Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Download 0.82 Mb.
bet54/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

Abdurauf Fitrat – (1886-1938) O’rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o’zbek adabiyotining asoschilaridan, dramaturg, nosir, shoir, zabardast olim. Ko’plab yangi usul maktablari ochgan va o’sha maktablarga o’quv qo’llanmalar yozgan, gazetalar tashkil etgan.
Ahmad Zaki Validiy To’g’on – 1890-1970-yillarda yashagan. Tarixchi, adabiyotchi, davlat va jamoat arbobidir. U ko’plab ilmiy jamiyatlar a’zosi bo’lgan. Turkiya sharqshunoslar assotsiatssiyasiga asos solgan. Ko’plab xorijiy universitetlarning faxriy professoribo’lgan.
Erk” sotsialistik firqasi - ishchilar sinfini asosiy kuch hisoblab, sinfiy kurashdan kelib chiqadigan sotsial inqilobga suyangan. «Erk» sotsialistlari kompartiya dasturiga asoslangan dastur tuzib, xalqaro ishchilar uyushmasi - sotsialistik ishchi intematsional yordamiga umid bog`laydi. U mahalliy imkoniyat va sharoitlar hamda milliy xususiyatlarni hisobga olib, o`z mustaqil yo`lini amalga oshirmoqchi bo`lgan. Dasturda ko`rsatilishicha, u Turkistonni ozod va mustaqil qilish uchun “hukumatni milliylashtirish, millat, til, din, madaniyat, adabiyot, urf-odat birligiga” asoslanadi.
Turkiston milliy birligi” - Turkistonda bor yo`g`i uch yil faoliyat ko`rsatgan. Bu qisqa muddat ichida u milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash tarixida katta iz qoldirgan. Eng muhimi, u umumturkiy olam birligi, Turkiston milliy birligi g`oyasini mustahkamlashga, shu­ningdek, mustaqillikka umum milliy birlik asosida crishish mumkinligi tushunchasini keng omma ongiga singdirish va shakllantirishga samarali hissa qo`shdi.
Jadid taraqqiyparvarlar firqa”si - yashirin firqalardan biridir. Bu firqa A.Z.Validiy To`g`onning yozishicha milliy radikal firqa bo`lgan. U asosan noinqilobiy yo`l - sotsial-demokratik istiqlolchilik yo`lidan borgan.Bu firqa haqida ham hozircha to`liq ma`lumotlar yo`q. Uning faqat Zaki Validiy yozgan 19 bandlik dasturi saqlanib qolgan.
Birlik” uyushmasi - sovet hokimiyatini qo`llab-quvvatlash yoshlarni kommunistik firqa safiga kirishga da`vat etish uchun tashkil etilgan. Sovetlar hukumati o`lka xalqlarining ilg`or vakillariga
Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling