Qisasi Rabg‘uziy


Bitiruv ishining ob’yekti


Download 101 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi101 Kb.
#1585377
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Qisasi Rabg‘uziy” da turli hayvon , qush va jonivorlar haqidagi qarashlar

Bitiruv ishining ob’yekti. Ushbu bitiruv ishini yozishda Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”asari ( Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. 1 – tom. T: “Yozuvchi”, 1990. Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. 2 – tom. T: “Yozuvchi”, 1991. Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. Xrestomatiya. T: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi , 2016.) suyanildi.
Bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarini o‘qib, unda qayd etilgan hayvonlar va o‘simliklar nomlarini aniqlash, badiiy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
Shu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni yoritishga e’tibor qaratildi:
– “Qisasi Rabg‘uziy” asarini to‘liq o‘qish;
– asardagi hayvonlarni va o‘simliklarni aniqlash;
– asarda aynan shu jonzotlar va o‘simliklarni kiritilish sabablarini aniqlash;
– turli o‘simlik va gullarga bo‘lgan munosabatni o‘rganish;
– ijodkorning asarda turli jonzot va o‘simliklarni talqin qilishdagi mahoratini aniqlash va hokazo.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy masala va farazlari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy masalalaridan biri asarda keltirilgan hayvonot va o‘simliklar bilan bog‘liq qarashlarni mushohada qilish va o‘rganishdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi va ilmiy metodi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning milliy istiqlol mafkurasi, adabiy – ma’daniy meros hamda ma’naviy qadryatlarga oid asarlari ishning metodologik asosini tashkil etadi.Shunungdek, bitiruv ishining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hozirgi adabiyotshunoslik erishgan ilmiy nazariy yutuqlar va yangicha qarashlarga tayanildi. Bu borada Fitrat, N. Mallayev, T.G‘afurjonova, I.Ostonaqulov kabi qator olimlarning tadqiqotlari muhim o‘rin tutdi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu mbitiruv malakaviy ishida Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida hayvonot va o‘simliklar bilan bog‘liq mushohadalarga e’tibor qaratildi. Har bir qissada qanday hayvonlar va o‘simliklar nima sababdan tilga olinganligi va ularning asardagi o‘rni aniqlanib, tahlil qilindi. Bu narsa talabalarga Rabg‘uziy asarini yanada chuqurroq tushunish, nazariy ma’lumot olishga yordam beradi. Bitiruv malakaviy ishi natijalaridan kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, seminar, referatlar yozishda foydalanish mumkin.

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling