Qishloq xo‘jaliк mahsulotlariga dastlabki ishlov berish ma’ruzachi: Khasanova Kholida Ibodullayevna Mavzu: Meva va sabzavotlarni dastlabki qayta ishlash korxonalariga qo'yiladigan talablar Reja


Tizim, sex yoki korxonaning ishlash grafigi


Download 14.36 Kb.
bet5/5
Sana21.11.2023
Hajmi14.36 Kb.
#1790915
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu.qxmdib (2)

Tizim, sex yoki korxonaning ishlash grafigi
Ushbu grafik bo'yicha bir kecha kunduz, bir yil va har oyda smenalar soni har bir konservalar turi uchun aniqlanadi. Korxona bo'yicha ish grafigi xom ashyo kelib tushish grafigi bo'yicha tuziladi.
Grafiklar iloji boricha bir xil bo'lishi kerak.
Mavsumda kelib tushadigan xom ashyoni qayta ishlash uchun uch smenali ish rejalashtiriladi.
Tomat xalimi, tomat pyuresi, tomat va meva sharbatlari, (shuningdek yarim fabrikatlar), meva pyurelari, ko'k no'xat, gazakbop konservalarni ishlab chiqarish uchun 3 smenali (uzluksiz) ish tartibi rejalashtiriladi. Mavsum boshida va oxirida (5-10 kun) xom ashyo kam miqdorda kelib tushganda bu tizimlar 1-2 smenada ishlay boshlaydi.
Uzoq vaqt saqlanadigan xom ashyo (ildiz mevalilar), mehnatni ko'p talab qiladigan konservalar (murrabo, kompot, marinad) 2 smenada ishlab chiqariladi. Xom ashyo yil davomida olib kelinsa, sex 1 yoki 2 smenada ishlaydi (masalan, qish mavsumida tomat xalimi, meva sharbatlarini mayda idishiarga qadoqiash).
Saqlash muddati 36 soat gacha bo'lgan meva va sabzavotlarni qayta ishlash uchun bir oydagi ish kunlar soni 25, smena davomiyligi 7 soat; qolgan xom ashyo va yarim fabrikatlar uchun bu ko'rsatkichlar 20 kun va 8 soatni tashkil etadi.
Uskunalarga qo'yiladigan talablar
Texnologik uskunalarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak.
-uskunalar uzluksiz ishlaydigan;
-konstruksiyasi oddiy;
-oson boshqariladigan;
-каm miqdorda bug', elektr energiyasi, suvni -sarflaydigan bo'lishi shart;
-tanlangan uskunalarni tozlash, ta'mirlash oson; -xom ashyo to'liq qayta ishlanadigan;
-chiqindilar va yo'qotishlar kam;
-ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifatli bo'lishiga e'tibor berish kerak;
. Uskunalarning materiali tez topiladigan, arzon bo'lib, zanglamasligi kerak va mahsulot sifatiga ta'sir qilmaydigan bo'lishi zarur. Masalan, tomat xalimi ishlab chiqariladigan tizimda mis uskunalari po'latga almashtiriladi. Murabbo, jem, povidlo kabi mahsulotlarni tayyorlash uchun esa misdan yasalgan uskunalar qo'llaniladi. Ularda issiqlikni o'tkazish koeffisienti yuqori bo'ladi, shu sababli pishirish jarayoni tez o'tadi, shakarning yuqori konsentrasiyasi esa misning zanglashiga to'sqinlik qiladi
Etiboringiz uchun
raxmat
Download 14.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling