijod namunasi va turkiy – o‘zbek mumtoz nasri uchun ham, ilk badiiy tajriba hisoblanadi. Asarda keltirilgan qissa, hikoyat, hikmat, rivoyat, latifa, savol – javob, she’r, g‘azal kabi o‘ttizdan ortiq adabiy janrlar adabiyot nazariyasi uchun boy manba bo‘lib xizmat qiladi. E’tiborli jihati shundaki, bu adabiy janrlarning bir qismi turkiy – o‘zbek adabiyoti uchun shu tilda yaratilgan birinchi janrlar hisoblanadi. Yodgorlikning insonlarni o‘zaro to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga, bir-birlariga nisbatan jabr-zulm qilmaslikka, nohaq qon to‘kmaslikka, harom-harish ishlarga berilmaslikka, sharm-hayoni yo‘qotmaslikka undovchi o‘gitlari bugungi kunda ham o‘z mohiyatini yo‘qotgani yo‘q. Tarixiy muhit, diniy tafovutlar xalqlar va millatlar orasida nizo solgan, bema’ni urush va ixtiloflarni vujudga keltirgan bir sharoitda turli el va yurtlarni inoq va hamjihat bo‘lib yashashga va ijod qilishga chorlaydi. Shunday qilib, Rabg‘uziyning payg‘ambarlar haqidagi qissalari ham badiiylik, ham til nuqtai nazaridan katta etiborga loyiq yozma yodgorlikdir. “Qisasi Rabg‘uziy” badiiyat va ma’rifat bobida sarhad bilmas asardir. Uning badiiy jozibadorligini taminlovchi omillar ham bisyor. Shulardan biri undagi hayvonot va o‘simliklar bilan bog‘liq mushohadalardir. Umuman olganda, tabiat tasviri hamma davrlarda va xalqlar badiiy adabiyoti uchun ilhombaxsh mavzu sanaladi hamda qadimgi muqaddas kitoblar, xalq og‘zaki ijodi, yozma qomusiy asarlar ushbu mavzuga man’ba bo‘lib xizmat qiladi. Asarda payg‘ambarlar hayoti, tarixda bo‘lgan voqealar shunchaki bayon qilinmaydi. Har gal ular zamiriga yashiringan azaliy haqiqatlar sharhlab boriladi. Uni o‘qir ekansiz, bu dunyoda hech narsa tasodifiy va g‘alat, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin bo‘lasiz. Barcha voqeliklarda Parvardigorning hikmati, adolati, eng asosiysi, ibratga to‘la irodasi ko‘rinadi. Xulosa qilib aytganda, asarda juda ko‘plab o‘rinlarda turli qushlar va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq qarashlarni aytib o‘tilgan. Umuman, asarda jonivorlar tasvirini ikki holatda uchratishimiz mumkin. Birinchi holatda turli jonivorlar badiiy qissalarda yoki boshqa janrlarda muayyan o‘rinlarda shu matn mazmunidan kelib chiqib talqin etilgan bo‘lsa, ikkinchidan, ular ayrim hollarda alohida tip va xarakter holida uchraydi. Shu nuqtai nazardan “Qisasi Rabg‘uziy” da jonivorlar u yoki bu ma’noda deyarli barcha lavhalarda ko‘zga tashlanadi. Har bir qissa yoki boshqa epik – lirik shakllar turli jonzotlar timsollari ifodasi bilan o‘ziga xoslikni kasb etib boradi. Deyarli har bir qissada o‘nga yaqin jonzotlar haqida ma’lumot berib o‘tilgan. Shulardan: Odam safiy alayhissalom qissasida: qurt – qumrsqalar, it, ko‘k qarg‘a, chumoli, qaldirg‘och, sassiqpopishak, suv baqasi, asalari, qo‘y, qirg‘ovul, burgut; Qobil va Hobil qissasida : qarg‘a, Idris alayhissalom: qo‘y, Nuh alayhissalom: o‘rdak, chorva mollari, qushlar, eshak, mushuk, sichqon to‘ng‘iz, arslon, ari, ilon, qaldirg‘och, baqa, qarg‘a, tovuq, xo‘roz, Ibrohim alayhissalom qissasida: tuya, xachir, ari, qaldirg‘och, chivin, tovus, tovuq, qarg‘a, o‘rdak, chumchuq; Solih alayhissalom qissasida: qarg‘aning turlari, tuya, qo‘y, Hud alayhissalom qissasida: karkas qushi, Ismoil alayhissalom qissasida: tuya, Yusuf alayhissalom qissasida: baliq, bo‘ri, it, tuya, eshak, duldul, sigir, ilon, Sulaymon alayhissalom qissasida: boyqush, chumoli, qo‘y, arslon, bo‘ri, qoplon, qushlar, baliq, kiyik, ot, karkas qushi, xo‘roz, tovuq, pashsha, chigirtka, ilon, xudxud, qurt, Muso alayhissalom qissasida: ilon, chigirtka, bit, qurbaqa, sigir, baliq, qush, Dovud alayhissalom qissasida: sigir, qo‘y, bo‘ri, arslon, it, Yunus alayhissalom qissasida: oxu,naxang baliq, qo ‘y, ot, bo‘ri, Ilyos alayhissalom qissasida:arslon, yilqi – qo‘ylar, Uzayr alayhissalom qissasida: eshak, Iso alayhissalom qissasida: yarasig‘(ko‘rshapalak), tulki, As’hobi kahf qissasida: it, mushuk, ot, As’hobi fil qissasida: fil, qushlar, Muhammad (a.s.) qissasida: tuya, qushlar, qo‘y, ot, ilon, chayon, buroq, o‘rgimchak haqida mulohazalar bayon etilgan. Bundan ko‘rinadiki, jonzotlar doim insoniyat bilan birgalikda tasvirlangan. Shu bilan bir qatorda hayvonot olami tasviri asarda badiiy obraz darajasiga ko‘tarilgan. Albatta, bu obrazlarga o‘ziga xos tarzda badiiy ramz, jonlantirish, sifatlash va metafora ifodalari yuklangan. Shuning o‘zi ham asar badiiyati , jozibadorligini taminlashga xizmat qiladi. Asarda keltirilgan daraxtlar va o‘simliklar orqali bilamizki, muallifning ma’lum bir maqsadi yotganligi va undan biz shu daraxtlar va o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlar haqida bilimlarga ega bo‘lamiz. Bundan tashqari har qaysi daraxtning o‘ziga xos xusiyatlari va ularning payg‘ambarlar hayotida tutgan o‘rni asarga aynan shularning nima sababdan kiritilganiga javoblar topamiz. “Qisasi Rabg‘uziy” asarida tabiat tasviri muallifning atrof – muhit, flora va faunaga o‘zgacha bir mehr bilan yondoshganligini isbot etadi.Tabiatga munosabat har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanib borayotgan bugungi kunda badiiy adabiyotning tabiat olamini tasvirlashga ham ehtiyoji tobora oshib bormoqda. Bu esa insonlar ongida tabiat va hayvonot olamiga mehr uyg‘otib, yosh avlodni o‘simliklar va hayvonot dunyosiga befarq qaramasdan ularga mehr – muhabbat va dahldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qiladi. Download 101 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling