Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
охирги вариант
- Bu sahifa navigatsiya:
- Syujetli, rolli o‟yinlar.
- Rollarga bo‟linib ijro etiladigan o‟yinlar.
24 “Quruvchi” o‟yini ―Quruvchi‖ o‘yini o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, darsda o‘tilgan mavzuni yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari vaqtda o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi avvaldan darsga tayyorgarlik ko‘rib qog‘ozdan ―g‘ishtchalar‖ yasaydi va bu g‘ishtchalarga savol yozilgan qog‘ozlarni yopishtirib chiqadi. ―G‘ishtchalar‖ soni o‘quvchilar soniga teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak. O‘quvchilar minora yoki devor qurishlari uchun joy ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan bola chiqadi va g‘ishtchani olib savolni o‘qiydi. Agar bolalar savolga to‘g‘ri javob bersalar o‘zlarining maydonlriga g‘ishtni teradilar. Agar noto‘g‘ri javob bersalar, o‘qituvchi g‘ishtchani olib qo‘yadi. O‘yin shu tahlitda barchao‘quvchilar qog‘ozni olib bo‘lgunlariga qadar davom etadi. Qurilish maydonchasida eng ko‘p g‘isht tergan o‘quvchilar guruhi g‘olib hisoblanadi. G‘ishtchalarga quyidagicha savollar yozish mumkin: 1. O‘zbekiston qachon o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan? 2. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti kim? 3. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qachon qabul qilingan? 4. O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi qachon qabul qilingan? 5. Mustaqillik bayrami qaysi kuni nishonlanadi? Yuqoridagi o‘yinlardan foydalanish darsni qiziqarli bo‘lishini taminlaydi. Syujetli, rolli o‟yinlar. Bu o‘yinlar bolalarni ma‘naviy –axloqiy tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi. Bunday o‘yinlar odatda jamoaviy harakterga ega. Mazkur turdagi o‘yinlar rolli, dramali o‘yinlar va rejissorlik o‘yinlari kabi turlarga bo‘linadi. Bunday o‘yinlar asosini mavzu, mazmun va rol tashkil etadi. Rollarga bo‟linib ijro etiladigan o‟yinlar. Bu usulni qo‘llash orqali o‘quv maqsadlariga erishibgina qolmay, o‘qituvchi o‘quvchilarda bilim olishga qiziqish, moyillik uyg‘otish, darsni boshlanishida qo‘llanganda esa o‘quvchilarni darsga ruhiy tayyorlash ham mumkin. O‘yin qiziqarli o‘tishini , aqliy mehnati yoqimli mehnat jarayoniga o‘tishiga qulay imkoniyat beradi. 25 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar ertak yoki hikoya qahramoni rolini o‘ynash jarayonida obrazni o‘ziga hos xususiyatlarini, matn mazmunini yaxshiroq bilib oladilar. Kompyuter o‘yinlari. Bu o‘yinlarning qulayligi shundan iboratki, ular o‘yinda qo‘yilgan vazifalar yechimini rollarda ko‘rsatadi, masalan, ular hamkorlikda amalga oshirayotgan harakatlarni uning qatnashchilarini emotsional holatlarda yaqqol namoyish etadilar. Natijada bolalar hayotdagi turli vaziyatlarda ma‘naviy- axloqiy qoidalarga rioya qilish tajribasini o‘rganadilar. Sayohat o‘yinlari romantikaga boy bo‘lganligi sababli bolalarda qiziqish uyg‘otadi, ularni syujet rivojlanishida faol qatnashishga undaydi. Albatta bunday o‘yinlarni tashkil etishda o‘qituvchi muhim o‘rin egallaydi. Sayohat o‘yini bola harakati, fikri, his- tuyg‘ularini, uning bilimga bo‘lgan ehtiyojini qondirish shakli hisoblanadi. O‘yinning nomi, unda bajariladigan topshiriqlarning ifodalanishi bolalarni faollikka undashi lozim. Mazmunni idrok etishning topshiriq berish, uni hal etish yo‘llarini ko‘rsatish, sayohat yo‘nalishini aniqlash kabi usullarni birgalikda qo‘llanadi. Bunday o‘yinlarda qo‘shiqlar, topishmoqlar ham bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha sayohat o‘yinlarini ekskursiyaga o‘xshatadilar. Bu noto‘g‘ri albatta,chunki ekskursiya - bu ta‘lim berishning shakli, mashg‘ulot turi, ekskursiyaning asosiy maqsadi bevosita kuzatishni talab qiladigan biron bir narsa bilan tanishtirishdan iborat. Shuningdek, sayohat o‘yinlarini sayrga ham o‘xshatmaslik kerak, chunki sayr qilish sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Albatta, sayr qilish vaqtida ham ta‘limiy vazifa bajarilishi mumkin. Masan 4-sinfda sayohat o‘yinidan Normurod Norqobulkovning ―Xarita‖ asari bo‘yicha foydalanishimiz mumkin. O‘quvchilar biz qishloqqa sayohat qilmoqchimiz. Bizga har bir bekatda bittadan savol berishadi. Agar savolga javob bera olmasak biz yo‘lda qolib ketamiz. 26 Quyidagi chizma doskaga ilib qo‘yiladi: Bu mahallalarning har birining tagiga savol yoziladi. O‘quvchilar bekatda uchragan savollarga javob berib yo‘llarida davom etadilar. Bu o‘yinni sinf uchun umumiy, guruhlarga ajjratib yoki individual tarzda qo‘llash ham mumkin. Darsda ta‘lim-tarbiya birligiga alohida e‘tibor qaratish, o‘quvchilarni erkin fikr bildirishga undash, darsda o‘quvchilar faolligini oshirish ―Sayohat o‘yini‖ asosida tashkil etilgan darsning asosiy maqsadi bo‘lishi lozim. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling