Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Download 0.82 Mb.
bet51/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

Nazorat savollari:
1. “Turkiston milliy birligi” namoyondalaridan kimlarni ko’sata olasiz?
2. “Jadid taraqqiyparvarlar firqasi” tashkilot vakillaridan kimlarni bilasiz?
3. Tashlilotlarning boshqa davlatlar bilan aloqalari haqida ma’lumotlar bilasizmi?

XULOSA


Jadid taraqqiyparvarlar firqasi mazkur dastur asosida sovetlar qizil siltanati davrida milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun katta ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida kurashdi. Ammo Kompartiya rahnamoligida sovetlar hukumati boshqa siyosiy firqalar qatorida jadid taraqqiyparvarlariga ham yo`l bermadi. Bu tabiiy, bir hoi edi, albatta.
Shunday qilib, biz 1917-1934-yillarda Turkistonda milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashni o`z oldiga bosh maqsad qilib qo`ygan siyosiy firqalar va tashkilotlarnng ayrimlari to`g`risida qisqacha fikr yuritdik. Chunki ularning keng qamrovli faoliyatlari hali yetarlicha o`rganilmagan. Ammo bu firqa va tashkilotlarning yuqorida bayon qilingan qisqacha bo`lsada bosib o`tgan tarixiy taraqqiyot yo`li va hayotiy kurash tajribalari mustaqil rivojlanish yo`lidan borayotgan O`zbekiston va uning fuqarolari uchun namuna va saboq maktabidir.
Istiqlol uchun, milliy ozodlik uchun kurash olib borgan firqa va tashkilotlar juda og`ir sharoitda faoliyat ko`rsatdilar. Chunki Tur­kistonni o`zining dahshatli temir va poTatlar singari mustahkam panjalari ostida saqlashni bosh maqsad qilib qo`ygan sovetlar Rossiyasi bu firqa va tashkil oti arning erkin faoliyatiga yo`l bermas edi. Shunday bo`lsada milliy istiqlol, erk va ozodlik fidoyilari bor kuch va imkoni-yatlarini ishga solib, makkor va dahshatli qudratli kuch bo`lgan sovet­lar bilan tengsiz jangda olishdilar, yengildilar, ammo taslim bo`lmadilar. Milliy istiqlol uchun kurash firqa va tashkilotlari mag`lubiyatining sabablari quyidagilardir: Birinchidan, yuqorida ta`kidlangani singari 1917-1934-yillarda Turkistonda «Sho`royi Islomiya», «Sho`royi ulamo», «Ittihodi taraqqiy», «Milliy Ittihod», «Birlik», «Milliy istiqlob), «Turkiston milliy birligi», «Erk», «Jadid taraqqiyparvarlarb) va boshqa siyosiy firqa va tashkilotlar faoliyat ko`rsatdilar. Ammo ularning birortasi ham ommani, xalqni keng qamrovli suratda o`z orqasidan ergashtira oladigan torn ma`nodagi xalqchil siyosiy firqaga aylana olmadilar. Bu esa Turkiston o`lkasi xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning quyi, rivojlanmagan bosqichida bo`lganligi bilan xarakterlanadi. Mustamlaka asoratida bo`lgan o`lka xalqlari ongida mustamlakachi zolimlarga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib yagona jabha bo`lib kurash olib borish zarurligi tushunchasi, milliy ong va milliy vijdon tushunchalari tomir otmagan edi. Ularda umum milliy manfaatdan ko`ra shaxsiy manfaat «o`zingni bil, o`zgani qo`y» tushunchasi ustunroq darajada rivoj topgan edi. OTka xalqlari dunyo-qarashida bir yoqadan bosh chiqarib, yagona siyosiy tashkilotga uyushib kurash olib borilmasa milliy mustaqillikka ham, ozodlik va hurlikka ham crishib bo`lmasligi to`g`risidagi g`oyalar charx urmagan edi. Ikkinchidan, Turkiston o`lkasidagi siyosiy firqa va tashkilotlarda sovetlar va bolsheviklar singari tajribali va pixini yorgan raqibga qarshi tengma-teng kurash olib borish uchun tarixiy tajriba yetishmas edi, ular hali yosh va endigina tetapoya qilib, kurash maydoniga chiqib kelayotgan edilar. Va aksincha raqib kuch bo`lgan kompartiya va sovetlar hukumati tashkiliy va ma`muriy jihatdan uyushgan davlat mashinasiga ega bo`lishdan tashqari mafkuraviy kurashning uzoq yillik tarixiy tajribasidan saboq olgan va pixini yorgan kuch edi. Uchinchidan, Turkiston o`lkasida faoliyat ko`rsatgan siyosiy tash­kilotlarda harakat birligi yo`q edi. Ularning bosh maqsadi milliy is­tiqlol, erk va ozodlik uchun kurash bo`lsada, arzimagan va ikkinchi darajadagi masalalardagi farqlar va kelishmovchiliklar tufayli bir-birlariga tosh otar edilar va bir-birlarining yuzlariga loy-balchiqlarni chaplab badnom qilar edilar. Ular bosh maqsadga erishish yo`lida Kurashning turli usullaridan foydalanish, taktik mahorat ishlatish, kurashni davr va sharoit talablari asosida bosqichma-bosqich olib borish malakalarini egallamagan edilar. Buning oqibatida o`rtada bo`linish paydo bo`lar va milliy istiqlol uchun kurash jabhasi kuchsizlanar edi. Bunday holatdan esa mustamlakachi sovetlar ustalik bilan foydalandilar.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling