Qiymat va daromad nazariyasi Iqtisodiyot


«Siyosiy iqtisod elementlari»


Download 47.96 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2023
Hajmi47.96 Kb.
#1751614
1   2
Bog'liq
So\'ngi soat nazariyasi va uning mohiyati

«Siyosiy iqtisod elementlari» (1821) asarida qiymatning mehnat nazariyasiga butunlay qarshi chiqdi va qiymatning manbai sifatida faqatgina jonli mehnatni emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud bo'lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bu qisqacha xulosalarga asoslanib kapitalistlar va yollanma ishchilar o'rtasidagi ekspluatasiya inkor qilinib, ularni «teng tovar egalari» sifatida qabul qilishni taklif qildi, bu esa ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o'ziga tegishli foyda ulushini olishining to'g'ri ekanligini isbotlashga asos bo'ldi. London dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak- Kullox (1789-1864) ham klassik maktabning so'nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» (1825) kitobida qiymatning mehnat nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, bug' ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g'oyani ilgari surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning jamg'arilgan mehnat yoki kapital «ishi» tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning «Aholi nufusi» qonunini to'la quvvatladi. Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan bo'lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o'rtasida klassik maktabdan ochiqdan- ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo'ldi. Bu davrda sanoat to'ntarilishi nihoyasiga etdi, sinfiy differensiasiya amalga oshdi.Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste'mol qiymatlari», qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda o'sishi mumkin emas degan qisqacha xulosalar chiqariladi, chunki qiymat nisbiy tushunchadir. Qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi.
Aholining iqtisodiyotdagi roli to'g'risida so'z yuritilib, Angliyada 1821 y. Keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalari ishlab chiqarish sur'atlari aholi o'sishidan yuqori bo'lmagan. Aholi sonini kamaytirish bo'yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tug'ulishni kamaytirish, ayollar emansipasiyasi). Bu masalada Mill Maltus bilan hamohangdir.
Kapital deganda «avvalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar zahira» lari tushuniladi. Kapital jamg'arish investisiya uchun asos hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns ta'limotiga qarang). Renta to'g'risidagi fikrda, renta bu erdan foydalanganlik uchun to'lanadigan kompensasiya deb qaraladi. Shu bilan birga, er uchastkasidan foydalanish shakliga qarab. Bu renta mavjud .bo'ladi yoki foydani yo'q qiluvchi xarajat bo'lishi mumkin. Millning sosial islohoti huquqidan uch pazisiyani o'z ichiga oladi:
1. kooperativ ishlab chiqarish assosiasiyasi yordamida yollanma mehnatni tugatish;
2.yer solig'i yordamida er rentasini ijtimoiylashtirish;
3.merosxo'rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash.
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to'ntarishi katta ijtimoiy- iqtisodiy o'zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta'limotini turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablarni shakillanishiga etarli zamin tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy maktabga muholif bo'lib uch asosiy yo'nalishda: iqtisodiy romantizm, hayoliy sosiolizm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo'nalishida rivojlandi. Bularningasosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan birga ulardan o'zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzilish modelini taklif qildilar.
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun bo'lgan sharoitda sanoat to'ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatini nisbatan bergan iqtisodchilarni paydo bo'lishi tabiiy bir hoi edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazaryotchilar klassik iqtisodiy maktabga ham, hayoliy-sosialistlarga ham bab-barovar teng qarshi turuvchi iqtisodiy ta'limotni ilgari surishga intildilar.
Ular kapitalistik jamiyatning mayda tovar ishlab chiqarishni saqib chiqarish yollanma mehnatni kengaytirish bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy mulkchilikni sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar.

  1. Iqtisodiyot nazariyasi

Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o'zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir.
Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko'p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish, fan, inadaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko'payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqatga aylanmoqda va ularni anglash osondek tuyuladi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta'lim bilan shug'ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste'mol qilishlari, kiyinishlari kerak.
Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyimkechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o'zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari — kiyim-kechak, oziqovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo'lgan pul daromadlarini qayerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi. Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo'nalishlarda, sohalarda faoliyat ko'rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma'naviy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishdan iborat bo'lgan iqtisodiy faoliyatdir. Iste'mol tovarlari va xizmat ko'rsatish sohalari turli-tuman bo'lganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko'pdir. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo'jaligi doirasida ro'y bergan. Shuning uchun qadimgi yunon olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo'jaligi va uni yuritish qonunlari deb tush unt irilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e'tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda shunday oyat bor: «Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar».1 Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma'noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo‘jalik, jamoa xo'jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo'jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo'jaliklararo, davlatlararo birlashmalar. korporatsiyalar, konsernlar, qo'shma korxonalar, davlatlar o'rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Xulosa.
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yoMdagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo'lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo'lgan tomonga yo'naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko'zga ko'ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi. Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek asarlarini o'qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo'lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd ( 1332- 1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul- ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo'lib tovarning ikki xil xususiyatini — iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo'shimcha mehnat hamda zaruriy va qo'shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi.
Foydalanilgan Adabiyot.

  1. Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T., „0‘zbekiston“,1999.

  2. ErgasltevT., Isinatov R. Iqtisodiy savodxonlik asoslari. T. „Sharq“2001.

  3. lOpbeBa T.B. ComiajibHaH pbiHOHHart OKOHOMiiKa

(yMe6miK). M., „PyccKaH aenoBafl aHTeparypa“, 1999.

  1. 0 ‘lmasov A., Sharifxo‘jayev M. Iqtisodiyot nazariyasi.T., „Mehnat“, 1995.

  2. Karimov I. A. 0 ‘zbekiston—bozor munosabatlariga o'tishning o‘ziga xos yo‘li. T., „0‘zbekiston“, 1993.

  3. Amaliy iqtisodiyot (o‘quv qo'llanmasi). Tarjimonlar: I. Fozilov va boshqalar. T., „Sharq“, 1996.

  4. https://uz.wikipedia.org/

  5. https://aim.uz/referaty/

  6. https://t.me/ilm_timego/

Download 47.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling