Qiyosiy adabiyotshunoslik


Download 1.01 Mb.
bet46/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

A.Dima (XXasr)rumin adabiyotshunosi, akademik, qi-
yosiy adabiyotshunoslik xalqaro assotsiatsiyasining a’zosi. Uning mashhur «Qiyosiy adabiyotshunoslik tamoyillari» mo- nografiyasida jahon komparativistikasining tadrijiy taraqqiyoti, rumin qiyosiy adabiyotshunosligi, xalqaro adabiy aloqalarning
turlari va shakllari, komparativistikaning nazariy va ama- liy ahamiyati kabi bir qator masalalar yoritilgan. Olim xalqaro adabiy aloqalarning turlari haqida yozar ekan, genetik jihat- dan yaqin bo‘lmagan, ijtimoiy va tarixiy jihatdan uzoq xalqlar adabiyotida ham tipologik o‘xshashliklar bo‘lishi mumkinligini isbotlaydi1. A.Dima yaratgan nazariya turli xalqlar adabiyotida o‘xshash va farqli tomonlarni tahlil qilish orqali, ular orasida- gi umumiy qonuniyatlarni aniqlash imkonini beradi (Masalan, Mark Tven va G‘afur G‘ulom asarlari komparativistikasi)
A.N.Veselovskiy (1838–1906) – rus adabiyotshunosi, aka-
demik. Tarixiy poetika nazariyasi asoschisi, qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik bo‘yicha yetuk mutaxassis olim sifatida slavyan, Vizantiya, G‘arbiy Yevropa xalqlari adabiyotini ja- hon adabiyoti kontekstida o‘rgangan. «Roman va qissa tarixi»,
«Tarixiy poetika» kabi ilmiy asarlar muallifi.
V.M.Jirmunskiy (1891–1971) rus adabiyotshunosi, kom- parativist olimi, xorij va o‘zbek adabiyoti tadqiqotchisi. Tur- li xalqlar adabiyoti tipologiyasini, jumladan «Odisseya» va
«Alpomish» asarini qiyosan o‘rganish asosida sayyor (ko‘chib yuruvchi) motivlar nazariyasiga asos solgan. «Turkiy epos»,
«Qofiya tarixi va nazariyasi», «Adabiyot nazariyasi», «Qiyosiy adabiyotshunoslik», «Bayron va Pushkin kabi ilmiy asarlar muallifi. Turkiy qahramonlik eposining paydo bo‘lishi, shakl- lanishi va qarindosh bo‘lmagan boshqa xalqlar eposlariga ta’siri borligini ilmiy jihatdan isbotlangan.
N.I.Konrad (1891–1970)rus sharqshunos olimi, faylasu-
fi va tarjimoni. Yapon, xitoy va turkiy xalqlar adabiyotini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganib, fan uchun muhim ilmiy asarlar yozib qoldirgan. Adabiy aloqalar va adabiy ta’sir masalalari qi- yosiy adabiyotshunoslikning obyekti ekanini nazariy jihatdan


1 Дима А. Принципы сравнительного литературоведения. – М.: Прогресс, 1977. – С.121.
asoslab bergan. «G‘arb va Sharq», «Adabiyot va teatr», «Alisher Navoiy va Renessans» kabi ko‘plab ilmiy asarlar muallifi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling