Qiyosiy adabiyotshunoslik
Download 1.01 Mb.
|
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK
Nizomiy va Navoiyning me’roj borasidagi qarashlari juda uyg‘un, lekin Navoiy bu bobda ham o‘z ijodiy prinsipiga mu- vofiq yangi yo‘ldan yurishga intilgan. Har ikki ijodkor payg‘ambarning Tangri huzuridan qayti- shi tasvirida ham o‘ziga xoslik ko‘rsatgan. Navoiy Muhammad (a.s.)ning bir damlik safardan buyuk himmati bilan umma- ti murodini hosil qilib qaytganiga diqqatni qaratsa, Nizomiy me’roj voqeasidan so‘ng choriyorlarga sano aytadi. Nizo- miyning bu tasvirlari debochanavislik an’anasiga muvofiq, chunki Sharq debochalarida manoqib doimiy tarkibiy qism sanalgan . Alisher Navoiyning badiiy mahorati, kashfiyotlari mohi- yatini to‘g‘ri va to‘la ko‘rsatish uchun u tayangan manbalar bilan atroflicha tanishish, ular orasidagi bog‘lanishlar xususi- yatini tahlil qilish zarur. Bu ma’lum faktning saralanishidan boshlab, shakllanishi, badiiy tasviri va talqiniga qadar bo‘lgan oraliqda ijodkorlarning individualligini aniqroq tasavvur qi- lish imkonini beradi. Xamsanavislik doirasidagi iskandarnomalar Sharqda ya- ratilgan Iskandar qissalarining oltin halqasi. Ular qadimgi davrdan muallif davriga qadar bo‘lgan folklor, diniy-tarixiy, adabiy-falsafiy merosning ensiklopedik umumlashmasi va hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi. Navoiy «Saddi Iskandariy»da ham debochani asar mazmu- niga muvofiqlashtirish prinsipiga amal qiladi. Har ikki dos- tondagi tavhid, munojot, tavsif na’t, me’roj na’t kabi boblar an’anaviy bo‘lgani uchun umumiylikka ega. Qolgan boblar maqsadi, mazmuniga ko‘ra farqlanadi, tafovutlarning yuzaga kelishi davrlar o‘tishi bilan ham izohlanadi. Nizomiy debochasi boblarini bog‘lab turuvchi «ketma-ket- lik», Navoiy debochasida «uzviylik» darajasiga ko‘tarilgan va kirish bob o‘ziga xos kompozitsiyaga aylangan. Navoiyning tafakkur tarzi va tasvir uslubiga xos sistemali yondashuv de- bochadagi boblar tartibi va tasvirida aniq namoyon bo‘ladi. Navoiy tasvir uslubiga muayyan fikrni turlicha poetik ifo- dalarda tasvirlash – poetik variatsiya hodisasi ham xos. Na- voiy tasviridagi poetik variatsiya tabaqalanish xususiyatiga ham ega, ya’ni ularning ba’zilari murakkab bo‘lsa, ba’zilari sodda xarakter kasb etadi, poetik variatsiyaning xilma-xilligi istalgan saviyadagi kitobxonga ijodkor fikrining yetib borishi- ga zamin bo‘lgan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling