Ye.E.Bertels (1890–1957) – rus eronshunos va navoiy-
shunos olimi. «Firdavsiy», «Navoiy va Attor», «Navoiy va Jo- miy», «Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti», «Nizomiy», «Jomiy» kabi o‘nlab ilmiy asarlar muallifi. Fan tarixida birinchi bo‘lib Yevropa olimlarining «Navoiy forsiy adabiyotning taqlidchisi» degan metodologik xatosini o‘z ilmiy asarlari bilan isbotla- gan. Deyarli barcha asarlari tilshunos va adabiyotshunos olim I.Mirzayev tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
I.G.Neupokoyeva (1917–1977) – rus komparativist oli-
masi, adabiy aloqalar qiyosiy adabiyotshunoslikning predmeti ekanini o‘zining bir qancha ilmiy maqola va monografiyala- rida isbotlab bergan. I.G.Neupokoyeva adabiy aloqalarni ta- rixiy ehtiyoj, tajriba almashish maydoni ekanini e’tirof etib, adabiyot hech qachon boshqa millat adabiyotlaridan ayri hol- da rivojlana olmasligini ta’kidlagan. «Zamonaviy adabiyotlar- ning o‘zaro ta’siri muammolari»(1963), «Tizimli va qiyosiy tahlil asoslari»(1976) kabi fundamental asarlar muallifi.
M.P.Alekseyev (1896–1981) ) – rus va G‘arbiy Yevropa
adabiyotini qiyosan o‘rgangan olim, akademik. O‘zining «Qi- yosiy adabiyotshunoslik» nomli kitobida roman nemis xalqlari adabiyotidagi parallellar nazariyasini yaratgan.
Shuningdek, Emil Zolya va Chernishevskiy, Gogol va To- mas Mur, Monteske va Kantemir kabi adiblarning qarashlarini qiyosan o‘rgangan.
P.M.Topper (1923–2010) – rus adabiyotshunos olimi, tar-
jimon. «Chet el adabiyoti» (Иностранная литература) jurna- li tahririyati a’zolaridan biri. Uning ilmiy izlanishlari asosan urush mavzusini rus va jahon adabiyoti kontekstida o‘rga- nishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik tanqidi bilan ham shug‘ullangan. Tarjima-
ning qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti ekanini ilmiy nazariy jihatdan asoslab, «Tarjima qiyosiy adabiyotshunoslik tizimi- da» mavzusida fundamental asar yaratgan.
Boris Reyzov (1902–1981) – Yevropa adabiyoti bo‘yicha
mutaxassis. XIX asr fransuz tarixiy romanlarini jahon adabiy kontekstida tadqiq qilgan. «Stendal romanist»(1939) mavzusi- da yirik fundamental asari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |