Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet42/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Alisher Navoiy:


Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro‘ kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.


Ismoil Xatoyiy:


Dәmbәdəm yol gözlәrәm, ol sevgi yarım gәlmәdi, Qalmışam qış möhnәtindә, novbaharım gәlmәdi.

XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning boshlarida Ozarboyjonda yashagan mashhur shoir, mohir nosir, man-


bashunos olim, xattot va miniatyurachi rassom Sodiqbek Afshor Sodiqiy ham Alisher Navoiy g‘azallaridan ilhomlanib naziralar, shuningdek, «Majolis un-nafois» asari ta’sirida
«Majma’ ul-xavos» tazkirasini yozgan. Sodiqiyning «She’rlar» asaridagi 40 ta ozarboyjoncha g‘azalni Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotidagi 2600 ta o‘zbekcha g‘azal bilan maz- mun, shakl va uslub jihatdan taqqoslaganimizda, Sodiqbek Af- shorning Navoiy g‘azallaridan adabiy ta’sirlangan holda 21 ta nazira yozgani aniqlandi.
Alisher Navoiy asarlarining ozarboyjon shoirlari ijodi- ga ta’siri natijasida ozarboyjon mumtoz adabiyotida bebaho asarlar yuzaga keldi va «oltin davr» boshlandi. Alisher Na- voiyning ozarboyjon adabiyotiga ta’siri va adabiy merosi- ning o‘rganilishi, g‘azallarining Ne’matulloh Qishvariy ijodiga ta’siri hamda Sodiqbek Afshor Sodiqiy ijodida Alisher Navoiy an’analari masalalari o‘zbek va ozarboyjon adabiyotshunosligi uchun muhim tadqiqot maydoni bo‘lib qolaveradi.


Nazorat savollari:

  1. O‘zbekistondagi qiyosiy tadqiqotlar istiqboli haqida qanday tushunchaga egasiz?

  2. O‘zbek adabiyotini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganish qanday samara beradi?

  3. Abdulla Qahhor va Jek London asarlaridagi umumiy va o‘ziga xos tomonlar nimalardan iborat?

  4. Namuna sifatida berilgan qiyosiy tadqiqotlardan birini qiyosiy tahlil mezonlari bo‘yicha o‘rganib chiqing va baho bering.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling