Qishloq xo‘jaliк mahsulotlariga dastlabki ishlov berish ma’ruzachi: Khasanova Kholida Ibodullayevna Mavzu: Meva va sabzavotlarni dastlabki qayta ishlash korxonalariga qo'yiladigan talablar Reja
Download 14.36 Kb.
|
13-mavzu.qxmdib (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport aloqalari
- Bug taminoti
- Suv taminoti
- Oqava tizimi
Qurilish materiallari
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun yangi korxonalarni qurish asosan mahaliy qurilish materiallaridan foydalanishga yo'nalgan bo'lishi kerak. Bu bo'limda kerak bo'lgan qurilish materiallari va ularni olib kelish manzillari aniqlanadi. Uzoqdan olib kelingan materiallar qurilishga bo'lgan harajatlarni ko'paytiradi. Ob'ekt atrofida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning mavjudligini aniqlash muhimdir. Transport aloqalari Xom ashyoni olib kelish va tayyor mahsulotni jo'natish yo'llari ko'rsatiladi. Korxona atrofidagi magistral yo'llar va transport turlarining qisqacha tavsifi beriladi. Elektr ta'minoti Konserva korxonalariga uzatiladigan elektr energiyasining quwati asosan 6 kV va undan ortiq bo'ladi. Quwati 220/3 80V elektr tokdan foydalanish uchun korxonalarda transformator podstansiyalari quriladi. Bo'limda transformator podstansiyasining quwati, undan korxonaning foydalanish koeffisienti belgilanadi. Texnologik maqsadlarda sarflangan elektr energiyasi miqdori elektr energiyasini sarflash solishtirma me'yoriga ko'ra aniqlanadi. Elektr energiyasini sarflash solishtirma me'yori ishlab chiqariladigan konservalar va qadoqlash uchun ishlatilgan idishlar turiga bog'liq. Bug' ta'minoti Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish sexlarida bug' asosan quyidagi texnologik maqsadlarda ishlatiladi: bug'latish, qovurish, blanshirlash, sterilizasiyalash va boshqa issiqlik jarayonlari. Texnologik qurilmalarning ko'p qismi bosimi 392 kPa gacha bo'lgan to'yingan bug'ni ishlatadi; masalan, blanshirovka qurilmalari, quvurli va plastinkali qizdirgichlar, vakuum-uskunalar, qozonlar, avtoklavlar, sterilizatorlar Suv ta'minoti Qayta ishlash korxonalarida suvning ko'p qismi ishlab chiqarishda, ya'ni qiyom va marinadlarni tayyorlash, xom ashyo va konserva idishlarini yuvish, blanshirlash, qovurish qozonlari, sterilizatorlarni ishlatish uchun sarflanadi. Ichimlik suvi iste'mol uchun, xo'jalik xizmatlari uchun va boshqa maqsadlarda ham ishlatiladi. Qurilishni texnik-iqtisodiy asoslashda korxonani suv bilan ta'minlash yo'llari aniqlanadi. Ishlab turgan suv quvur magistraliga ulanish imkoniyati bo'lganda uning diametri, chuqurligi va suv bosimi ko'rsatiladi. Oqava tizimi Korxonalardagi oqava suvlarini olib chiqib ketish uchun korxonani oqava tizimi bilan ta'minlash lozim. Loyihalanayotgan korxonaga oqava tizimi tozalash iqtisodiy jihatdan katta harajjat talab etganligi uchun korxonadan chiqqan oqava suvlarni xo'jalik yoki shahar markazidagi oqava suvlarni tozalash inshootlariga yuborish maqsadga muvofiqdir. Download 14.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling