Qishloq xo‘jaliк mahsulotlariga dastlabki ishlov berish ma’ruzachi: Khasanova Kholida Ibodullayevna Mavzu: Meva va sabzavotlarni dastlabki qayta ishlash korxonalariga qo'yiladigan talablar Reja


Konserva korxonalarining tarkibiga asosiy ishlab chiqarish sexlari va yordamchi sexlar kiradi


Download 14.36 Kb.
bet2/5
Sana21.11.2023
Hajmi14.36 Kb.
#1790915
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu.qxmdib (2)

Konserva korxonalarining tarkibiga asosiy ishlab chiqarish sexlari va yordamchi sexlar kiradi.
Ishlab chiqarish sexlarida (sharbat, marinad, tuzlash hokazo) asosiy va mahsulotlar konservalari ishlab chiqariladi.
Tunuka, yog'och, mexanik sexlari, shuningdek bug’xonalar yordamchi sexlar qatoriga kiradi. Bu sexlarda konserva idishlari tayyorlanadi (yashik, tunuka bankalar, bochkalar), bug’ ishlab chiqariladi, uskunalar sozlanadi
Korxona qurish uchun joy tanlash.
1. Er-tuproq tavsifi.
2. Xom ashyo mintaqasi.
3. Qurilish materiallari.
4. Transport aloqalari.
5. Elektr taminoti.
6. Bug' taminoti.
7. Yoqilg'i.
8. Suv taminoti.
9. Oqava tizimi.
10. Ishchi kuchi mavjudligi.
Korxona qurish uchun joy tanlash yer-tuproq tavsifi
Bu bo'limda qurilishning joyi, uning qaysi viloyatga qarashliligi aniqlanadi va chegaralari belgilanadi.
Tanlangan xom ashyo mintaqasidagi yer tuzilishi, bog’dorchilik va sabzavotchilik rivojlanishi holati o'rganiladi. Tanlangan joyining er tuzilishi va iqlim sharoitlari o'rganilib, barcha meva va sabzavotlarni etishtirish imkoniyati, hosildorligi va sifati aniqlanadi. Qayta ishlash tizimlarining ishlash muddati havo xaroratining o'zgarish diapazoniga, past haroratlarning davriga bog'liq.
Bosh reja tuzilganda shamol esish yo'nalishi e'tiborga olinib, tutun, gaz chiqaradigan ob'ektlar shamol esmaydigan tomonda, ishlab chiqarish sexlari va aholi yashaydigan uylardan uzoqrok joylashgan joyda barpo etiladi. Texnik-iqtisodiy asoslashda quyidagi ma'lumotlar beriladi: havo xarorati va bir kecha kunduz davomida uning o'zgarishi, minimal va maksimal haroratlar, xavoning nisbiy namligi, sovuq kelishi va tamom bo'lishi, shamol kuchi va uning yo'nalishi. Ushbu ma'lumotlar oylar va o'rtacha yillik (10 yil va undan ortiq) bo'yicha beriladi.
Xom ashyo mintaqasi
Loyihalanadigan korxonani meva va sabzavotlar bilan kerakli darajada ta'minlash uchun atrofdagi xo'jaliklar unga biriktirilib, xom ashyo mintaqnasini tashkil ettiriladi. Tashish harajatlarini kamaytirish, xom ashyoni korxonaga tez va yo'qotmasdan olib kelish maqsadida, korxonani xom ashyo mintqasiga imkon qadar yaqin joylashtirish kerak. Xom ashyo mintaqasining o'rtacha radiusi korxonani ishlab chiqarish quwatidan kelib chiqib, 25-30 km dan 50 km cha bo'lishi lozim

Download 14.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling