Qiyosiy adabiyotshunoslik


Alisher Navoiy ijodining Ozarboyjon adabiyotiga ta’siri1


Download 1.01 Mb.
bet41/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

Alisher Navoiy ijodining Ozarboyjon adabiyotiga ta’siri1


Jahon adabiyotshunosligida Alisher Navoiy ijodini o‘rga- nish qariyb olti yuz yillik tarixga ega bo‘lib, bu davr mobayni- da Sharq va G‘arb mamlakatlarida navoiyshunoslikka doir ko‘plab durdona asarlar yaratildi hamda ulug‘ shoir va mu- tafakkir ilmiy-ijodiy merosining jahon madaniyati tarixidagi o‘rni yuqori baholandi.
O‘zbek-ozarboyjon adabiy aloqalari, Alisher Navoiy she’riyati, shoir ijodining ozarboyjon mumtoz adabiyoti- ga ta’siri va adabiy merosining Ozarboyjonda o‘rganilishi kabi masalalar B.Valixo‘jayev, A.Hayitmetov, Yo.Is’hoqov, N.Komilov, A.Hojiahmedov, A.Rustamov, M.Muhiddinov, A.Qayumov, S.G‘aniyeva, R.Vohidov, M.Hakimov, I.Haqqulov, A.Abduqodirov, M.Akbarova, N.Bozorova, K.Mullaxo‘jayeva, M.Sharipov kabi olimlarning ilmiy asar hamda maqolalarida o‘z aksini topgan.


1 Султанов Т. Алишер Навоий ва Озарбайжон адабиёти: тарихий илдизлар, анъаналар, ворисийлик (Кишварий ва Содиқий асарлари мисолида). – Тошкент, 2019.
Mushtarak til, madaniyat va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek va ozarboyjon xalqlari orasidagi tarix uzoq o‘tmishga borib taqa- ladigan adabiy aloqalar XV asrda Alisher Navoiy tufayli yuksak cho‘qqiga chiqdi. Nizomiy Ganjaviy, Imodiddin Nasimiy, Ashraf Marog‘iy, Qosim Anvor kabi ozarboyjon shoirlarining asarlari- dan bahramand bo‘lgan Navoiy o‘z davridan boshlab hozirga qadar Kishvariy, Xatoyiy, Fuzuliy, Rahmatiy, Sodiqiy, Amoniy, Zafar, Soib, Qo‘vsiy va boshqa ko‘plab ozar shoirlarining ijo- diga ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek shoiri ijodiyotidagi insonparvarlik, chuqur ma’no, yuksak san’atkorlik mahorati asarlarining ulkan jo‘g‘rofiyada – butun Turkistondan tashqari Ozarboyjon, Eron, Turkiya va hatto Hindistonda ham yoyilishiga sabab bo‘ldi. Na- voiyshunos olim Porso Shamsiyevning ta’kidlashicha, Navoiy qo‘lyozmalarining dunyoga tarqalishida Abduljamil va Sulto- nali Mashhadiy kabi xattotlar muhim o‘rin tutgan.
Ko‘pchilik manbalarga asoslangan holda shuni ayta ola- mizki, Nizomiy merosi O‘zbekistonda Navoiy davriga qadar ham keng yoyilgan, sevib o‘qilgan edi. Alisher Navoiy ozar shoiri Nizomiy Ganjaviyning «Panj ganj» asaridan badiiy ta’sirlangan holda turkiy tilda «Xamsa» asarini yozgan bo‘lsa, Ozarboyjonda Ne’matulloh Kishvariy, Muhammad Fuzuliy, Sodiqbek Afshor Sodiqiy, Ahdiy Bag‘dodiy va boshqa mashhur ijodkorlar Navoiy asarlaridan ilhomlanib nazira, taxmis, taz- kira hamda dostonlar yaratishdi.
Navoiy ijodining ozarboyjon adabiyotiga ta’sirini ko‘rsa- tuvchi eng muhim manbalardan biri chig‘atoy lug‘atlaridir. Bunday lug‘atlarning aksariyati Eron va Ozarboyjonda yozil- gani e’tiborni tortadi. Mualliflar orasida faqat Fazlullohxon va Muhammad Ya’qub Chingiy hindistonlikdir. Mazkur lug‘at- larning Hindistonda yaratilishi Navoiy asarlari ta’sir darajasi- ni yoritishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu asarlardan «Badoye’ ul-lug‘at» chig‘atoy tilining eng eski lug‘atlaridan biridir. Iroq shevasi va ozarboyjon tili xu- susida so‘z yuritilgani lug‘atning originalligini belgilaydi.
Yana bir muhim lug‘at «Sangloh»da ozarboyjon shoiri Mu- hammad Fuzuliy ijodidan namunalar keltirilgan.
XVI asrda Safaviylar hukumat tepasiga kelishdi. Ozarboy- jon adabiyotining oltin davri hisoblanadigan mazkur asrning eng taniqli shoirlari Xatoyiy (Shoh Ismoil) va Fuzuliydir. Xa- toyiy (1486–1524) Fuzuliy va Soibdan oldin Navoiy yo‘lidan borib, o‘z asarlarini ona tilida yozish orqali ozarboyjon adabiy tilining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan. Uning devo- nidan tashqari, «Dahnoma», «Nasihatnoma» nomli doston- lari ham sodda, xalqqa tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi.
Xatoyiy ijodida Navoiy she’rlariga o‘xshash jihatlar ko‘p. U ham Navoiy kabi insonning mavjudligini kuylash, uning samimiy, real va hayotiy muhabbatini ulug‘lash, hayotdan zavqlanish, umrdan unumli foydalanish g‘oyalarini ilgari sur- gan. Jumladan, uning «Gәlmәdi» («Kelmadi») radifli g‘azali vazn, radif va uslub jihatdan Navoiyning mashhur «Kelmadi» radifli g‘azalini eslatadi:

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling