Qishloq xo’jaligi vazirligi
Ilmiy ishning nazariy ahamiyati
Download 46.76 Kb.
|
farxod (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Ishning amaliy ahamiyati
Ilmiy ishning nazariy ahamiyati: “ Ilmiy ishning nazariy ahamiyati tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati fermer xo’jaliklarida kichik innovatsion ko’chma qurtxonalarni qurishda qurt boquvchilarning uylariga salbiy ta’sir etmasligi va ortiqcha sar xarajatlarni oldini olish uchun maxsus qurtxonani tut ipak qurti oziqa bazasi ya’ni tut plantatsiyalari yonida qurish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: kichik innovatsion ko’chma qurtxonalarni tashkil etish, va tut ipak qurtni aholi honadonlaridan chiqarish ; tut qurtni boqishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish asosida pillalarning hosildorlik, navdorlik va texnologik ko’rsatkichlarini oshirish; kichik ko’chma qurtxonalarning hajmidan kelib chiqib, qurt boqishni intensivlashtirilishi hisobiga pilla yetishtirishni ikki barobarga oshirish; maxsus innovatsion ko’chma qurtxonalarni tut plantatsiyalari yonida tashkil qilish hisobiga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish. Ishning amaliy ahamiyati . Ishning amaliy ahamiyati respublikamiz iqlim sharoiti keskin kontinental bo’lganligi sababli, ipak qurti uchun gegrotermik reijmni saqlash imkoniyatni berucchi qurtxonalarni tashkil qilishdan iborat. II. BOB. ADABIYOTLAR SHARHI Tut ipak qurti poykiloterm xasharotlar toifasiga kiradi, ya’ni uning tana harorati tashqi muhit xarorati bilan bir xil darajada bo‘ladi. Uzoq yillar davomida olim va mutaxassislar tut ipak qurtining o‘sish va rivojlanishi uchun optimal harorat 24-26 0C ekanini isbotlaganlar. Shu meyordan oshishi yoki pasayishi albatta tut ipak qurtining biologik va texnologik xususiyatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. [85; 36-45-b.] qurt boqish davrida havo haroratini o‘zgartirish orqali qurtlik davrini o‘zgartirish mumkinligini ta’kidlaydi. Olib borilgan tajribalar natijasida kichik yoshlarda yuqori o‘zgaruvchan harorat ta’sirida qurtlik davri 5,5-8,0 sutkagacha qisqargan va qurtlar hayotchanligi hamda pilla vaznini oshishi kuzatilgan. Bir sutka ichida 16 soat 27-280C va 8 soat davomida 20-220C harorat berilgan. [33; 11-18-b.] tut duragaylari bargini ozuqaviylik darajasini o‘rgangan. 4 ta tut duragayini ontogenezning davrlari, morfologik va strukturaviy belgilari asosida baholagan. Bunda tut daraxtidagi novdalar soni, uzunligi, bo‘g‘inlar oralig‘i, barg sathi, barg og‘irligi, rangi, 1 gektar maydondan olinadigan barg hosili va x.k. hisobga olingan. Duragay tut va navdor tutning barglarini tut ipak qurti o‘zlashtirishda uning tarkibidagi ozuqa moddalarining tarkibiga bog‘liqligi bo‘yicha o‘tkazilgan. ilmiy tadqiqotlari e’tiborga loyiq [100; 18-21-b.] Ikki o‘rganilgan duragay tut va navning ozuqaviylik xususiyati bo‘yicha duragay yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega ekanligini ma’lum qilganlar. Barglarni kimyoviy tarkibi o‘rganilganda, duragay tut barglarida erkin azot 1,19% va xom protein 7,45% ni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. [21; 53-56-b.] turli haroratda ipak qurti o‘sish va rivojlanishini tadqiq etgan. Olim ishlab chiqarish sharoitida doimiy meyordagi havo haroratini saqlab turish qiyinligini nazarda tutib, yuqori va past harorat o‘rtasidagi farqni 2-4S0 dan oshmasligini qurt boquvchilarga tavsiya bergan. [49; 81-88-b.] pillachilik uchun muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlardan birini, ya’ni ozuqa tut bargi og‘irlik birligidan pilla va ipak chiqishi ko‘rsatkichini tadqiq etgan olimlar hisoblanadilar. Eng avvalo ushbu tadqiqot natijasida 1 quti qurt uchun I-yoshda 6,7 kg; II-yoshda 20,0 kg; III-yoshda 69,30 kg; IV-yoshda 204,0 kg va V-yoshda 900,0 kg barg sarflanishini aniqladi. Shunda bir quti qurtga 1200 kg barg sarflanib, 77,38-97,90 kg pilla va 11,79-14,44 kg xom ipak olish mumkin bo‘ladi. Tut ipak qurti hayotchanligi va pilla hosiliga ta’sir etuvchi omillardan biri bo‘lgan tut novdalarini chekanka qilish samaradorligini [35; 99-114-b.] tadqiq etgan. Takroriy qurt boqish uchun tut daraxtining o‘sish nuqtasini qurt boqishdan 15-20 kun avval chekanka qilish, yuqori va sifatli barg olish imkonini berar ekan. Bu ishni amalga oshirish bilan birga, albatta tut daraxtlarini qondirib sug‘orish, erni unumdorligiga qarab 120-180 kg/ga azot va 60-90 kg/ga fosfor mineral o‘g‘itlari bilan ishlov berish lozim bo‘ladi. [82; 14-15-b.] Ukraina sharoitida tutning Xarkovskaya 3 x Xarkovskaya 1 va Ukrainskaya 107 x Ukrainskaya 1 duragaylarini yaratdilar. Ushbu duragaylar sovuqqa va bakteriozga chidamliligi, bargning yirik va butun shaklga egaligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib turishini ta’kidlaydilar. Tutning duragaylarini yaratishda ota va onalik shakllarni baholash katta ahamiyatga ega. [83; 25-26-b.] tut duragaylarini yaratishda 4 ta onalik navni 15 ta otalik nav bilan chatishtirib, eng maqbul kombinatsiyalarni tanlab olgan. Bunda butun bargli avlod eng mahsuldor duragay kombinatsiyasi bo‘lib chiqgan. Olib borilgan izlanishlar natijasida yozgi takroriy qurt boqish uchun mo‘ljallangan Letniy x Pionerskiy tut duragayini yaratishga erishilgan. [30; 53-54-b.] tutning poliploid navlarini ipak qurti mahsuldorligiga ta’sirini atroflicha o‘rganganlar. 1-69, 2-69, 4-69, 6-69, 25-70, 9-72a, 37-72a, 43-73 va MF-1 seleksion nomerlar institut sinovlaridan o‘tkazilganda, shu nomerlarning ayrimlari takroriy qurt boqishga to‘liq mos kelishi isbotlangan. Poliploid navlarning afzalligi ularning bargini kimyoviy tarkibi oddiy navlarga nisbatan foydali elementlarga boy bo‘lishidadir deb xulosa qilingan. [81; 78-85-b.] o‘z tadqiqotlarida qurt boqishning intensiv texnologiyasini tadqiq etganlar. Ushbu texnologiya quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga olgan: inkubatsiya 1-kunlarda t=240C; 5-8 kunlarda t=240C; 9-kuni t=250C va jonlanish boshlanganda t=250C, namlik 80%. Qurt boqishda kichik yoshdagi qurtlarni markazlashgan qurtxonada sutka davomida to‘xtovsiz boqilgan. V-yoshdagi qurtlarni 2-6-kunlarida biologik faol moddalar bilan tut bargini boyitilgan. Yuqoridagi tartibga qat’iy rioya qilinganda, 1 quti qurtdan olinadigan pilla hosili 8-10 kg oshishi kuzatilgan. Sanoat duragaylaridan olinadigan pillalar hosilini va ipakchanligini oshirishda hamda ularni jahon standartlari talabi darajasiga etkazishda tut ipak qurtining jinsi sun’iy boshqariladigan zot va ipakdor faqat erkak jinsdan iborat duragaylarning ahamiyati katta, chunki erkak jinsli qurtlar o‘ragan pillalar ipakchanligi urg‘ochilarnikiga nisbatan 18-20% yuqori bo‘ladi [72; 14-17-b.]. Ipakchilik ITI ning “Tut ipak qurti naslchiligi” laboratoriyasida yaratilgan 15 ta duragay kombinatsiyalaridan Marvarid x C-8 ngl (Istiqbol) duragayi pillalar ipakchanligi va 1 quti qurtdan olinadigan pilla hosili va qo‘shimcha ipak xom ashyosi olish hisobiga boshqa standart duragaylardan ustunligini namoyon etdi. Ushbu duragay 2017 yildan respublikamizning barcha viloyatlarida rayonlashtirildi. Ipak qurtining pilla mahsuldorligi bilan bir qatorda ularning reproduktiv, ya’ni pushtdorlik xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. [74; 21-24-b] olimlarning olib borgan seleksiya ishlari natijasida Orzu va Yulduz zotlari tarkibida yuqori pushtdorlikka maxsuslashtirilgan tizimlar olingan. Ushbu tizimlar hayotchanlik, mahsuldorlik belgilari bilan bir qatorda o‘ta pushtdorlik belgilari bilan ajralib turadi. Tut ipak qurtini takroriy boqishda uning hayotchanligi va pilla vazniga biologik faol moddalar ta’sirini [37; 24-27-b.] o‘rgangan. Tadqiqotchi olgan natijalarda 10 xil mikroelement, 10 xil vitamin kompleksidan tashkil topgan “Oligovit” preparati naslli avlodning hayotchanligi va pilla mahsuldorligini mos ravishda 2,2-3,7% va 1,3-2,5% oshirishi isbotlangan. [38; 33-37-b.] ning keyingi ishlarida takroriy qurt boqishda qurtlar hayotchanligi va pilla mahsuldorligini oshirish uchun naslli qurtlarga lizin va metionin aminokislotalari bilan boyitilgan tut barglari berib parvarishlandi. Natijada yozgi davrda tut ipak qurtining ota va onalik toza zotlari pilla mahsuldorligini oshirishda va ularning genetik potensialini to‘liq namoyon etishda aminokislotalarning ijobiy ta’siri isbotlandi. [52; 39-b.] lar tut ipak qurtini parvarishlash jarayonida spontan kelib chiqadigan yadro polidrozi kasalligini oldini olishda “Ximiks” preparatidan foydalanish samarali ekanini aniqlaganlar. [ 122; p 155-156] ushbu mualliflarning keyingi yillarda olib borgan qator ilmiy izlanishlari natijasida tut ipak qurtining nozematoz kasalligi bilan kurashishning yangi uslublari tavsiya etildi. Ya’ni urug‘larni inkubatsiya qilishdan avval ularga “Septodez” preparati bilan ishlov berilishi nozematoz kasalligini profilaktikasiga katta ta’sir ko‘rsatgan. [66; 60-64-b.] Ipak qurti ozuqa bazasini ya’ni tut bargini konservatsiya qilishning ba’zi muammolarini hal etishi mumkin deb hisoblaydilar. Mualliflar konservatsiya qilish usulini, uni ba’zi rejimlarini aniqlagan hamda ushbu barglar bilan tut ipak qurtlarini parvarishlab tajribalar o‘tkazganlar. Tut barglarini sublimatsiya va regidratatsiya qilish usuli bilan saqlab, ularni qurtlarga uchinchi yoshda berib borilgan va natijada ozuqani eyilish koeffitsienti 20-25% ga oshishiga erishilgan. Bahorgi qurt boqish mavsumida, xususan inkubatsiya jarayoni davomida sodir bo‘ladigan kutilmagan sovuq havo ta’sirida tut barglarini sovuq urushi kuzatiladi. [26; 27-30-b.], [ 8; 36-b.], [ 9; 39-b.] [ 10; 40-41-b.], [ 24; 37-38-b.] larning ta’kidlashicha, shunday xolatlarda embrional rivojlanishni vaqtincha to‘xtatish mumkin ekan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra inkubatsiyaning 7-kunida embrional rivojlanish to‘xtatilib, 10-15 kun saqlanganda, pillalardan xom ipak chiqishi qiyoslovchiga nisbatan 3,8-5,0% ga pasayishi aniqlangan. Pilla hosilini oshirishda hamda qurtlarning hayotchanligini oshirishning yana bir muhim omillaridan biri ipak qurtini partenoklonlaridan foydalanishdir. [64; 35-38-b.] lar PK x Liniya 48, PK x Liniya 51 nomli partenoklon va oddiy tizimlar ishtirokidagi duragay kombinatsiyalarini yaratdilar. Ushbu duragaylarning afzalliklari sifatida mualliflar quyidagilarni ta’kidlaydilar: - partenoklon avlod olish usuli juda ham murakkab emas, ushbu usulni naslchilik korxonasi sharoitida amalga oshirish mumkin; - partenoklonlarning jinsi aniq urg‘ochi bo‘lib, ularni jinsini aniqlash shart emas; - partenogenez jarayonini amalga oshirish davrida otalanmagan tuxumlarni iliq suvda +46 0C 18' davomida qizdirilishi, pebrina kasalligi qo‘zg‘atuvchisini yo‘q qiladi; - partenoklonlar ishtirokidagi duragay avlodda kuchli geterozis kuzatiladi. Sanoat pillalarining hosildorligi yuqori bo‘lishi bilan ularning navdorligi, turli nuqsonlardan xoliligi sohaning iqtisodiy samarasini belgilaydi. Qanchalik pillalarda nuqsonlar kam bo‘lsa, tabiiyki ishlab chiqariladigan xom ipakning sifati hamda uning narxi ham oshadi. [11; 60-62-b.] keyingi yillarda respublikamizda tayyorlanayotgan pillalar tarkibida navsiz pillalarning ulushi 50% dan ortiqroq ekanini ta’kidlaydi. Tadqiqotchi quyidagi turdagi pilla nuqsonlarini sanab o‘tadi: 1. Dukurma (qo‘sh) pillalar. 2. Qiyshiq pillalar. 3. Turli dog‘li pillalar. 4. Atlasli yoki bo‘sh qobiqli paxtaga o‘xshash pillalar. 5. Yupqa qobiqli pillalar. 6. Tashqi va ichki tomoni dog‘li pillalar. 7. Kar pillalar. 8. Teshik pillalar. 9. O‘tkir qutbli pillalar. 10.Qorapachoq pillalar. Bu kabi nuqsonli pillalar kelib chiqishini muallif qurt boqish maydonini torligi, ozuqani etishmasligi hamda gigrotermik sharoitlarga rioya qilmasik bilan izohlagan. [20; 140-143-b.] tut ipak qurtlarini parvarishlash davrida beriladigan ozuqa miqdori va uning sifatini hamda havo haroratini lichinkalar tana ko‘rsatkichlarini o‘rganganlar. Bargning miqdori, sifati va shu bilan birga havo harorati meyordan past bo‘lishi pilla o‘rash oldidan qurtlarning og‘irligini 295-320 mg, hajmi esa 0,15-0,17 sm3ga kamayishini aniqlaganlar. Tut ipak qurtining xo‘jalik belgilarini oshirishda turli omillar ta’sirini tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarni qisqacha sharhi bo‘yicha shunday xulosaga kelish mumkin. Ushbu yo‘nalishda respublikamiz va MDH davlatlari hamda horij olimlari tomonidan muayyan natijalarga erishilgan. Xo‘jalik belgilarini oshirishda tut daraxtini parvarishlashni agrotexnik qoidalarini ishlab chiqish, tut ipak qurtining sermahsul zot va duragaylarini yaratish hamda shu duragaylarga mos yangidan-yangi tut navlarini yaratilib, ishlab chiqarishda keng foydalanish tavsiya qilingan. Download 46.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling