Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Download 0.82 Mb.
bet53/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

GLOSSARIY


Ismoilbek Gaspirinskiy – 1851- 1914- yillarda yashagan. Jadidchilik harakatining asoschisi. Sharq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan , maktab- maorifida chinakam inqilob yasagan, “usuli jadid” nomi bilan tarixga kirgan “usuli savtiya”ni boshlab berdi. Turkiy xalqlarning milliy ongini oshirishda katta rol o’ynagan “Tarjimon” gazetasiga asos solgan.
Mahmudxo’ja Behbudiy – (1875-1919) Turkiston jadidchilik asoschilaridan. “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnalini chop ettirgan. O’zbek yozuvchilaridan birinchi bo’lib “Padarkush” dramasini yozgan. “Bolalar uchun kitob”, “Rusiyaning qisqacha jug’rofiyasi”, “Aholi jug’rofiyasiga kirish” kabi qo’llanmalarni yozgan.
Munavvarqori Abdurashidxon o’g’li – (1871-1931) Turkiston jadidchilik asoschilaridan. 1901-yilda Toshkentda birinchilardan bo’lib “usuli jadid” maktabini ochgan.Bu maktablar uchun “Adibi avval”, “Adibi soniy” kabi alifbo va xestomatiyalar, “Tajvid al-qur’on”, “Yer yuzi”kabi qo’llanmalar yozgan. Munavvarqori “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Sadoyi Turkiston”, “Najot” gazetalarini tashkil etishda jonbozlik qilgan.
Abdulla Avloniy –(1878-1934) ulkan o’zbek shoiri, dramaturgi va taniqli jamoat arbobidir. Yangi yo’nalishdagi jadid maktabi ochgan, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” nomli darsliklari hamda “Turkiy Guliston yoxud axloq” nomli asarlar muallifidir.
Nozimaxonim – 1870-1924 yillarda yashagan. O'zbek ma'rifatparvar shoirasi. U arab, fors, ozarbayjon, tatar va rus tillarini yaxshi bilgan. U 1900- yillardan boshlab she'r va publitsistik maqolalari bilan matbuotda ko'rina boshladi. 20 yoshlarga kirganda «Beshyog'ochlik Nozimaxonim» nomi bilan el-xalq o'rtasida shuhrat topdi. Nozimaxonim «Turkiston viloyatining gazeti», «Osiyo», «Shuhrat», «Sadoi Turkiston» kabi gazetalar va «Оуnа» jurnalida o'z asarlarini chop ettirdi.
Tavallo – (1883-1937) asl ismi-sharifi To’lagan Xo’jamyorov bo’lib, XX asr boshida Toshkentda yetishgan, xalq o’rtasida katta shuxrat qozongan istedodli shoir. U bir qancha Sho’ro idoralarida ma’suliyatli lavozimlarda ishlagan. “Ravnaqul islom” she’riy to’plami qolgan.
Hoji Muin – (1883-1942) Ismi sharifi Hoji Muin ibn Shukrulla bo’lib, “Mehriy” adabiy tahallusidir. 10 ta kitob, 7 ta drama, ko’plab she’rlar va maqolalarida xalqni savodxonlikka, jamiyatdagi turli zarali odatlarni yo’qotish kabi dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarni ko’tarib chiqqan.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling