Qo’l yozma huquqida O’UK
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Download 87.63 Kb.
|
Dissertasiyani Xushboqova Oysuluv tayyor 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning sinovdan o’tishi.
- Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi.
- I. BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI MILLIY QADRYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING ILMIY-NAZARIY VA METODIK ASOSLARI
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishining asosiy g’oyasi, uning mazmuni o’quv-metodik qo’llanmalar, dars ishlanmalari mazmunini takomillashtirishga xizmat qiladi, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini darslarida milliy qadryatlar asosida tarbiyani takomillashtirishga amaliy yordam beradi.
Ishning sinovdan o’tishi. Tadqiqot bo’yicha asosiy materiallarni yig’ish tahlil qilish Surxondaryo viloyatining pedagogik tajriba sinov ishlariga Termiz davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutlarining boshlangich ta’lim metodikasi yo'nalishining 204 nafar respendenttalabalari ishtirok etgan. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mazmuni va natijalari muallifning 3 ta ilmiy-metodik ishlarida bayon qilingan. Tadqiqot ishining tuzilishi: kirish, uchta bob, sakkiz band, har bir bob oxirida qisqacha xulosalar, yakuniy xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. I. BOB. BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI MILLIY QADRYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING ILMIY-NAZARIY VA METODIK ASOSLARI I.1-§. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash jarayoni pedagogik muommo sifatida Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarning ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy madaniyati darajasini oshirish, ularni isloxotlar tizimiga moslashtirish, muayyan kasbga, tadbirkorlik va biznesga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirish uchun ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish xamda innovatsion jarayonlarni tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. “Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruxida tarbiyalash, milliy o'zlikni anglash, ularda axloqiy tarbiyani qaror toptirish va rivojlantirish’' ustuvor vazifalar sifatida belgilab berilgan. Bu esa, bulajak uqituvchi shaxsini axloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishni taqozo etadi Mamlakatimizda yosh avlodning jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilishi zamirida, albatta, mustaqil tafakkurli, ijodkor va yuksak ma’naviyatli shaxsni kamol toptirish maqsadi mujassam. O'zbekiston Respublikasi Prezidentaning 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi Uzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”, 2019 pil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O'zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”, 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g’risida” Farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son” Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g’risida”, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida” qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g’risida»gi qarori, shuningdek, mazkur soxaga oid boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalar bo'lajak o'qituvchi shaxslarni milliy qadryatlarga xurmat ruhida komol topishiga ko'mkdosh bo'ladi deb aytishimiz mumkin. Shuningdek, 2018 yil 17 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi hamda 2019 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonida ham yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan kompleks vazifalar o‘z ifodasini topganligi masalaning jamiyat va millat hayotida dolzarb ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Mazkur hujjatlarda qayd etilgan talablar uzluksiz ta’lim tizimida qo‘lga kiritilayotgan innovatsion o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatiga bog‘liq bo‘lib, asosan, boshlang‘ich ta’lim jarayoniga ham tegishlidir. Chunki bu bosqichda o‘quvchilar savodxonlik asoslari, hisoblash tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari va shaxs ma’naviyati elementlari bilan qurollantiriladi. Shu bois, zamonaviy ta’lim tizimi, uning maqsad va vazifalari mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan muammo yechimiga mos bo‘lishi kerak. Bular zamonaviy ta’lim tizimidagi sub’yektlar, xususan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini jamiyat taraqqiyoti darajasiga muvofiq muntazam holda yuksaltirib borishni taqozo etadi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashda xalqning milliy tarbiya usullari, qadriyat va an’analari, buyuk mutafakkirlarning jahon tamadduniga qo‘shgan munosib ulushlari, boy ma’naviy merosidan unumli foydalanish, albatta, o‘zining ijobiy natijasini beradi. Binobarin, tarbiya tushunchasi zamirida “tarbiyalanuvchining ongi (ijtimoiy xarakterdagi amaliy faoliyatga ruhlantiruvchi hissiy va aqliy sohalariga) hamda fe’l-atvoriga shaxsni rivojlantirishga zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi muayyan yo‘lyo‘riq, tushuncha, tamoyil, qadriyatli yo‘nalishni shakllantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish”3 g‘oyasi yotadi. Shaxs kamolotida ta’lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla, ommaviy axborot vositalari, internet tizimi hamda keng jamoatchilikning targ‘ibot-tashviqot ishlari muhim o‘rin tutadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, yuksak e’tiqod ruhida tarbiyalashning muhim omili sifatida falsafa, psixologiya, pedagogika, tarix, til va adabiyot fanlari uyg‘unligiga tayaniladi. Milliy tarbiyashunoslikdagi ilg‘or tajribalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijtimoiy jamiyatning faol ishtirokchilariga aylantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Bunda “odamzodga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan”, “yangilanayotgan jamiyatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash”, “erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish”, “ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazish maqsadiga erishish tarbiya metodikasining tub mohiyatini tashkil etadi. Ma’naviy yetuk va barkamol yoshlar tarbiyasiga qaratilgan davlat siyosati ma’naviy-axloqiy tarbiya usullariga chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayon uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida, xususan, oliy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil tafakkuri, ijodkorligi va intellektual salohiyatini oshirishga uzviylikda amalga oshiriladi. Bu borada Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlari e’tiborga loyiq: “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgarishlar, keng ko‘lamli dasturlar yagona va ulug‘ bir maqsadga qaratilgan. U ham bo‘lsa, farzandlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdan iborat”. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etish haqida so‘z ketganda, ijodkorlikning o‘zi nima ekanligini aniqlash, so‘ng ijodiy faoliyatni tashkillashtirish mezonini tanlash maqsadga muvofiq. “Ijodkorlik” tushunchasi ko‘pgina fanlarning tahliliy asosi sanaladi. Uning ma’nolarini aniqlashda ushbu qobiliyatning serqirra ekanligi muhim o‘rin tutadi. Tushuncha o‘zida “ijodiy munosabat”, “ijodiy faoliyat”, “ijodiy mehnat”, “ijodkor shaxs”, “ijodiy o‘ziga xoslik” kabi ma’nolarni mujassam etadi. XIX asr oxirida ko‘pgina faylasuflar tomonidan ijodkorlik tushunchasiga oid qarashlar ilgari surilgan bo‘lib, har birida o‘ziga xos individuallik va tafakkurning turfaligi sezilib turadi. Binobarin, ijodkorlik “ijtimoiy ahamiyatga ega yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson faoliyatidir” “Ijodkorlik – bu qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan inson faoliyati ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uning uchun ob’ektiv (ijtimoiy, axloqiy) va sub’ektiv shaxsiy shart-sharoit (bilim, ko‘nikma, ijodiy qobiliyat) kabilar zarur, uning natijasi yangilik va taraqqiyparvarlik kasb etadi. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o’ringa ega bo’lib, uni samarali tashkil etish o’quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta’limtarbiya jarayonida yo’lga qo’yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo’jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo’lga kirish bilan O’zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro’-e’tiborining oshishiga o’zining munosib hissasini qo’shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to’g’risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko’rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi. Yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o’rni katta. Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. Biron –bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo'lga kiritgach, o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa,milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Tarixiy tajriba, an'analarining meros bo'lib o'tishi- bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog'i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o'ziga rom etib kelayotgan markaz bo'lib qolganligi tasodif emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san'at ihlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma'naviy uyg'onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo'lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an'analarini, shu hududda mavjud bo'lgan davlatchilik an'analarini avaylab qabul qilganlar. Oila qadriyatlari va qon- qarindoshlik munosabatlaring qayta tiklanishi o'z umrini yashab bo'layotgan oila- urug'. Har bir xalqning o'ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo'ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o'xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko'ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti-faoliyatidagi muhim o'zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog'liq bo'lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta'sir ko'rsatish vazifasini bajaradi. Marosimlarda milliy,diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o'z ifodasini topadi. O'zbek xalqining paydo bo'lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an'analari, urf odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma'naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo'lib, shakllanib, sayqallanib o'z mazmunida shu xalqning orzu-o'ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma'naviy qadriyat sifatida etkazmog'i lozim. Darhaqiqat, an'analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar alqning, millatning ma'naviyati, qadriyatlarini ajralmas qismidir. O‘zbek xalqi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan ma’naviy merosini yaratib, insoniyatning ko‘plab avlodlarini insonparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, mardlik, odoblik kabi umuminsoniy qadriyatlar va yaxshi fazilatlar ruhida tarbiyalab kelmoqda. Ayniqsa, xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega bo‘lgan «Pandnoma»lar, xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan, xalqimiz yuragiga yaqin bo‘lgan buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Al Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Sa’diy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi o‘nlab buyuk shoir va mutafakkirlar qoldirgan nodir va durdona asarlarida ko‘p e’tibor berilayapti. Bu mutafakkirlarning, maktab va oilada bolani xushxulq, axloqiy va har tomonlama kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi qarashlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ular yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga, ilmni puxta egallashlariga alohida e’tibor bilan qarab, mehnat bilan topilgan boylik baxt keltirishini, ilmli kishi xor bo‘lmasligini aytib o‘tadilar. Buyuk mutafakkirlar o‘zlarining ijodlarida o‘quvchi-yoshlarni odobli bo‘lishga, halol mehnat qilishga, ota-onaga mehribon bo‘lishga, halol mehnat bilan yashashga da’vat etadilar. Abu Ali ibn Sino o‘zining pedagogik qarashlarida jamoadan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bo‘lib qolishi, inson oilada dunyoga kelgani bilan jamiyatga aloqadordirligini ta’kidlaydi. Al-Farobiy fikricha: «Insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritishi, axloqiy va aqliy yo‘nalishga erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir». Tabiiy boshlang‘ich tarbiya ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishgina kifoya qilmaydi, chunki u inson bo‘lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so‘zlash qobiliyati va kasb-hunarga muhtojdir1. Milliy maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarni yuqorida ko‘rsatilganlardek qilib tarbiyalash uchun avlod-ajdodlarimiz yaratgan boy ilmiymadaniy merosimizni keng va har tomonlama o‘rganishimiz, tarbiyaviy soatlar o‘tish jarayonida maktab o‘quvchilarini ulardan bahramand etishimiz lozim. “Ijodkorlik – bu faoliyat bo‘lib, yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarning yuzaga kelishi uning natijasi hisoblanadi”4 Insoniyat ijodiyotning sub’ekti sifatida o‘zini anglashi ijodkorlik muammosi va tushunchalarini ko‘rib chiqishning yangi yo‘nalishlarini belgiladi. Faylasuflar inson ijodiy faoliyatining mohiyatini, gnoseologik va umummetodologik xususiyatlari muammolarini o‘rganadilar. Shunga ko‘ra, XX asr mahalliy falsafasida “IJODKOR ODAM” muammosini hal qilishga urinish maqsadi yetakchilik qilgan. Ijodiy pedagogik faoliyatning keyingi mohiyatli tavsifi uchun “kreativlik” – ijodkorlik tushunchasiga murojaat qilish zarur, bu esa ko‘rib chiqilayotgan kategoriyaning markaziy havolasi sanaladi. Kreativlik nazariyasini ishlab chiquvchilardan biri Ye.P.Torrens bo‘lib, u kreativlikni muammolarga, bilimning yetishmasligi, ularning hamohang emasligi, nomuvofiqligiga nisbatan ta’sirchanlikning paydo bo‘lish jarayoni sifatida belgilaydi; Dj.Gilford o‘zining modeli asosida kreativlikning to‘rt omilini ajratib ko‘rsatadi: o‘ziga xoslik, semantik moslashuvchanlik, obrazli moslashuvchanlik va semantik o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan moslashuvchanlik bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etishga doir metodik ta’minotning yetarli emasligi; – ta’lim jarayonida talabalarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish bilan bir qatorda kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish hamda sohaga oid yangiliklarni o‘zlashtirishga qaratilgan seminar-trening va master klasslarni o‘tkazishga ahamiyat berilmayotganligi; – ijodkorlikka oid topshiriq va mashqlarni bajarishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron ta’lim resurslarini yaratish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga e’tibor qaratilmayotganligi va h.k. V.I.Zagvyazinskiyning “O‘qituvchining pedagogik ijodkorligi” kitobida ijodiy faoliyatga “yangi pedagogika tizimini yaratish, noma’lum qonuniyatlarni ochish, yangi g‘oyalar, usul, vositalar; yangilik yaratish, insonning ichki mohiyati asosidagi kuchlarini uyg‘otish orqali ijod qilish” ta’rifi beriladi Olim tomondan pedagog ijodiyotining quyidagi farqli jihatlari ajratib ko‘rsatiladi: 1. Vaqt jihatidan qat’iy belgilangan va chegaralangan. Agar darsda kutilmagan holat ro‘y bersa, o‘qituvchi qisqa muddat ichida yangi qaror qabul qilishi shart. 2. Pedagogik ijodiyot o‘quv-tarbiyaviy jarayon bilan yaxlit tutash bo‘lganligi sababli u har doim ijobiy natijalarga olib kelishi lozim. Salbiylari esa faqat xayoliy sinov va taxminlardagina bo‘lishi mumkin. 3. Pedagogik ijodkorlik doimo hamkorlikdagi ijodiy ishdir. 4. Ijodiyotning sezilarli qismi odamlar oldida ommaviy tarzda (o‘zining ruhiy holatini boshqara olish ko‘nikmasi) amalga oshiriladi5 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy faoliyatida yuzaga keluvchi qiyinchilik va muammolarning ob’ektiv shart-sharoitlariga quyidagilarni kiritish mumkin: a) yetarli metodik ta’minotga ega bo‘lmaslik; b) faoliyatini baholashdagi yuzakilik; v) ikkinchi darajali vazifalarga jalb etilishi. Quyidagilar pedagog shaxsining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liqlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklar qatorini tashkil qiladi: – pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ichki kuch va imkoniyatlarning yetarli emasligi; – faoliyatini sohadagi islohotlarga uzviylik holda o‘zgartirishga imkon bermaydigan o‘z-o‘zini yo‘naltirish mexanizmining buzilishi; – salbiy psixologik holatlar (ishonchsizlik, asabiylik, qo‘rquv, o‘z faoliyatidan qoniqmaslik va boshqalar). O‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish quyidagi strategiyalarga asoslanishni talab etadi: 1) kasbiy rivojlanish (konstruktiv strategiya); 2) psixologik muhofaza (himoya strategiyasi); 3) kasbiy deformatsiya (destruktiv strategiya). Mahoratli pedagoglar uchun qiyinchiliklar innovatsiya to‘siqlarini yengib o‘tish bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogik faoliyatda duch kelinadigan to‘siqlar ko‘pincha pedagog faoliyatini chegaralab qo‘yish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mazkur tipologiya bilan bog‘liqlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hal etishda birdan ortiq strategiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Masalan, yosh o‘qituvchilar faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklar, avvalo, kasbiy rivojlanishini bosqichmabosqich takomillashtirib borish, kasbiy faoliyat bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarni hal etishda ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash, o‘z-o‘ziga ishonch, mas’uliyat hissini qaror toptirish hamda o‘zgaruvchan vaziyatlarda muvafaqqiyatli harakatlana olish strategiyalarini talab etadi. Tadqiqot davomida ijodkor pedagog qanday bo‘lishi kerak degan nuqtai nazarlar umumlashtirib, pedagogik faoliyat ko‘pgina amaliy muammolarni ijodiy hal qilish, ya’ni ta’lim jarayonini oldindan ko‘ra bilish, uni loyihalashtirish va tashkillashtirish, o‘quvchilarga tashxis qo‘ya olish hamda ularning rivojlanishini yaxshilash talabidir degan xulosaga kelindi. Buning uchun o‘qituvchidan kasbiga xos mahorat qirralari: mustaqillik, kasbiy sezgirlik va empatiyaga ega bo‘lish, tanqidiy fikrlay olish, muammoni his qilish, murakkab vaziyatlarni oldindan taxmin qilish, individual ijodiy uslubini yaratishga intilish va o‘z-o‘zini rivojlantirish sifatlari talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ijodkorlikka qandaydir sifatli yangilikni vujudga keltiruvchi faoliyat sifatida qaraladi. O’zbekistonda boshlang’ich ta’limni yanada rivojlantirish jarayoni kechmoqda. Bu jarayonda bo’lajak boshlang’ich singf o’qituvchilarining kasbiy qiyofasi (imiji) muhim o’rin tutuadi. Download 87.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling