Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet38/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

birxillik, ya’ni to‘liq muvofiqlik ma’nolarida qo‘llagani va bular
1 Виноградов В. Введение в переводоведение (общие и лексические вопросы). – М.:

1 Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. II том. Шеърлар. – Тошкент: Фан, 1975. – Б.300.
2 Айбек. Мой голос. Собрание сочинений. Том пятый. Стихотворения и поэмы. – Тошкент: Литература и искусство, 1987. – С.94.
Издательство института общего и среднего образования РАО, 2001. – С.53.
2 Найда Ю. К. Науке переводить // Вопросы теории перевода в зарубежной лингвистике.
– М., 1983. – С.114.

xos bo‘lgan so‘z o‘yinlari, idiomatik birliklar adekvatlikka mut- laqo bo‘ysunmaydi. Ya.Retsker monografiyasida ta’kidlangani- dek, «adekvatlik kriteriyasida asliyatda mavjud vositalarning tengligi aynan tarjima natijasini bermagan holatda voqelik- ning ma’lum bir qismigagina muvofiq uchrashi bilan asliyat- ning maksimal darajadagi yaqinligini ta’minlashi nazarda tutiladi. Yuqori saviyada mahorat darajasida qilingan tarjima tahlili uning tenglik darajasini ko‘rsatadi1.
Tarjimaga doir fikrlarni hamisha mutlaqlashtirib bo‘lmay- di, chunki har qanday tarjima asarining tahlil natijasi o‘la- roq fikrlar o‘zgarishi sodir bo‘lishi mumkin. Tarjima tanqidi filologiyaning boshqa sohalaridan shu jihati bilan ham farq qiladi. Fikrimiz dalili sifatida N.Tixonovning tarjimonlik faoli- yatida, xususan, Oybekning «Chimyon daftari» turkumiga mansub «Na’matak», «Xayr, Chimyon!» she’rlari tarjimasida uchraydigan adekvat va to‘liq ekvivalentli yondashuvning funksional ko‘rinishlarini misol keltirish mumkin. Realistik tarjima an’analari 50-yillardan boshlangan bo‘lsa-da, ayrim she’rlarning o‘ttizinchi yillardanoq adekvat tarjimalari mav- jud edi. «Birinchi qor», «Xayr, Chimyon!», «Yor ko‘zlarining...»,
«Na’matak» kabi she’rlarni misol keltirish mumkin.
«Na’matak» badiiy latofati ufurib turgan betakror lirik she’r namunalaridan biri sifatida XX asr o‘zbek she’riyatida o‘rniga ega. Ushbu she’rning g‘oyaviy maqsadida go‘zallikning ezgulik yaratishga qodir ekanini anglatuvchi badiiy niyat mujassam. Shoir badiiy niyatini mujassamlantirishga xizmat qiluvchi tasviriy-ifodaviy vositalar, so‘z o‘yinlari uning rus tilidagi tar- jimasida ham nafaqat fikr bilan fikrning, jumla bilan jumla- ning va shakl bilan shaklning, shuningdek, qofiya tartibi, she’r


1 Рецкер Я. Теория перевода и переводческая практика. Очерки лингвистической теории перевода (Наше наследие). – М.: Валент, 2007. – С.16.
ohangdorligida ham Oybekni aynan takrorlaydi. Agar nisbiy ekvivalentlik matn shakli yoki mazmunini «aynan»lashtirish maqsadida ish ko‘radigan bo‘lsa, unda matnga dinamik yoki formal yaqinlashish talab etiladi. Adekvatlikda va to‘liq ek- vivalentlikda har ikkisi ham asliyat bilan «aynan»lashtiriladi. N.Tixonov «Na’matak» she’ri tarjimasida formal, ham dinamik ko‘rinishda ana shu aynanlikni qayta tiklay olgan. Tarjimon ijodida formalizm shakli asliyatning grammatik va uslub xu- susiyatlari qandaydir nusxa olish bilan emas, balki muallif tili va uslub xususiyatlarini o‘zbek tilining tabiati va tabiiy imkoni- yatlari darajasida aks ettira olganlik mahoratidan kelib chiqadi:


Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda, shamolning belanchagida, Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul! Viqor-la o‘shshaygan qoya labida – Nafis chayqaladi bir tup na’matak... 1
Чудно качается куст Наъматака Там, наверху в ветровой колыбели,
Солнцу корзина цветов белоснежных. Гордо над краем утесистой щели Чудно качается куст Наъматака…2

N.Tixonov va Oybek shoir, yozuvchi, tarjimon, adabi- yotshunos bo‘lib faoliyat yurgizishgan. Ular bir-biri bilan ijtimoiy-siyosiy hayotda hozirjavob publitsist, g‘oyaviy qa- rashlari o‘zaro monand ham edi. Bir adabiy, siyosiy muhit-




1 Ойбек. Танланган асарлар. Тўрт томлик. Биринчи том. Шеърлар, поэмалар. – Тошкент: Бадиий адабиёт, 1957. – Б.182.
2 Гафур Гулям. Айбек, Хамид Алимджан. Стихотворения и поэмы. Большая серия. – Л., 1980. – С.285.
da ijod qilgan bo‘lsalar-da, his-tuyg‘ularini she’riy satrlarga ko‘chirishda har ikki ijodkor ham mohir ekanligi ma’lum. Oy- bekning o‘zi ham tarjimon bo‘lgani bois, yaqin do‘sti N.Tix- onovning «Na’matak» she’rini ruschaga o‘girganidan, tarjima tilidan ko‘ngli to‘lgan va ijobiy baholagani haqida xotira yoz- gan.1 Umuman, N.Tixonov tarjimonlik faoliyatida Oybekning
«Xayr Chimyon!», «Ilk qor», «Yor ko‘zlarining ishqini, xumor- ini yod et» kabi lirik she’rlari mukammal tarjimalar sifatida baholanishi mumkin. Ushbu she’r tarjimalari ekvivalentlik va adekvatlik talablariga to‘liq javob beradi. Shu bois, davrlar o‘tsa ham, ushbu she’rlarning yuqoridagi muqobil tarjimalari boshqa mutarjimlar tomonidan o‘girilishga ehtiyoj sezmay- di. Chunonchi, «Yor ko‘zlarining ishqini, xumorini yod et» she’rini tarjima bilan solishtirganimizda she’rning muallifi Oybek tarjimoni N.Tixonov, yoki aksincha, she’rni yozgan N.Tixonov, uni tarjima qilgan Oybekmi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki she’r tarjimasi bilan favqulodda o‘xshash ho- latda talqin etilishi G‘.Salomov ta’kidlaganidek, «mo‘jiza»ga o‘xshaydi:

Yor ko‘zlarining ishqini, xumorini yod et! Милой глаза, что влекут так безудержно, (Ya’ni: Betinim jazb etgan yor ko‘zlarining)


Ko‘k gulshani durlar kabi porlaydi bu oqshom.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling