Qmii sanoat texnologiya fakulteti 212-guruh talabasi


Download 0.53 Mb.
Sana20.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1633768
Bog'liq
AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA

QMII SANOAT TEXNOLOGIYA FAKULTETI 212-GURUH TALABASI

ACHILOVA MUHAYYONING O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA

REJA

  • 1.KIRISH
  • 2 Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma'naviyat sohibi.
  • ASOSIY QISM
  • 3. Temuriylar sulolasi davrida ma'naviyat va ma'rifat rivoji.
  • XULOSA

Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.

  • Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.
  • Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.

Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.
Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi».
Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim», degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o‘qish mumkin:
«Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».
«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim».
«Kimki birovning molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko‘zini ko‘r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar».
Amir Temurning do‘stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham hali-hanuz biz uchun ibratdir
1. Amir Temur XIV asrdayoq mam1akat va mintaqalararo munosabat1arni chuqurLashtirib, yagona iqtisodiy makonga bir1ashtirishga harakat qildi. Integratsiyani ish1ab chiqib, Buyuk Ipak yo'li o'tgan .mam1akat1ar o'rtasida madaniyat1ar mu1oqotini bosh1ab berdi.
2. Amir Temur dav1at tizimi va boshqaruvni tashki1 etishda o'ziga xos maktab yaratdi, ado1at1i jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvor1igiga rioya qi1di.
3. Amir Temur dav1atchi1ik tamoyi11arini rivoj1antirdi, uni aq1-idrok sa1ohiyatiga tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi;
4. Amir Temur sa1tanati ma 'naviyat va oliy darajadagi
madaniyatga yo'g'ri1gan sa1tanat edi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling