Qizil karam insonni ko‘krak saratonidan himoya qiladi. Estrogenlarning organizmida almashinuvni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Betaninga juda boy. Metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi va immunitetni mustahkamlaydi. Qizil uzum


Download 1.13 Mb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1056032
1   2   3   4
Kolrabi karamini saralanadi, po‘sti qo‘lda toza­lanib yuviladi. Somoncha, to‘rtburchakli to‘g‘ri, tilim-tilim shaklida kesilib suyuq ovqatlar, salatlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Bosh piyoz saralanib, ildiz va band tomonidan kesilib qurigan po‘sti tozalanib, sovuq suvda yuvila­di yirik korxonalarda piyoz tozalash uchun so‘rib olish moslamasiga ega bo‘lgan maxsus shkaflar o‘rnatiladi. Ular efir moyini so‘rib oladi. Piyozni qizdirish usuli bilan ham tozalash mumkin. Buning uchun piyoz 1200-1300 darajada qizdirishga moslangan agregatda yuzaki kuydirilib, yuvib tozalovchi mashinalarda tozalangach, qo‘lda ikkinchi bor yuvilib pokizalanadi.
Piyoz ishlatishdan oldin to‘g‘ralishi kerak, chunki avvalroq to‘g‘ralsa efir moylari uchib ketadi va sulib qoladi. Piyoz quyidagi shakllarda to‘g‘raladi. Bosh piyoz ko‘ndalangiga 1-2 mm qalinlikda kesiladi va xalqa-xalqa shaklida ajratiladi. Qizdirilgan yog‘da qovurish va kabob tayyorlashda ishlatiladi.
Yarim halqa (somoncha). Bosh piyoz uzagi bo‘yicha uzunasiga ikkiga bo‘linib yoki to‘rtga bo‘linib ko‘ndalangiga 1-2 mm qalinlikda to‘g‘raladi. Suyuq ovkatlar, sardaklar, vinyegret tayyorlashda ishlatiladi.
Mayda kubik. Piyoz uzuna­siga ikkiga bo‘linib ko‘ndalangiga 1-3 mm qalinlikda kesilib ustma-ust qo‘yilib ko‘ndalangiga mayda ku­bik shaklida to‘g‘raladi. Yormali suyuq ovqatlar, xamirli suyuq ovqatlar, sutkali shchi, qiyma tayyorlashga ishlatiladi.
Yulduzchalar. Aylanma bo‘ylab uzunasiga besh yoki olti qirrali chuqurcha hosil qilib kesilgan sabzi 1 mm: qalinlikda kundalangiga kesib yaxna taomlarni bezash uchun ishlatiladi.
Yong‘oqcha va sharcha. Sabzi maxsus o‘yuvchi moslamali pichoqlar yordamida har xil katta-kichiklikda kesilishi mumkin yoki pichoq yordamida qo‘lda tozalab kesib tayyorlanishi mumkin. Pishirilgan holda sovuq taomlar uchun garnir sifatida ishlatiladi.
Sarimsoqpiyoz ildizi kesilib, po‘sti tozalanib, pallacha donachalariga ajratiladi, po‘stlog‘lari tozalanib yuviladi.
Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling