Qobiliyat haqida tushuncha


TAShKILOTCHILIK QOBILIYATI-


Download 137 Kb.
bet7/10
Sana15.11.2023
Hajmi137 Kb.
#1774297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
qobiliyat va uning rivojlanishi

TAShKILOTCHILIK QOBILIYATI- bu birinchidan, o`quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunday jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o`zining shaxsiy ishini to`g`ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
O`quvchilar o`z o`qituvchilari haqida turlicha fikrda bo`ladilar. Jumladan, ayrim o`quvchilar: “... Biz Azim akani juda yaxshi ko`ramiz. Ular sinfimizda bir pastning ichida, juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizni o`zining puxtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan hayratda qoldiradilar” desalar, ayrim o`quvchilar: “Sobir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, hafsalamizni bir pul qiladilar. Ular ko`p ishga urinadilaru, ammo birortasini ham oxiriga etkazmaydi...” deydilar. Ba`zan ayrim o`quvchilarning o`z o`qituvchisi haqida: “... Nodira opamlar biz bilan xuddi ona tovuqdek ovora bo`ladilar. Agar biz sho`xlik qila boshlasak, ular o`zlarini ko`rmaslikka, payqamaslikka solardilar. Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning darsida hech kim hech narsa qilmas edi-da...” degan fikrlarini ham eshitish mumkin.
O`qituvchining o`z ishini tashkil qila bilishi deganda uning o`z ishini to`g`ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o`qituvchilarda vaqtga nisbatan o`ziga xos sezuvchanlik-ishni vaqt bo`yicha to`g`ri taqsimlab, mo`ljallangan vaqtdan to`g`ri foydalana olish ko`nikmasi paydo bo`ladi. Dars davomida, albatta, ko`p hollarda vaqtni behuda yo`qotish ham mumkin. Lekin bu yo`qolgan vaqt dars rejasini tuzatish zaruriyati tug`ilgan hollarda bo`lishi mumkin. Tajribali o`qituvchilar vaqtni seza bilishni o`rganish uchun dars rejasi yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida maboda ko`zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo`shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt etmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.
OBRO`-NUFUZGA EGA BO`LIShLIK QOBILIYATI- bu o`quvchilarga bevosita emostional-irodaviy ta`sir etib, ularda obro` orttira bilishdan iborat qobiliyatidir. (Garchan, obro` mana shu asnodagina qozonilmaydi, albatta, balki stqituvchining o`z fanini mukammal bilishi, sezgirligi va xushmuomalaligi asosida qozoniladi).

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling