Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashgan "Bunyodkor"
mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishining oqibatlari
Download 325.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolikdan kazusga toliq javoblar new
- Bu sahifa navigatsiya:
- 333-moddasiga
mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishining oqibatlari
2 O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi ( https://lex.uz/uz/docs/-111189#-152941 ) 4 Agar garov to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini o‘z zimmasiga oladi. Agar garovga oluvchi ushbu kodeksning 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, u o‘ziga topshirilgan garov narsasining butunlay yoki qisman yo‘qolganligi yoxud shikastlanganligi uchun javob beradi. Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chog‘ida qancha summaga baholangan bo‘lishidan qat’i nazar, garovga oluvchi garov narsasi yo‘qolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasiga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida javob beradi. Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lmaydigan darajada o‘zgargan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi undan voz kechishga va uning yo‘qolganligi uchun haq talab qilishga haqli. Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzdor bo‘lgan garovga qo‘yuvchi garov narsasining yo‘qolishi yoki shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risidagi talabni garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.” Endi ushbu moddani ko’rib chiqadigan bo’lsak, garovga qo’yuvchi shaxs garovga qo’yilgan mol-mulkni tasodifan nobud bo’lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini o’z zimmasiga oladi. Bu yerda garovga qo’yuvchi “Bunyodkor” agrofirmasi bo’lsa, u garovga qo’yilgan mol-mulkka javobgar hisoblanar ekan. Biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida keltirib o`tilganki, agar garovga oluvchi ushbu Kodeksning 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, u o‘ziga topshirilgan garov narsasining butunlay yoki qisman yo‘qolganligi yoxud shikastlanganligi uchun javob beradi. Endi 333-moddada nima aytib o’tilganini ko’rib chiqamiz. Fuqarolik Kodeksining 333-moddasida keltirib o’tilganki, Qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Aybning yo‘qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling