Qizil karam insonni ko‘krak saratonidan himoya qiladi. Estrogenlarning organizmida almashinuvni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Betaninga juda boy. Metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi va immunitetni mustahkamlaydi. Qizil uzum
Download 1.13 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6-rasm. Lavlagi bargi Sholg‘om
- 1.7-rasm. Sholg‘om Bulg‘or qalampiri
- 1.9-rasm. Qovoq
1.5-rasm. Zanjabil
Lavlagi bargi vitamin A, B, C, E va vitamin K ga, temir moddasi, kalsiy, magniy, protein va boshqa minerallarga boy bo‘lib yurak kasalliklari, anemia, oq qon va o‘pka rakiga qarshi kurashib, terini tiniqlashtiradi, ko‘rish xususiyatini yaxshilaydi, suyaklarni mustahkamlaydi. Yaxshilab yuvilgan lavlagi barglaridan salat tayyorlansa, yoki bir qoshiq yog‘ solingan tovada ozroq „o‘ldirib“ olib iste’mol qilinsa ham mazali bo‘ladi. 1.6-rasm. Lavlagi bargi Sholg‘om turli vitaminlarga, temir moddasi, yod, fosfor, rux, marganes va kalsiy kabi minerallarga boy bo‘lgan bu sabzavot organizmdagi qonni tozalashga, jigar va oshqozon faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Yurak urishini normallashtirib, astma va bronxial kasalliklarni davolashda katta rol o‘ynaydi. Qizig‘i shundaki, sholg‘om tanadan chiqadigan turli xil noxush hidlarni ham bartaraf etadi. Jigar yoki buyrak kasalliklarida sholg‘omni xomligicha yeyish, yoki uni juda ko‘p miqdorda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Markaziy nerv sistemasi muammolari bilan qiynaladiganlar uchun ham sholg‘omli ovqatlar tavsiya etilmaydi; yosh bolalarga 2 yoshga to‘lishdan avval yedirilmasligi zarur. 1.7-rasm. Sholg‘om Bulg‘or qalampiri vitamin C ga judayam boy bo‘lgan bu rang-barang sabzavot organizmdagi immunitetni oshirib, teri, milk va ko‘zlar sog‘lomligini ta’minlaydi. Qondagi qand miqdorini balansga soladi; keksalik bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar, astma, yurak va saraton kasalliklariga qarshi kurashadi. B ulg‘or qalampirini doimiy ravishda iste’mol qilib turgan bo‘lsangiz, kelajakda keksalik bilan bog‘liq kasalliklarning ham birmunchasini ko‘rdim demasligingiz aniq! Ayniqsa, homilador ayollarimizga bu sabzavotni tez-tez tanovul qilish kuchli tavsiya etiladi. 1.8-rasm. Bulg‘or qalampiri Oshqovoq yengil diyeta taom bo‘lishiga qaramay, odamni uzoq to‘q tuta oladigan bu sabzavot o‘pka va ko‘krak saratonining oldini oladigan xususiyatga ega. Oshqovoq yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, organizmdagi hujayralar mustahkamligini oshiradi va qon tarkibidagi qand miqdorini normallashtiradi. Bundan tashqari, iste’mol qilingach, oshqovoq tarkibidagi triptofan moddasi tanada serotoninga aylanib, charchoqni chiqaradigan va kayfiyatni ko‘taradigan xususiyatlarga ham ega. Eng qizig‘i, oshqovoqni sevuvchilar hayotda uzoqroq muddat yosh ko‘rinadilar. 1.9-rasm. Qovoq Sabzavotlar inson organizmi uchun zarur oziqa hisoblanadi. Ular tarkibida kerakli barcha mineral moddalar mujassam. Sabzavotlarning xushbo‘y hidi, shakli, rangi taomni yanada lazzatli qiladi hamda ishtahani ochadi. Sabzavotlar tibbiy va tabiiy davolash xususiyatlariga ham ega. Turli salat va taomlarga aksariyat hollarda ko‘katlar qo‘shiladi. Ko‘katlar qo‘shilgan taom va salatlar mineral modda va vitaminlarga boy bo‘ladi. Sabzavotlar yetishtirilishiga qarab piyozli, mevali, ildizmevali, tuganak mevali, bargli, gulli va boshqa guruhlarga bo‘linadi. Piyozli sabzavotlarning piyozboshi va barglari ovqatga ishlatiladi. Sabzavotlarga pomidor, bodring, qovoq, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Kartoshka tuganak mevali, sholg‘om, lavlagi, sabzi, petrushka, rediskalar ildizmevali sanaladi. Barglilarga esa karam, salat bargi, ismaloq, jag‘jag‘ kabilar kiradi. Sabzavotlarni qorong‘i, salqin, mo‘tadil havoda saqlash tavsiya etiladi. Ularga taom yoki salat tayyorlashdan avval birlamchi ishlov beriladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling