Qishloq xo‘jaliк mahsulotlariga dastlabki ishlov berish ma’ruzachi: Khasanova Kholida Ibodullayevna Mavzu: Meva va sabzavotlarni dastlabki qayta ishlash korxonalariga qo'yiladigan talablar Reja


Download 14.36 Kb.
bet4/5
Sana21.11.2023
Hajmi14.36 Kb.
#1790915
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu.qxmdib (2)

Ishchi kuchi mavjudligi
Aholi ko'p yashaydigan joylarda ishchi kuchi masalasi oson echiladi. Lekin ayrim hollarda korxonalarni aholi kam yashaydigan, chekka joylarda qurishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda asosiy omillar korxona qurilishiga mos kelsa-da, ishchi kuchi uncha hisobga olinmaydi. Aholi kam yashaydigan joylarda aholini ko'paytirish, yangi shaharchalar barpo etish mumkin. Mutaxassis kadrlarni esa ishlab turgan korxonalarda va tegishli kurslarda tayyorlash mumkin.
Texnologik sxemani tanlash
Tanlangan texnologik sxema to'liq yoki qisman mexanizasiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo'lishi shart. Tomat xalimi, etli sharbatlar, pyure, povidlo, sabzavot ikralari, ko'k no'xat konservalarini ishlab chiqarish tizimlarini yuqori darajada avtomatlashtirish va mexanizasiyalash mumkin. Kompot, marinad, murabbo, go'shtli konservalar ishlab chiqarishda bunga erishish ancha qiyin.
Keyingi shart - texnologik sxemalar rasional bo'lishi kerak, ya'ni elektr energiyasi, bug', suv, sovuqlik, ishchi kuchini minimal miqdorda talab qilishi kerak.
Masalan, tomat xalimi ishlab chiqarishda ko'p korpusli bug'latgichlar, mahsulotdan ajralgan bug'lardan foydalanish rasional texnologik sxema bo'lib, bug' sarfini kamaytirishga imkon beradi. Texnologik sxemalarda barcha jarayonlar ketma-ket ya'ni, qo'shimcha komponentlar, konserva idishlarining kelishi, chiqindilarning olib ketilishi ham ko'rsatiladi
Xom ashyoni korxonaga olib kelish grafigi
Ushbu grafik texnik-iqtisodiy asoslashdagi materiallar asosida tuziladi. Grafikda har bir xom ashyo turining kelib tushish vaqti, qayta ishlashning boshlanishi va tamom bo'lishi ko'rsatiladi. Birinchi navbatda mavsumdagi asosiy xom ashyo (meva va sabzavotiar), keyin qolgan xom ashyo va yarim fabrikatlar (tomat xalimi, meva sharbatlari, muzlatilgan sabzavotiar va boshqalar) kelib tushish vaqti ko'rsatiladi. Korxonalarni xom ashyo bilan to'liq ta'minlash uchun ular har xil muddatda pishadigan xom ashyoni qayta ishlashga mo’ljallangan bo'lishi kerak

Download 14.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling