Qizil karam insonni ko‘krak saratonidan himoya qiladi. Estrogenlarning organizmida almashinuvni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Betaninga juda boy. Metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi va immunitetni mustahkamlaydi. Qizil uzum


S aralash yuvish archish qayta yuvish to‘g‘rash


Download 1.13 Mb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1056032
1   2   3   4
S aralash yuvish archish qayta yuvish to‘g‘rash
Sabzavotlarni to‘g‘rash usullari

Sabzavotlardan taom tayyorlash jarayonida ularga ishlov beriladi. Har xil turdagi sabzavotlardan taom tayyorlashda ularga ishlov berishda tozalash, bug‘ yordamida tozalash,kesish, oddiy usulda kesish, murrakab usulda kesish, to‘g‘rash,somoncha usulda to‘g‘rash, to‘g‘ri to‘rt burchak usulida to‘g‘rash, kubiklar holatida to‘g‘rash usullari kabi turlaridan foydalaniladi. Taom tayyorlashda sabzavotlarning yupqa va puxta po‘stli, kam kuzli va yaxshi ta'mli navlaridan foydalangan ma'qul. Sabzavotlarga mexanik usulda pazandalik ishlovi berish: mexanik, termik, kimyoviy usullarda olib borilishi mumkin. Bular orasida mexanik ishlov berish ko‘proq tarqalgan usuldir. Quyida sabzavot mahsulotlariga birlamchi ishlov berish jarayonlarini qaraymiz.


Somoncha. To‘rtga, oltiga bo‘linib tayyorlangan karam ko‘ndalangiga somoncha shaklida to‘g‘raladi. borshchlar, karam kotleti, salatlar uchun ishlatiladi.
Kvadrat (shashka). Karam ko‘ndalangiga 2-2,5 sm qilib, so‘ng uzunasiga kvadrat yoki shashka shaklini berib kesiladi. Borsh, ragular, sabzavotli suyuq ovqatlar uchun ishlatiladi.
Pallacha. Mayda karamlar o‘rtasidan ikkiga bo‘linadi. So‘ngra radiusi bo‘yicha bir necha bo’lakka bo‘linadi. Uni pishirish uchun, avval yuzaki pishirib so‘ng qovurish uchun ishlatiladi.
Qiymalash. Karam avval somoncha shaklida to‘g‘raladi, so‘ng qo‘lda yoki kutter yordamida chopib qiymalanadi. Sabzavot qiymalari uchun ishlatiladi.
Gul karam. Ko‘k barglari ajratilib gul bandidan 1-1,5 sm qoldirgan holda o‘zak bandidan kesilib butun gulchalar hosil qilinadi, bir oz qoraygan, chirigan yerlari qirg‘ich yoki pichoq yordamida qirib tashlanib, yuviladi agar gul karam zararkunanda hasharotlar bilan zararlangan bo‘lsa tuzli sovuq suvga botirib olinadi va yuviladi.
Bryussel karami ovqatlanish korxonalariga ildizli yoki ildizi kesilgan holda kelib tushishi mumkin, karam ildizli holda unga issiqlik ishlovi berishdan avval ildizi kesiladi, buzilgan barglari tozalanib yuviladi. Agar karam bir oz so‘ligan bo‘lsa, uni 20-30 daqiqa sovuq suvga solib qo‘yiladi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling